Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Texnik natriy gidroksid tarkibidagi ishqor va sodaning massa ulushini aniqlash


Download 483.39 Kb.
bet14/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

Texnik natriy gidroksid tarkibidagi ishqor va sodaning massa ulushini aniqlash
Texnik natriy ishqori tarkibida natriy gidroksid va natriy karbonat bo'ladi. Texnik natriy ishqori tarkibidagi natriy gidroksid va natriy karbonat miqdorlarini protolitometrik aniqlashning ikki usuli mavjud.
Birinchi usul tarkibida natriy gidroksid va soda bo'lgan eritmani 0,1 /V xlorid kislotaning standart eritmasi bilan fenolftalein indikatori ishtirokida titrlashga asoslangan bo'lib, unda ekvivalent nuqtada gidroksil ioni to'liq, karbonat ioni esa gidrokarbonat ionigacha titrlanadi. So'ngra titrlashni shu eritmaning o'ziga metiloranj indikatori qo'shib davom ettirganda, gidrokarbonat ion karbonat kislotagacha titrlanadi. Birinchi va ikkinchi ekvivalent nuqtalargacha sarflangan titrant hajmlaridan har ikkala tarkibiy qismning konsentratsiyalari hisoblanadi.
Birinchi ekvivalentlik nuqtasida

bo'lib, u ishqorning to'liq va karbonat ionning gidrokarbonatga aylanishiga to'g'ri keladi. Muhit kuchsiz ishqoriy bo'lganligi uchun oxirgi nuqtani fenolftalein (o'zgarish sohasi pH=8-10) bilan aniqlash qulay.
Ikkinchi ekvivalentlik nuqtasida

bilan belgilanadi. Bunda pH~4 bo'lgani uchun oxirgi nuqtani metiloranj (o'zgarish sohasi pH=3,1-4,4) yordamida aniqlash tavsiya qilinadi.

Ekvivalent nuqtalarda quyidagi reaksiyalar boradi:


NaOH+HClNaCl+H2O;
Na2CO3+HClNaCl+NaHCO3;
NaHCO3+HClNaCl+H2CO,.


Analizni bajarish tartibi.

Byuks qopqog'i bilan analitik tarozida tortiladi, so'ngra unga texnik NaOH ning hisoblangan miqdori solinadi va qopqog'i darhol berkitilib yana analitik tarozida tortiladi. Byuksdagi NaOH voronka yordamida to'liq 250 ml li o'lchov kolbasiga solinadi. Eritma kolbaning belgisigacha suv bilan suyultiriladi va yaxshilab aralashtiriladi. Foydalaniladigan distillangan suv qaynatilib, undan CO2 chiqarib yuborilgan va uy temperaturasigacha sovitilgan bo'lishi kerak.


Hosil qilingan eritmadan pipetka yordamida alikvot qism olib titrlash kolbasiga solinadi, unga 3-4 tomchi fenolftalein qo'shib, HC1 ning standart eritmasi bilan qizil rang yo'qolguncha titrlanadi. Sarflangan HC1 hajmi (VHCII) yozib olinadi, rangsiz eritmaga 1-2 tomchi metiloranj indikatori qo'shib, eritma sarg'ish rangdan qizg'ish rangga o'tguncha titrlash davom ettiriladi. Sarflangan kislota hajmi (VHClII) yana yozib olinadi.
Natriy gidroksidning titrlash uchun zarur bo'lgan tortimi

formula yordamida hisoblanadi.

Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling