Tortish natijalari:
Byuks va NaOH namunasi massasi, g.
Bo'sh byuks massasi, g. Namuna massasi, a,g.
Analiz natijalarini hisoblash quyidagi formulalar yordamida amalga oshiriladi:
Ikkinchi usulda avval ishqor va natriy karbonatning umumiy miqdori metiloranj ishtirokida titrlab aniqlanadi. Sarflangan kislotaning hajmi VHCl,II yozib olinadi. So'ngra tekshiriladigan eritmadan shuncha alikvot qism olinib, undagi karbonat bariy xlorid ta'siridan bariy karbonat shaklida cho'ktiriladi va fenolftalein ishtirokida titrlanib, NaOH ning miqdori aniqlanadi. Bunda sarflangan kislota hajmi VHCl,I bo'ladi. Titrantning sarflangan hajmlari orasidagi farq (VHCl,II - VHCl,I) natriy karbonatning titrlanishiga ketadigan hajmga teng bo'ladi.
Reaksiyalar quyidagi tenglamalar bo'yicha boradi:
NaOH+Na2CO3+3HCl3NaCl+2H2O+CO2,
BaCl2+Na2CO3BaCO3+2NaCl,
NaOH+HClNaCl+H2O.
Analizni bajarish tartibi.
Titrlash uchun tayyorlangan eritmadan alikvot qism (20-25 ml) olinadi va titrlash kolbasiga solinadi. Eritmaga 2-3 tomchi metiloranj eritmasidan tomizib, kislotaning standart eritmasi yordamida eritma rangi qizarguncha titrlab, natriy gidroksid va natriy karbonatning umumiy miqdorini titrlashga sarflangan kislotaning hajmi (VHCl,II) aniqlanadi. So'ngra shuncha hajm tekshiriladigan eritmaning yangi ulushiga 1N BaCl2 eritmasidan 15-20 ml qo'shiladi, bunda karbonat cho'kmaga tushadi. Karbonat to'la cho'ktirilgandan keyin eritmaga 3-4 tomchi fenolftalein tomizib, eritma rangsizlanguncha kislota eritmasi bilan titrlanadi (VHCL,I).
Shuni ta'kidlash kerakki, ishqorli eritma havodan karbonat angidridni yutishi mumkin. Bunda eritmadagi ishqor kamayib, natriy karbonat ko'payadi. Shuning uchun ham titrlash uchun olingan eritma mumkin qadar tez titrlanishi va titrlash davomida ortiqcha chayqatilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |