Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Download 483.39 Kb.
bet16/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

Analiz natijalarini hisoblash uchun kislotaning titrlashga sarflangan va yozib olingan, hamda alikvot qismlarning hajmlaridan foydalaniladi. Agar aralashmani titrlashga VHCl,II ml, ishqorni titrlashga VHC,I ml kislota sarflangan bo'lsa, Na2CO3 ni titrlashga VHCl,III=VHCl,II – VHCl,I ml kislota sarflanadi. Shundan foydalanib, har bir tarkibiy qismning massasi va tortimning massasi bo'yicha ularning massa ulushlari hisoblanadi


4- Laboratoriya mashg’uloti


Alkalimеtriya.
Natriy gidroksidning standartlangan eritmasini tayyorlash.



Darsning maqsadi:

Alkalimetrik titrlashning ishchi eritmasi bo’lgan natriy gidroksidning standartlangan eritmasini tayyorlash.



Natriy gidroksidning 0,1 N eritmasini tayyorlash.
Tarkibida soda bo'lmagan 0,1 Nnatriy gidroksid eritmasini tayyorlash uchun uning oldindan tayyorlab qo'yilgan 50 % li eritmasidan foydalaniladi. Bunday eritmada soda erimaganligi uchun to'la cho'kmaga tushadi.
50% li NaOH eritmasini tayyorlash. 75 g «analiz uchun toza» NaOH 75 ml distillangan suvda eritiladi. Hosil boigan eritma sig'imi 150-200 ml boigan ingichka silindrga solinib, uning bo'g'zi tiqin bilan berkitiladi. 5-7 kunga qoldirilgan bunday eritmada sodaning hammasi cho'kadi va eritma tiniq bo'ladi. Natriy ishqorining taxminiy 0,1 N eritmasini tayyorlash uchun uning 50 % li eritmasidan (sNa0H= 18 N) qancha hajm olish kerakligini quyidagicha hisoblaymiz:

Tayyorlanadigan eritma taxminiy konsentratsiyali bo'lganligi uchun 50 % li ishqor eritmasidan darajalangan pipetka yordamida 1,5 ml o'lchab, 250 ml hajmli o'lchov kolbasiga quyamiz va uni kolbaning chizig'igacha distillangan suv bilan suyultirib, yaxshilab aralashtiramiz.
Ishqorning titrini oksalat kislota eritmasi yordamida aniqlaymiz.

Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling