Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Oksalat kislotaning birlamchi standart eritmasini tayyorlash


Download 483.39 Kb.
bet22/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

Oksalat kislotaning birlamchi standart eritmasini tayyorlash.
Oksalat kislotaning standart eritmasini tayyorlash uchun kerak bo'lgan tortimni hisoblash.
Oksalat ioni quyidagi tenglama bo'yicha oksidlanadi: C2O42- -2e = 2CO2. Bundan oksalat kislota ekvivalentining molyar massasi uning molyar massasining yarmiga tengligi ma'lum bo'ladi:

250 ml 0,05 N li eritma tayyorlash uchun 0,7879 g oksalat kislota olish kerak.
Standart eritmani tayyorlash tartibi. Taxminan 0,8 g oksalat kislota awal texnik, so'ngra analitik tarozida qopqoqli byuksda tortib olinadi. Byuksdagi oksalat kislota voronka yordamida 250 ml hajmli o'lchov kolbasiga solinadi. Byuks 'oksalat kislota yuqi bilan yana analitik tarozida tortiladi. Voronkada qolgan kislota yuvgich yordamida yuvib, kolbaga tushiriladi. Kislota to'la erib tugagach, kolbaning belgisigacha suv bilan suyultiriladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Tortish natijalari:
Byuks bilan kislotaning massasi, g.
Byuksning kislota yuqi bilan massasi, g.
Kolbadagi kislotaning massasi, g.
Tayyorlangan eritmaning normalligi quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Oksalat kislotaning standart eritmasi bo'yicha kaliy permanganat eritmasini standartlash.
Standartlash miqdoriy to'liq va stexiometrik boradigan

reaksiyaga asoslangan.
Standartlash tartibi. Titrlash kolbasiga 20 ml 2 N sulfat kislota eritmasi solinadi, taxminan shuncha miqdor suv qo'shilib, qaynaguncha qizdiriladi. So'ngra issiq eritmaga pipetka yordamida oksalat kislotaning standart eritmasidan alikvot qism olinadi va kaliy permanganat eritmasi yordamida yo'qolmaydigan pushti rang hosil bo'lguncha titrlanadi. Titrlash kamida uch marta takrorlanadi.
KMnO4 eritmasining normalligi N1. V1 = N2 . V2 formula bo'yicha hisoblanadi.
7- Laboratoriya mashg’uloti



Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling