Umumiy makroiqtisodiy muvozanat
Iqtisodiy barqarorlikda biznesning o`rni
Download 68.5 Kb.
|
Umumiy makroiqtisodiy muvozanat
Iqtisodiy barqarorlikda biznesning o`rni
Makroiqtisodiy xususiy sektori mustahkamlandi, (qishloq xo`jalik, savdo, xizmat ko`rsatish sohasi) ishlab chiqarilgan mahsulot bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlarning ancha qismi uning ulushiga to`g`ri keladi. 2002 yilda 62,5 ming korxona (dehqon va fermer xo`jaliklarisiz) o`z faoliyatini xususiy mulkchilik doirasida amalga oshirdi. Хususiy korxonalarning yarmidan ko`pi xizmat ko`rsatish sohasida, har oltinchisi sanoatda faoliyat ko`rsatmoqda. Oqibatda 2001 yilda 2000 yilga nisbatan 8,1 foizga ko`p), 1329,1 mlrd. so`mlik iste`mol mollari(10,9 foizga ko`p) ishlab chiqarildi. Kichik va o`rta biznes, xususiy sektorda yangi turdagi ishlab chiqarish va tarmoqlar jadal sur`atlar bilan rivojlandi. 2001 yilda respublika sanoat korxonalari tomonidan 467 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o`zlashtirildi. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish davrida mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan holda yangi mahsulotlar ishlab chiqarish keng o`zlashtirilmoqda. 2001 yilda mamlakatimizda etishtirilgan paxta tolasini qayta ishlovchi, eng zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan «Kabul-Farg`ona», «Chinoz to`qimachi» kabi yangi qo`shma korxonalar ishga tushirildi. Bu o`rinda shuni qayd etish lozimki, agar 1991 yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo`lsa, endilikda bu raqam 24 foizga etdi. Paxta tolasi va ipak xomashyolaridan mukammal texnologiya asosida tayyorlangan kalavali ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi. Tabiiyki, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay turib, ishlab chiqarishga kiritilgan kapital mablag`lar hajmini oshirmay turib, bunday o`zgarishlarga erishib bo`lmaydi. Jumladan, 2001 yili ana shu sarmoyalar ulushi 62 foizdan ziyod darajani tashkil etdi. Joriy 2002 yilda esa respublika iqtisodiyotini investitsiyalash hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. Kapital mablag`lar tarkibida xorijiy investitsiyalar hissasi ko`payib, u jami investitsiyalarning 30 foiziga yoki 1mlrd AQSh dollariga to`g`ri kelishi kutilmoqda. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling