Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana07.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1173963
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
tarmoq turlari va jihozlanishi

 
2. Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq Halqasimon, ketma-ket 
bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi.
Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, 
jarayon davom etaveradi.
Halqa topologiyasi – bu har bir kompyuter aloqa yo’llari faqat ikkita boshqa 
kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot 
uzatadi.
Halqa tarmog’ining tuzilishi quyidagi 4-rasmda keltirilgan. 
4-rasm. Halqa tarmog’ining tuzilishi. 
Halqa topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir 
kompyuter o`ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, 
shuning uchun butun halqa bo`ylab signalni so`lish muammosi bo`lmaydi.
Halqadagi ikki kompyuter o`rtasidagi so`nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan 
markaz yo`q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo`lishi mumkin.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


16
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to`liq teng huquqli emas. Ayni 
vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga 
nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. 
Maxsus halqa topologiyasi tarmoqning aynan shu mo`ljallangan axborotni 
tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo`ladi. Bu 
usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket 
joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi. 
Halqaga yangi abonentni ulash, odatda oddiy, lekin albatta ulash vaqtida 
butun tarmoqni ishtan to`xtatish lozim bo`ladi.
Halqa topologiyasi odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq 
orqali eng ko`p axborot oqimini ishonchli ta’minlaydi, chunki unda konflikt holati 
yo`q. Shuningdek markaziy ob’yekt ham yo`q. 
Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o`tgani uchun, 
tarmoqdagi kompyuterlarni birontasi ishtan chiqsa, butun tarmoqning ish faoliyati 
to`xtaydi.
Xuddi shuningdek tarmoq kabellarining birontasi uzulsa yoki qisqa 
to`qnashuv ro`y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. 
Halqa topologiyasi kabellari uzulishiga eng sezgir, shuning uchun bu 
topologiyada odatda, ikkita parallel aloqa yo`llar o`tkaziladi, ulardan biri zaxira 
uchun mo`ljallanadi. 
Halqa topologiyasining yirik yutug`i shundan iboratki, unda har bir ob’yekt 
signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat 
qiladi. Bu ma’noda halqa topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori 
ustunlikka egadir. 
Ba’zi hollarda Halqa topologiyasida ikkita aloqa yo`li o`tkazilib, bu aloqa 
yo`llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi.
Bunday yechimning maqsadi- axborot uzatish tezligini ikki marotaba 
oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shkastlanganda tarmoq ikkinchi kabel 
hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin.
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


17

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling