Umumiy ma’lumotlar


Download 375.79 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi375.79 Kb.
#1133181
Bog'liq
7-laboratoriya ishi


7-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI


MONTYOR TIRNOQLARINI MEXANIK SINOVDAN O‘TKAZISH


Ishning maqsadi: Ustunlarda elektr montiyor tirnoqlardan foydalanib ish bajarishni o‘rganish.

Umumiy ma’lumotlar


Montiyor tirnoqlari havo elektr uzatish va aloqa liniyalarining yog’och hamda temir-beton asosli yog’och ustunlariga chiqib bajariladigan ishlar uchun mo’ljallangan.
Montiyor lazlari 10kV va 0,4 kV li havo linayalarining temir-beton ustunlariga chiqish uchun mo’ljallangan.
Tirnoqlar va lazlarning metal qismida egilishlar, burmalar, yoriqlar, siniqlar, o’tkir qirralar bo’lmasligi kerak.
Payvandlash joylari tekis, silliq, qobiqsiz va boshqa nuqsonlarsiz bo’lishi kerak. Olinadigan tishlar singan yoki qiyshaygan bo’lmasligi kerak.
Montiyor tirnoqlari turli diametrdagi tayanchlarga ko’tarilish uchun 3 xil o’lchamda tayyorlanadi. Har bir tirnoq yoki lazlarning oyoq qo’yiladigan qismi katta yoki kichik o’lchamda tayyorlanadi.
Har bir montiyor tirnoqlari 1370 N (14 kgs) ishchi yuklama uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Montiyor tinnoqlari va tikanlar quydagi xolatda bo’ladi.

Kichik tikanlar (8 dona) …………….4 16
Katta tikanlar (2 dona)…………….11 25



7.1 - rasm. Montiyor tirnoqlari (a) va lazlari (b)
1-o’roq shakildagi qismi, 2- oyoq tagligi, 3-skobka, 4-tayanch

Oʻroq shaklidagi butun qismi poʻlatdan tayyorlanadi va navbatdagi mustahkamlik uchun issiqlik bilan ishlov beriladi.


Tirnoqlarning oyoqga mustaxkamlash uchun tasmalarning asosiy o’lchamlar va shakli rasmda keltirilgan. Tasmalar qalinligi 3 mm kam bo’lmasligi kerak.Tirnoqlar mehanik mustahkam va 1765 N (180 kgs) statik yuklamaga chidamli bo’lishi kerak.



7.2 - rasm. Mantiyor tirnoqlarini oyoqga mustahkamlash uchun tasmalar


Ishning bajarilish tartibi


1. Mustahkamligiga ta’sir qiluvchi mayda kamchiliklar bartaraf qilinadi.


2.Statik yuklama bilan sinaladi. Buning uchun montiyor tirnoqlari ishchi xolatda kerakli diametrdagi yog’och ustunga mahkamlanadi.Tajriba uchun ruxsat etilgan yuklamani to’g’ridan to’g’ri oyoq tagligiga mahkamlangan tasmaga shunday o’rnatish lozimki, yuk oyoq uchun mo’ljallangan taglikning markazida bo’ishi kerak. Bu sinov 5 daqiqa davom etadi.





7.3 - rasm. Yog’och va temir beton tayanchlarida montyo’r tirnoqlarini sinash.


7.1-jadval

Montiyor tirnoqlari va lazlarini sinovdan o‘tkazish me’yorlari va muddatlari




Sinov turlari

Sinov yuki
R (kgs)

Sinov davomiyligi
t (min)

Sinovdan o‘tkazish muddati

Montiyor tirnoqlari

1

Statik yuk sinovi













-qabul qilish jarayonida

1765 N
(180 kgs)

5

Ishlab chiqarilgandan so‘ng




-ishlatish jarayonida

-

-

-
















Hisobotga talablar


1.Montiyor tirnoqlari va lazlarining tuzilishi va uni ishlatish bo‘yicha nazariy tushunchaga ega bo‘lish.


2.Statik va dinamik yuk sinovini bajarish va 7.1-jadvalga kiritish.
3.Bajarilgan ish bo‘yicha xulosa yozish.



Nazorat savollari


1. Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari qaerda


ishlatiladi?
2. Saqlagich kamari, qaysi qoidalar talablariga mos kelishi lozim?
3. Saqlagich kamarlari va xavfsizlik arqonlari mexanik ustaxkamligini statik yuklama bilan qancha muddatda tekshiriladi?
4. Sinashdan oldin qanday ishlar amalga oshiriladi?
Laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha tayyorlangan hisobotda ishning maqsadi bayon etilgan yozma instruksiya, ish sxemalar, olingan natijalar jadvallari, tavsiflari hamda ish bo‘yicha xulosalar keltiriladi.

Download 375.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling