Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi


Download 15.87 Kb.
Pdf просмотр
Sana17.03.2017
Hajmi15.87 Kb.

Umumiy ma’lumotlar: 

 

Xizmat nomi 

Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni sotib olishga ruxsatnomalar berish. 



Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 



 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  o’rnatilgan  tartibda  ro’yxatdan  o’tgan  yuridik  shaxslarga  - 

Vazirliklar, idoralar, korxonalar tashkilotlar, muassasalar va o’quv yurtlariga hamda jismoniy shaxslarga – 

ovchilik va baliqchilik jamiyati a’zolariga. 



Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi. 

Ruxsatnoma O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent 

shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi. 

Hujjatlar: 

 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Yuridik shaxslarga: 

-tashkilotning  nomi, joylashgan  manzili (pochta adreslari)  va tashkiliy-huquqiy asoslari  (nusxalarini ilova 

qilgan  holda)  hamda  harbiy  qism  omborxonalaridan  qurol  hamda  o’q-dorilarni  olish  uchun  Mudofaa 

vazirligi naryadining nusxasi ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 

Jismoniy shaxslarga: 

a) Narezkali va aralash qurollarga (na nareznoe i kombinirovannoe orujie): 

-to’ldirilgan ariza-kartochkasi; 

-ushbu shaxsning kasbi ovchilik (ovchi) ekanligini tasdiqlovchi tayyorlovchi tashkilotning hujjati, xavaskor 

ovchiga esa – Respublika, viloyat meqiyosidagi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan ovchilik va 

baliqchilik jamiyati rahbarlarining ushbu shaxsga tavsifnomasini ilova qilgan iltimosnoma arizasi; 

-qurolni  xavfsiz  egallashga  va  u  bilan  muomala  qilishga  to’sqinlik  qiladigan  kasalliklar  (badanidagi 

kamchiliklar, kasalliklar) yo’qligi to’g’risida tibbiy xulosa (ma’lumotnoma); 

b) Silliq stvolli qurollarga (na gladkostvolnoe  orujie): 

-ovchilik bileti va ruxsatnoma berish to’g’risida ariza (joriy yil uchun badal to’lovlari to’langanligi belgisi 

bilan); 


-qurolni  xavfsiz  egallashga  va  u  bilan  muomala  qilishga  to’sqinlik  qiladigan  kasalliklar  (badanidagi 

kamchiliklar, kasalliklar) yo’qligi to’g’risida tibbiy xulosa (ma’lumotnoma); 



Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari. 



Muddatlar va to’lov: 

 

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 



Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza  va  unga  ilova  qilingan  hujjatlar  olingan  kundan  boshlab  o’ttiz  kundan  oshmagan  muddatda 

ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Natija: 

 

-Natijani olish usullari 

Ruxsatnomalarni  olish  uchun  Ichki  ishlar  organlariga  xaftaning  ish  kunlari  soat  9.00  dan  13.00  gacha  va 

14.00 dan 18.00 gacha shaxsan murojaat etish lozim. 

 

-Xizmat natijasi 

Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni sotib olishga ruxsatnomalar berish. 



 

-Rad etish sabablari 

Ruxsatnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo’ladi: 

-arizachining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi; 

-arizachi taqdim etgan hujjatlarda noto’g’ri yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; 

-arizachining  ruxsat  berish  talablari  va  shartlariga  muvofiq  emasligi,  arizachining  yuridik  shaxs  maqomi 

mavjud emasligi; 

-tabiiy  yoki  texnogen  xususiyatga  ega  bo’lgan  favqulodda  vaziyatlar  yoki  jamoat  tartibi  va  xavfsizligi 

qo’riqlanishi ta’minlanishi manfaatlariga xavf soluvchi boshqa holatlar paydo bo’lishi yoki paydo bo’lish 

xavfi bo’lgan hollarida bekor qilinishi mumkin. 

Quyidagi shaxslarga ruxsatnoma berilmaydi: 

sog’liqni saqlash muassasalari hisobida bo’lgan, ruxiy kasalliklar bilan davolanayotganlarga; 

muntazam  jamoat  tartibini  buzayotganlarga,  spirtli  ichimliklarni  yoki  narkotik  moddalarni  tibbiy 

maqsadlardan tashqari iste’mol qilayotganlarga; 

jinoiy ish bo’yicha ayblov hukmi chiqarilganlarga; 


og’ir  jinoyat  uchun  sudlanganlik  holati  tugamagan  va  olib  tashlanmaganlarga,  hamda  o’q  otar  qurol  va 

portlovchi  moddalar  bilan  jinoyat  sodir  etganlarga  va  qasddan  jinoyat  sodir  etgani  uchun  ozodlikdan 

mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlarga; 

ozodlikdan mahrum qilish joylaridan majburiy mehnatga jalb qilish sharti bilan ozod qilinganlarga

diniy ekstremizm va terrorizm jinoyati uchun hukm etilganlarga;  

Raqamsiz va yasama (qo’lbola yasalgan) o’q otar qurollarga ruxsatnoma berilmaydi. 



-Shikoyat arizasini berish tartibi 

Talabgor  ruxsatnoma  beruvchi  organning  ruxsatnoma  berishni  rad  etish  to’g’risidagi  qarori  ustidan, 

shuningdek  ruxsatnoma  beruvchi  organ  mansabdor  shaxsining  harakati  (harakatsizligi)  ustidan  qonun 

hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. 



 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling