Umumiy muvozanatlik - Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o`zaro mos kelishlik darajasini bildiradi.
- Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning nisbati orqali namoyon bo`ladi. Milliy iqtisodiyotda ro`y beradigan barcha o`zgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi o`zgarishlar orqali ifodalanadi.
- Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga bo`lgan barcha alohida talablar yig`indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati o`rtasidagi o`zgarishining mumkin bo`lgan har xil variantlari mavjud bo`ladi.
Jumladan: - Yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning o`sishi bilan birga boradi;
- Yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning pasayishi bilan;
- Yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o`sishi bilan birga boradi va baholarning tushishini keltirib chiqaradi;
- Yalpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning qisqarishi, baholarning o`sishiga olib keladi.
Xususiy muvozanatlik: - Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo`lgan talab va taklif o`rtasidagi muvozanatliklar ko`rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o`tganidek: ”…..ichki bozorda talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan”
Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari - Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi. Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to`xtovsiz rivojlanish holatida bo`ladi. Iqtisodiy tsikl fazalarida, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibida o`zgarishlar ro`y berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli holatni turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o`zaro bog`liq usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |