Umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchi va o’quvchilarining odob axloq qoidalari umumiy qoidalar «Umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilari va o’quvchilarining odob-axloq qoidalari»


O’quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari


Download 17.78 Kb.
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi17.78 Kb.
#212548
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ

O’quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:

 

a) Ta’lim muassasasi hududida:

 

maktabga mashg’ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o’quvchilar libosi (formasi)da kelish;



toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o’g’il bolalar sochlarining uzunligi me’yor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim);

chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;

ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;

o’quv mashg’ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;

ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o’simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;

maktab yo’laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik;

maktabga o’quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o’quvchilar uchun mo’ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo’lishi, ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);

narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo’l qo’ymaslik.

 


Download 17.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling