Umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘qituvchi va о‘quvchilarining odob axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar


Download 1.61 Mb.
bet1/7
Sana28.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1731744
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axloq odob qoidalari



UMUMIY О‘RTA TA’LIM MAKTAB О‘QITUVCHI
VA О‘QUVCHILARINING
ODOB - AXLOQ QOIDALARI



I bob. Umumiy qoidalar


1. «Umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘qituvchilari va о‘quvchilarining odob-axloq qoidalari» (matnda keyingi о‘rinlarda «Odob-axloq qoidalari» deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, «Ta’lim tо‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‘g‘risida»gi, «Bola huquqlari kafolatlari tо‘g‘risida»gi, «Voyaga yetmaganlar о‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi tо‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tо‘g‘risida»gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-son «О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarori hamda umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari» О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy о‘rta ta’lim muassasalariga tadbiq etiladi.
2. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» ta’lim muassasalari jamoa a’zolari (ma’muriyati, о‘qituvchilari, texnik xodimlari va о‘quvchilari)ning ta’lim muassasasidagi о‘zaro munosabatlarida rioya etishlari shart bо‘lgan odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor meyorlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
3. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya qilish ta’lim muassasasi jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy hisoblanadi.

II bob. Maqsad va vazifalar



4. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning maqsadi umumiy о‘rta ta’lim maktablarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, ta’lim muassasalarida о‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratishdan iboratdir.
5. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning asosiy vazifalari:
umumiy о‘rta ta’lim maktablari jamoasi a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish va mustahkamlash;
о‘quvchilar orasida odob-axloqni buzishni, zо‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olishga, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bо‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga kо‘maklashishdan iborat.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling