Umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘qituvchi va о‘quvchilarining odob axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar


III bob. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid qoidalar


Download 1.61 Mb.
bet2/7
Sana28.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1731744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axloq odob qoidalari

III bob. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid qoidalar


6. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida hamjihatlik, о‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amxо‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining о‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
7. Jamoa a’zolari umumiy о‘rta ta’lim maktabiga muassasa Ustavida belgilangan kiyimda kelishi lozim.
8. Ta’lim muassasasida har bir jamoa a’zosining sha’ni va qadr-qimmati о‘zaro hurmat qilinishi, jamoa a’zolari о‘zaro munosabatlarda «Siz» deb murojaat qilishi odat tusiga kirishi lozim. Ularning bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, о‘zaro munosabatlarda behayo sо‘zlar ishlatishi qat’iyan taqiqlanadi.
9. Jamoa a’zolari umumiy о‘rta ta’lim maktablari hududida yurganda bir-biriga о‘zaro hurmat kо‘rsatib, yо‘lak yoki koridorning о‘ng tomonidan yurishlari, bir-biriga duch kelganda, albatta salomlashishlari kerak. Bunda о‘quvchilar о‘qituvchilarga, о‘g‘il bolalar qizlarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bо‘lib salom berishlari tavsiya etiladi (ushbu holatlarda qо‘l berib sо‘rashish istisno bо‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bо‘lib qо‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qо‘l uzatish mumkin).
10. Ta’lim muassasalari binolariga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, о‘quvchilar о‘qituvchi va xodimlarga, о‘g‘il bolalar qizlarga, yuqori sinf о‘quvchilari boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga yо‘l berishlari lozim.
11. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bо‘lmagan yoki umumiy о‘rta ta’lim maktabining ichki munosabatlariga taalluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yо‘lida foydalanish taqiqlanadi.
12. Kompyuterlarda ta’lim muassasasiga tegishli bо‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi.
13. О‘qituvchilar va о‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga va darsga о‘z vaqtida kelishi, ish kuni va dars jarayonidan unumli foydalanishlari lozim.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling