Umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘qituvchi va о‘quvchilarining odob axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar


IV bob. О‘qituvchi va о‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi о‘zaro munosabatlari


Download 1.61 Mb.
bet3/7
Sana28.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1731744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axloq odob qoidalari

IV bob. О‘qituvchi va о‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi о‘zaro munosabatlari


14. О‘qituvchi va о‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi о‘zaro munosabatlari «ustoz-shogird» an’anasiga asoslanishi lozim.
15. О‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan о‘quvchilar hurmat yuzasidan о‘rinlaridan turib kutib olishlari va baravariga «Assalomu-alaykum!» - deb salom berishlari, о‘qituvchi ruxsatidan sо‘ng о‘rinlariga о‘tirishlari odobdan hisoblanadi. Bunda boshlang‘ich sinf о‘quvchilari о‘quv kunining birinchi dars soatida, yuqori sinf о‘quvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan о‘qituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda bо‘ladilar.
16. О‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari davomida о‘zboshimchalik bilan maktabdan tashqariga chiqib ketishi taqiqlanadi.
17. Maktabda dars mashg‘ulotlarining boshlanishi va tugashi «Kirish» va «Chiqish» qо‘ng‘iroqlari bilan tartibga solinadi. «Kirish» qо‘ng‘irog‘i dars boshlanganligini bildirib, u chalingandan sо‘ng barcha о‘quvchilar va dars jadvalida belgilangan fan о‘qituvchilari zudlik bilan tegishli sinf xonalariga kirib, mashg‘ulotni boshlashlari lozim.
Dars mashg‘ulotini tugaganligini bildiruvchi «Chiqish» qо‘ng‘irog‘i о‘qituvchi uchundir. О‘qituvchi mashg‘ulot yakunlanganligini e’lon qilgandan keyingina о‘quvchilarning sinfdan chiqishlariga ruxsat beriladi. «Chiqish» qо‘ng‘irog‘i chalingandan sо‘ng о‘qituvchi tomonidan о‘quvchilarni uzoq vaqt sinf xonasida ushlab turishga yо‘l qо‘yilmaydi. О‘qituvchi sinfdan chiqayotganda о‘quvchilar о‘rinlaridan turib, «Xayr, salomat bо‘ling!» - deb hurmat kо‘rsatadilar.
18. Dars mashg‘ulotlari va tadbirlar vaqtida mobil telefonlaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi. Maktabda о‘tkaziladigan о‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin о‘quvchi va о‘qituvchilar mobil telefonlarini о‘chirib qо‘yishlari lozim. Shuningdek, maktab hududiga kirib kelishda har bir о‘quvchi, о‘qituvchi, xodim va boshqa tashrif buyuruvchi shaxslar о‘z mobil telefoni abonentining chaqiruv ovozini tо‘liq о‘chirib qо‘yishi (telefonni «ovozsiz» rejimga о‘tkazishi) shart.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling