Umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘qituvchi va о‘quvchilarining odob axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar


О‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari: a)


Download 1.61 Mb.
bet5/7
Sana28.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1731744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axloq odob qoidalari

26. О‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:


a) Ta’lim muassasasi hududida:

maktabga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan о‘quvchilar libosi (formasi)da kelish;


toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (о‘g‘il bolalar sochlarining uzunligi meyor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim);
chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;
о‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, о‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish;
maktab yо‘laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik;
maktabga о‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (о‘quvchilar uchun mо‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bо‘lishi, ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);
n arkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yо‘l qо‘ymaslik.


b) Dars vaqti (sinf xonalari)da:

dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;


uyali aloqa vositalarini о‘chirib qо‘yish;
dars vaqtida о‘rinsiz gaplashmaslik;
jihozlarni asrab-avaylash, partalarga, stol va stullarga
chizmaslik;
qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
o vqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.


v) Tanaffusda:
tanaffusdan unumli foydalanish;
о‘z о‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;
navbatdagi dars bо‘ladigan xonaga о‘z vaqtida о‘tish;
fan о‘qituvchisining kо‘rsatmasi bо‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;
katta tanaffus vaqtida navbatchi о‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling