Umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘qituvchi va о‘quvchilarining odob axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar


Download 1.61 Mb.
bet6/7
Sana28.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1731744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axloq odob qoidalari

g) Maktab oshxonasida:

ovqatlanishdan oldin va keyin qо‘llarini yuvish;


umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
taomlarni olishda «navbatga turish» tartibiga rioya qilish;
tirbandlik holatida ustozlar, yosh bolalar va qizlarga hurmat kо‘rsatish;
ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkorlik kо‘rsatish;
oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning о‘zida iste’mol qilish;
ovqatlangandan sо‘ng idishlarni yig‘ishtirib qо‘yish.


d ) Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazi (ARM)da:

kutubxona va ARM xodimlari bilan xushmuomalada bо‘lish;


kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish;
baland ovozda sо‘zlashmaslik va boshqa kitobxonlarga xalaqit bermaslik;
qog‘oz va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.


ye) Sport majmualarida:

sport majmuasiga xos bо‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;


sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga tо‘liq rioya qilish.
Bundan tashqari, о‘quvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi:

о‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan atrofdagilarda о‘quvchilik odobi haqida ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;


kо‘cha-kо‘yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bо‘lish, jamoat transportlarida keksa, nogiron va yosh bolali yо‘lovchilarga joy berish;
doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
о‘z maktabi manfaati, uning sha’ni va nufuzi tо‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlashda jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bо‘lish.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling