Umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘qituvchi va о‘quvchilarining odob axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar


VII bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqida man etiladigan holatlar


Download 1.61 Mb.
bet7/7
Sana28.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1731744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axloq odob qoidalari

VII bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqida man etiladigan holatlar


27. Quyidagilar о‘qituvchilarga man etiladi:
jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish;
о‘quvchilarni о‘quv mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish;
о‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
о‘quv mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;
maktab hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish.
28. Quyidagilar о‘quvchilarga man etiladi:
mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar maktab hududidan о‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
о‘qituvchilarga va boshqa о‘quvchilarga nisbatan hurmatsizlik qilish;
о‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirish;
yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam sо‘rash, о‘zgalarga yordam kо‘rsatish;
boshqa о‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni о‘z nomidan topshirish;
mashg‘ulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik;
moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yо‘llar bilan namoyish qilish.


VII bob. Rag‘batlantirish va chora kо‘rish tartibi


29. О‘quv yili davomida mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga tо‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi:
о‘qituvchilarga maktab buyrug‘i bilan tashakkurnoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
«Faxriy yorliq» bilan taqdirlash;
qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;
maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;
«Eng faol о‘quvchi» nominatsiyasini berish;
о‘quvchilar ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma xati yuborish.
30. Jamoa a’zolari mazkur «Odob-axloq qoidalari»ni buzganida ularga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qо‘llaniladi:
о‘qituvchilarga maktab buyrug‘i bilan «Hayfsan» e’lon qilish;
о‘quvchining kundaligiga tanbeh yozish;
boshqa sinfga о‘tkazish;
sinf jamoasi orasida muhokama qilish.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya etilmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi «Kamolot» YOIH, Xotin-qizlar qо‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari va «Ota-onalar» kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.


IX bob. Yakuniy qoidalar


31. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» har bir о‘quvchiga va ularning ota-onalari (yoki ularning о‘rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda о‘qituvchilarga imzo qо‘ydirilgan holda yetkaziladi.
32. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» maktabning foyesiga barchaga kо‘rinarli tarzda joylashtirib qо‘yiladi.
33. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning talablarini har bir о‘qituvchi va о‘quvchilar tо‘liq bilishi va unga qat’iy amal qilishi shart.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling