Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

Xl-Yangi mavzu bayoni: 
,
XX asr o ‘zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri Hamid 
Olimjon bor-yo‘g‘i 34 yil umr ko£rgan bo‘lsa-da, o‘zidan juda boy 
adabiy meros qoldirib ulgurgan. Shoir tomonidan yaratilgan asarlar 
o‘n jild (yirik kitob)ni tashkil qilishi ham uning naqadar sermahsul 
ijodkor bolganidan darak beradi. Hamid Olimjon qobiliyatli rahbar 
va olim ham bo‘lgan edi. U o‘ttiz yoshga yetar-yetmas 0 ‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, o‘ttiz uch yoshida akademik 
unvonini oldi.
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug£ildi. Jizzax 
ham yurtimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari singari 
ko‘plab xalq baxshilarining vatani hisoblanadi. Bu yerdagi xalq sayillari,
7
¥


to£ylar, turli yig‘inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o£tmaydi. 04gan 
asming boshlarida, odamlaming uyida radio-televizor tugul oddiygina 
elektr chirog‘i bo‘lmagan zamonlarda kishilar sham va qora chiroq 
yorug‘ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari, 
turli dostonlar o £qilar, bir uy bolalar ham bu m a’rifat nuridan 
bahramand bo‘lib o£sardilar.
Hamid Olimjonning onasi Komila aya juda ko£p doston va ertak- 
lami yod bilardi, ularni eshitgan yosh Hamid tasawurida qadimgi 
asarlar qahramonlari qayta jonlanardi. Dostonlaming shirali tili, bir- 
biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. Hamid 
Olimjon bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi va o£zi yozgan 
dostonlardan biri «Oygul bilan Baxtiyor»da bu sehrli tunlarni shunday 
esga oldi:
Bolalik kunlarimda, 
Tohir-Zuhra, Yoriltosh,
Uyqusiz tunlarimda 
Oyni uyaltirgan qosh...
Ko£p ertak eshitgandim, 
Buvimning har qissasi,
So‘ylab berardi buvim. 
Har bir qilgan hissasi
Esimda o£sha damlar: 
Fikrimni tortar edi,
0 £zi uchar gilamlar
Havasim ortar edi.
Hamid Olimjondagi tug£ma iste’dodning ko£z ochishida, uning 
keyinchalik mashhur shoir bo£lib yetishuvida mana shu ezgu havas
albatta, katta rol o£ynagan.
Hamid Olimjon Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlang‘ich mak- 
tabni tugallab, o£sha davrda (1932-yilga qadar) 0 ‘zbekistonning 
poytaxti bo£lgan Samarqand shahriga bordi. U yerda awal pedagogika 
bilim yurtida (1923—1926), keyin Pedagogika akademiyasida (1926— 
1931) tahsil oldi. Ko'plab ijodkor yoshlar to £plangan bu o£quv 
dargohlarida Abdulhamid yozgan she’rlar do£stlari tomonidan qizg‘in 
kutib olinardi. Ilk mashqlaridanoq tug£ma iste’dodi yarq etib ko‘ringan 
talaba shoiming dastlabki she’rlari Samarqandda chop etiladigan 
«Zarafshon» gazetasida 1926-yildanoq chiqa boshlagan bo‘lsa, 
«Ko£klam» nomli birinchi she’rlar to£plami 1929-yilda o£z o‘quv- 
chilarini topdi. Shu tariqa o£zbek adabiyotida yana bir umidli ijodkor 
dunyoga keldi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling