Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

Xl-Yangi mavzu bayoni:
So‘nggi 10—15 yil oralig‘ida e’lon qilingan «Javohirlar sandig‘i», 
«Kafansiz ko‘milganlaD>, «Tirik ruhlar» kabi nasriy asarlari bilan 
Sizga ham nomi tanish boigan shoir va yozuvchi Shukrullo (Shukrullo 
Yusupov) 1921-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning otasi adabiyot 
va san’atga ixlosmand, jumladan, buyuk o‘zbek shoiri G ‘afur G ‘ulom 
bilan yaqin tanish, suhbatdosh bo‘lgan o‘qimishli, ziyoli kishi edi. 
Asli kasbi emchilik bo‘lib, umr bo£yi xalq tabobati bilan shug‘ul- 
langan.
Shukrullo maktab ta’limidan so‘ng pedagogika bilim yurtida, 
Toshkent Davlat pedagogika instituti (hoziigi pedagogika universiteti) 
da tahsil oladi. 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, badiiy adabiyot 
nashriyotida ishlaydi. Uning «Baxt qonuni» deb nomlangan birinchi
ii


she’ri 1939-yilda e’lon qilingan. 40-yillarda shoiming ketma-ket «Birinchi 
daftar», «Qalb qo‘shiqlari» to‘plamlari, «Chollar» dostoni chop etiladi. 
Keyinroq «Hayot ilhomlari», «Umrim boricha», «Inson va yaxshilik», 
«Inson — inson uchun», «Ikki qoya», «Otash va gul», «26-tongotari» 
kabi yigirmadan ortiq she’rlar va dostonlar to‘plamlari nashr etiladi.
Vatanni kuylash, uning bunyodkor, fidoyi farzandlarini ulug‘lash, 
xalqlar do'stligi g‘oyalari o ‘sha to ‘plamlarning asosiy mazmunini 
belgilagan. Agar bu xususiyatlar shoiming dastlabki she’rlarida juda bo‘rtib 
ko‘ringan boMsa, keyinroq, ayniqsa, 70—80-yillarga kelib «Zarralar», 
«Suyanchiq», «Yashagim keladi», «Sening baxting» kabi to‘plamlarida 
inson va xotira, odamiylik kabi teran ma’noli tushunchalar o‘z she’riy 
aksini topdi. Misol sifatida quyidagi satrlarga e’tibor beraylik:
Shukr qil, nolima, tashvishim ko‘p deb,
Bilasanmi, tashvish tugaydi qachon?
Tashvishing mo‘1 bo‘lsa, orzularing ko‘p,
Orzusiz yashamas hech tirik inson.
Harakatim ko‘p deb zorlanma hech vaqt,
Yer ham hech tinmaydi, tinsami... hayhot!..
Intilish, izlanish, doim harakat,
Shundan iboratdir tiriklik, hayot!
Shoir Siz — bolalar uchun ham «Bahor sovg‘asi», «Yulduzlar» 
nomli kitoblar chop ettirgan. Uning «Xatarli yo‘l», «To‘ydan keyin 
tomosha», «Tabassum o^rilari», «0‘g^rini qaroqchi urdi», «Janjab, 
«Unsiz faryod» kabi qator sahna asarlari Oezbekiston teatrlarida 
sahnalashtirilgan. Gyote, K. Gotsi, A. Blok, T. Shevchenko, A. Tvar- 
dovskiy, Q. Quliyev, Mustay Karim kabi jahon adabiyotining ko‘plab 
vakillari ijodidan qilgan taijimalari o‘zbek o‘quvchilari tomonidan iliq 
kutib olingan.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling