Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot-togarak (1)
XI-Yangi mavzu bayoni:
Muhtaram o ‘quvchi! Siz kundalik hayotingizda katta yoshdagi yaqinlaringiz yoki muallimlaringiz bilan muloqot va suhbatlaringizda ulaming o‘z fikrlari yoki o‘git-nasihatlarinmg ta’sirliroq chiqishi uchun har xil maqol va masallarga, ya’ni hikmatli so‘zlar yoxud kichik-kichik ibratli voqealarga murojaat etishlariga e’tibor qilgan boclsangiz kerak. Av- valgi darslardan bilib borayotganingizdek, maqol yoki masal orqali ifodalangan fikr oddiy xabar yo axborot tarzida bildirilgan mazmundan ko‘ra albatta ta’sirliroq bo£lib, xotirangizda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Odatda, bilimlari chuqur, hayotiy tajribalari boy bo‘lgan kislular shunday so‘zlashadi. Ana shunday so‘zlash usulini yevropaliklar «Ezop tilida soczlash» yoki «Ezopona til» deb yuritishadi. Xo‘sh, nega bunday ibora paydo bo‘lgan, Ezop degani kim, qabilida savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savollarga javob topish uchun qadimiy 5 Yunonistonga, ya’ni hozirgi dunyo xaritalariga Gretsiya, Makedoniya nomi ostida kiritilgan mamlakatlar va o‘sha atroflardagi ko‘hna davlatlar, shaharlar tarixiga murojaat qilishimiz kerak. Rivoyatlarga ko£ra, miloddan awalgi VI asrlarda Yunonistonda qul- doriik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand bo‘lib, uni Ezop deb atashgan ekan. Uning asli kelib chiqishi o‘sha davrlardagi Frigiya mamlakatidan bo‘lib, urushlar natijasida qul qilib olinib, Yunonistonga kelib qolgan. Aql-u farosati, topqirligi bilan o ‘z xo£jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan. Hatto shaharlami bosqinlardan asrab, podshohlarni qirg‘in-barot urushlardan to‘xtatib qolgan. Oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so‘ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko‘tarilgan. Keyinroq, haqgo‘yligi, adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun ko‘rolmagan, hasadgo‘y dushmanlari uni Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuborib, oldirganlar. Ezop hayoti haqidagi m a’lumotlar o ‘sha davrdagi va undan keyingi asrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan ri- voyatlar, ibratli hikoyatlar orqali yetib kelgan. Uning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib, «Ezop masallari» nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o‘gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan. «Ulug‘ masalchi»ning o‘zi haqida rivoyatlar ham juda ibratomuz. Masalan, ulaming birida hikoya qilinishicha, Ezopning xo‘jayini safarga otlanar ekan, o‘z qullariga yuklarni bo‘lib olib, ko‘tarib ketishlari lozim- ligini buyuradi. Ezop ulaming oldiga kelib, o‘ziga yengilroq yuk berishlarini iltimos qilganida, qullar uning o‘zi tanlab olishiga ruxsat beradilar. Ezop borib, to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini tanlaydi. Atrofidagilar barchasi undan kulib, yengil narsa so‘rab, eng og‘ir yukni tanlagani uchun ahmoq deya masxara qiladilar.' Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling