Umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori
Download 44.76 Kb.
|
Ichki nazorat hujjatlari (2)
BILDIRISHNOMA
Oʻquvchini maktabning ichki roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida ___-sonli maktabning ___-sinf oʻquvchisi ____________________ maktabda belgilangan ichki tartib va odob-axloq qoidalarini muntazam buzganligi, shuningdek, huquqbuzarlik, nojoʻya xatti-harakatlar sodir etishga moyilligi boʻlgani uchun 20- yil mart oyida taʼlim muassasasining ichki roʻyxatiga olingan. Oʻtgan davr davomida oʻquvchi ____________ ga alohida nazorat daftari yuritilib, unga biriktirilgan pedagog-tarbiyachilar _________________, ______________lar hamda keng jamoatchilik hamkorligida profilaktik tadbirlar olib borildi. Hususan, Oʻzbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonuni talablariga muvofiq mahalla fuqarolar yigʻini bilan hamkorlikda ____________ning oilaviy sharoiti, oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit oʻrganildi. Uning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida muassasada tashkil etilgan _______ sport toʻgaragiga aʼzo qilinib, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va jamoat ishlariga keng jalb qilindi. Mazkur oʻquvchining davomati, belgilangan kiyinish madaniyatiga rioya etishi, muassasaga tegishli oʻquv-qurollari bilan kelishi hamda taʼqiqlangan buyumlar olib kelmasligi kundalik nazoratga olinadi. Oʻquvchiga biriktirilgan tarbiyachi-pedagog va muassasa psixologi tomonidan oʻquvchi va uning ota-onasi bilan har oyda uch marotaba yakka tartibda profilaktik suxbatlar olib borildi va suxbat natijasi oʻquvchining nazorat daftariga qayd etildi. Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida maktabning ichki roʻyxatiga olingan ____________ tomonidan 11 oy davomida takroran huquqbuzarlik, nojoʻya xatti-harakatlar sodir etish, taʼlim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzish hollari sodir etilmadi. Aksincha uning hulqi ijobiy tomonga oʻzgarib, jamoat ishlaridagi faoliligi oshishiga erishildi. Yuqoridagilarni hamda sinf rahbari _______________ va maktab psixologi ___________ning tavsiyasini inobatga olib, ________ oʻquvchisi ___________ni maktabning ichki roʻyxatidan chiqarishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling