224
Chorvachilik fermalarida chorva mollarini
parvarish qilish usullari
Chorva mollarining yaxshi o‘sishi
va ularning mahsuldor-
ligini oshirishga tashqi muhit katta ta’sir qiladi.
Chorvachilikni rivojlantirishda iqlim, shu joyning o‘ziga xos
sharoitlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Iqlimning hayvonlarga
ham, yem-xashak bazasiga ham ta’siri bo‘ladi. Molxonalarda-
gi havoning issiqligi,
namlik darajasi, tarkibidagi gazlarning
almashinuvi, molxonaning yoritilish darajasi qishloq xo‘jalik
hayvonlariga ta’sir qiladi.
Harorat. Hayvonlar sovuqda qolsa, tanasidan issiqlik ajra-
lishi kuchayadi, uning o‘rnini to‘ldirish uchun esa organizm
ko‘proq
yem-xashak talab qiladi, bu holda oziqa modda ye-
tishmasa, mahsuldorlik kamayadi va sifat pasayadi. Shuning-
dek, hayvonlar sovuqda uzoq muddat qolib ketsa shamollaydi,
kasallanadi, hatto nobud bo‘ladi.
Hayvonlarning teri ostidagi
yog‘ qatlami va terining qalin jun bilan qoplanganligi tanadan
issiqlikning tarqalishiga va organizmga sovuqning ta’sir eti-
shiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo haroratning normadan pasayishi
ham hayvonga yomon ta’sir qiladi.
Namlik. Chorva mollari boqiladigan xonalarda ma’lum
miqdorda namlik bo‘lishi kerak. Bu namlik haroratga va
molxonadagi havoning almashinishiga bog‘liq bo‘ladi.
Polda-
gi, suvdonlardagi va ho‘l yem-xashakdagi namning bug‘lanishi
natijasida, molxonada havoning namligi ortadi. Shuningdek,
hayvonlar nafas chiqarganda va terlaganda ham ko‘p miq-
dorda suv bug‘lanadi. Masalan, 400–500
kg keladigan sigir
bir sutkada 8–12
kg namlikni bug‘lantirishi aniqlangan.
Molxonada namlikning ko‘p bo‘lishi ham, ortiqcha quruq
bo‘lishi ham hayvonlarga yomon ta’sir qiladi. Sovuq, nam
havoda hayvonlar issiqlikni ko‘p
tarqatishi natijasida sovqo-
225
tadi va shamollab kasal bo‘ladi. Sovuq nam havo, ayniqsa,
yosh hayvonlar uchun xavfli.
Molxona havosi haddan tashqari quruq bo‘lsa, mollarning
tomog‘i qurib qoladi hamda chang ko‘payib kasallanishiga
sababchi bo‘ladi.
Yorug‘lik. Molxonaga yorug‘lik yaxshi tushib turishi lo-
zim. Yorug‘ xonalarda mollar
yem-xashakni yaxshi topib
yeydi. Yorug‘lik tushib turadigan xonalarda parrandalar, otlar,
qoramollar va cho‘chqalar yaxshi rivojlanadi. Lekin molxo-
naga kechasi lampalar yoqib qo‘yish mollarning yaxshi dam
olishiga xalaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: