«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT – 2015
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
5-sinfi uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
ISBN 978-9943-26-356-7
© Sharipov Sh., Muslimov N., Tolipov O‘., Abdullayeva Q.,
Qo‘ysinov O., Sattorov V., Ahmadaliyev S., Mo‘minova M., 2015
© «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2015
UO‘K: 372.8(075)
KBK 74.263
М–47
Mehnat ta’limi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi
uchun darslik / Mualliflar: Sh. Sharipov va boshq. – T.: «Sharq»,
2015. – 240 b.
ISBN 978-9943-26-356-7
UO‘K: 372.8(075)
KBK 74.263
М-47
M u a l l i f l a r :
Sh. Sharipov, N. Muslimov, O‘. Tolipov,
Q. Abdullayeva, O. Qo‘ysinov, V. Sattorov,
S. Ahmadaliyev, M. Mo‘minova
T a q r i z c h i l a r :
I. Karimov – Qo‘qon Davlat pedagogika instituti dotsenti, p.f.n.;
Z. Shamsiyeva – Respublika ta’lim markazi «Musiqa, san’at,
mehnat
ta’limi, jismoniy kamolat va salomatlik» bo‘limi boshlig‘i;
M. Qoraboyev – Toshkent shahridagi 12-maktab mehnat ta’limi
o‘qituvchisi;
F. Xamdamova – Toshkent shahridagi 21-maktab mehnat ta’limi
o‘qituvchisi;
X.Hoshimov – Toshkent shahridagi 243-maktab mehnat ta’limi
o‘qituvchisi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
Shartli belgilar
3
K I R I S H
Aziz o‘quvchilar! Mehnat ta’limi sizni mehnat turlari va ja-
rayonlari,
kasblar bilan tanishtiradi, ularni qadrlashni o‘rgatadi.
Sizda dastlabki mehnat ko‘nikmalari va malakalarni, yara-
tuvchanlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi. Mehnat ta’limi
darslarida turli amaliy mashg‘ulotlarni bajarib, kelajakdagi
kundalik turmushingizda zarur bo‘ladigan
ishlarni bajarishni
o‘rgana borasiz.
Har bir o‘quvchi maktab davridan o‘zini mehnatga, bo‘lajak
kasbiy faoliyatiga tayyorlab bormog‘i lozim. Buning uchun
mehnat
sevarlik, ijodkorlik, tirishqoqlik,
intizomlilik, berilgan
topshiriqlarni bajarishda mas’uliyat bilan yondashish kabi
sifatlarni o‘zingizga odat qilib olishingiz kerak. Bu bora-
da mehnat ta’limi sizning eng yaqin yordamchingiz bo‘lib
qoladi.
Ushbu darslikda mehnat ta’limining uchta – «Texnologiya
va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asosla-
ri» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz.
Shuni e’tiborga
olish kerakki, «Texnologiya va dizayn»
yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda
«Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar beril-
gan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini
o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar.
Siz mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomi-
da ko‘plab sohalarga oid kasb-hunar turlari bilan tanishasiz.
Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab,
o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz ja-
miyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz.