55
Porsi go‘niya. Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda
(port
ret
ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining burchak-
lari; javon,
shkaf kabilarning karnizlari, umuman, randalar
yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash
porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya
lineykasi
kundaga 45
o
burchak hosil qilib o‘rnatiladi.
Xatkash – aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yish-
teshish ishlarini bajarishda yog‘och materiallarning turli to-
monlariga ularning qirralariga parallel
qilib reja chiziqlarini
chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli,
ikki cho‘pli va ko‘p cho‘pli bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri burchakli detallarni rejalashda quyidagilarga alohida
e’tibor berish kerak (40-rasm):
1. Masshtabli chizg‘ichning nolli bo‘linmasi o‘lchash bosh-
lanadigan chiziq ustida turishi lozim.
2. O‘lchash vaqtida chizg‘ichning o‘lchash boshlanadigan
chiziqqa nisbatan noto‘g‘ri turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Rejalash – mas’uliyatli operatsiyadir. Tayyorlanadigan bu-
yum
ning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun rejalashda juda hushyor bo‘lish zarur.
Rejalash
dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg‘ich, go‘niya
bilan ba-
jariladi. Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: