Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua
Download 2.78 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho‘lpon (1897–1938)
Qo‘rQInCh BIr jAsorAT qobilboy bu so‘zni eshituvchi quloqlariga ishonmagandek, anvar ning yaqinrog‘iga surildi. – nima deyapsiz, anvar, men yaxshi anglamadim? anvar yana o‘sha so‘zni takrorladi. qobilboy, endi biroz orqasiga tisarilib, ko‘zini katta ochdi va bir necha vaqt qotib turdi... – siz nima qilmoqchisiz, uka. o‘z oyog‘ingiz bilan... yo‘q, bu bo‘lmagan gap! balki bu – xonning unga popisa- 295 sidir 1 , shu hiyla bilan maqsadga yetmoqchidir... qo‘ying bu gapni, uka, qo‘ying!.. anvar hamon boyagi vaziyatda, ko‘zini bir nuqtaga tikib, sandal ustidagi qog‘ozni og‘asi yaqinrog‘iga surib qo‘ydi... – basharti, popisa bo‘lmasa?.. – dedi anvar. – Xon popisani bilmaydi, uning hamma harakati jiddiy! shunday, siz bu xatni er taga uning qo‘liga berasiz va undan har bir yordamingizni ayamaysiz! – bu aqllik gap emas, uka... – men endi shunga qaror berganman! – dedi anvar o‘zga- rishsiz. – bu azmdan qaytish yo‘q... Faqat, siz unga yordami- ngizni ayamaslikka menga so‘z bersangiz bo‘ldi! qobilboy entikdi, xatni olib, bir necha fursat sukutda o‘ltirdi... so‘ngra birdan o‘rnidan turib hujradan chiqa boshladi. – yo‘l bo‘lsin? – ketayapman. – Xayr, kechiringiz! qobilboydan javob bo‘lmadi. kun qiyomga 2 yaqinlashgan. yana biror soatdan so‘ng sultonalini o‘limga olib chiqar edilar. o‘rdadan hech kim uning najot topishiga ishonmas; xonning oldiga chaqirildi – o‘ldi, basharti gunohi bo‘lib, iqror qilsa, yana jazoga qoldi, vassalom. ammo anvar xon huzuriga kelib, o‘zini uning huk- miga topshiradi, chin yigitlik yo‘li bilan do‘stini qutqaradi, degan xayolga kim ishonsin? kecha jarchi ko‘y-guzarlarni ay- lanib, anvarni insofga chaqirdi, kishi qoniga qolmaslik fazila- tini tarannum ettirdi. biroq anvarning bunday «hamoqati»ga 3 aхloqan sukut etib, vijdonan so‘zlagan o‘rda arbobi va boshqalar ishonsinmi! shunda o‘rda arbobi bukun peshindan biroz ilgariroq mujassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib keluvchi bir arslonni o‘z tarixida birinchi martaba ko‘rdi va tong ajabda qoldi. bu ulug‘ jasorat bir necha daqiqalarga- 1 Pоpisa – po‘pisa, yolg‘оndan qo‘rqitish. 2 Qiyom – tush. 3 Hamоqat – ahmоqlik. 296 cha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to‘xtatdi. o‘rda arboblarining mahkamada o‘tirganlari eshik yoniga chiqib, yo‘lda borganlari harakatsiz qolib, parvosiz, har kim yonidan salomlashib o‘tguvchi arslonni tomosha qildilar. anvar devonxona qarshisiga yetganda, nima maqsad bi- landir darichalar va eshik yonida mo‘ralashuvchi mirzolar- ga umumiy bir ta’zim ifoda qildi va zinalarga sobitqadam oyoq qo‘yib, yuqoriga, xon huzuriga chiqib ketdi. poytaxt bo‘sag‘asidagi doimiy yasovullardan o‘tib, dahlizda to‘xtadi. Chunki bundan o‘tish uchun hudaychi vositasida xondan rux- sat oldirish lozimdir. birinchi eshik yonida qo‘l qovushtirib turuvchi darvesh hudaychi taajjub va hayrat ichida anvarni qarshilab, ikkinchi xonadagi «janob» huzuriga ketdi. taxtiga takya qilgan 1 Xudoyor ikki ko‘zi to‘g‘risida ikki jallodni qo‘yib, yonidagi domla shig‘ovul 2 , tursun otaliq va g‘ayri 3 bir necha ayonlar bilan suhbatlashar edi. – pushti panoho! – dedi hudaychi. – Xiyonatkor o‘z ixti- yori bilan kelib, domi adolatingizga taslim bo‘lmoqchi. – Xiyonatkoring‘ kim? – mirzo anvar! Xon seskanib ketdi, hamnishinlar 4 ham alang-jalang bo‘l- di lar. – keltir! hudaychi qulluq qilib, orqasiga qaytdi. dahlizdagi anvar birinchi xonadagi a’yonni hayratga solib, ikkinchi tanobiy- ning bo‘sag‘asida, jallodlar o‘rtasida to‘xtadi va xonga ta’zim ado qildi. raqibni bu qadar jasoratda ko‘rgan Xudoyorning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va biroz so‘z topolmagan- dek tamshanib turdi. – sen bizga xiyonat qilding‘, it uvli! anvar bosh irg‘atdi. 1 Takya qilgan – suyangan. 2 Shig‘оvul – sarоy marоsimlarini bоshqarib turadigan amaldоr. 3 G‘ayri – bоshqa, o‘zga. 4 Hamnishin – birga o‘tirganlar. 297 – iqrorman. – tuzumni unutding‘! – tonmayman! – iqrorsan, tonmaysan, o‘bdan ish, – dedi zaharxanda qilib xon, – o‘luvdan ham qaytmaysan! – men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! – dedi iljayib anvar. – o‘zimni o‘limga berib, bir gunohsizni qutqa- rish uchun kelganman! hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli kuldi. – pusulmonchilik qig‘onsan-da! – albatta! – dedi anvar. – boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men pusul- monlik bilan o‘lishni o‘bdan bildim! bu javob Xudoyorni qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida terlar ko‘rindi, g‘azab o‘ti alanga oldi. – sening qig‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it uvli?! – musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga bir kambag‘al uylan moqchi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qiblayi olam! – Chiqar buni, jallod!!! Jallodlar harakatlandilar: – Xanjarimiz qonsirag‘an! anvar bosh chayqab kuldi. – Gunohsiz mening ko‘z oldimda banddan ozod qilinmas ekan, anvarni bu yerdan chiqara olmaslar, qiblayi olam, – dedi va o‘zini tashqariga torta boshlagan jallodlarni arslonlar- cha siltab yubordi. – sizda adolat bormi, janob! qo‘rqinch bu hayqiriq Xudoyorni insofga keltirdi. Jallod- larni to‘xtatishga va hudaychini sultonalini hozirlashga buyur- di. ko‘zi qonlangan anvar ikki qo‘lini yoniga tashlab Xudo- yor qarshisida turib qoldi. hamma sukutda. shunday fursatlar- da gunohkorni odobsiz so‘zlar bilan so‘kib turuvchi Xudoyor ham jim. Chunki a’yon nazarida har bir odobsizligiga anvar tarafidan kuchli haqorat olish ehtimoli bor. Shayx Sa’diy ayt- gancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvguvchidek tili uzun kishi bo‘lmas. darhaqiqat, insonni razolatga solguvchi uning man- 298 faati taqozosi, qola bersa o‘limdir. bu ikkisidan kechguvchiga esa podshohning qahri va jahannamning qa’ri farqsizdir. ko‘p fursat o‘tmay hudaychining orqasidan sultonali kir- di, xonga qarshi turuvchini tanib, titradi... titrar ekan, anvar- dan biroz keyinda turib xonga ta’zim qildi. – siz ozod bo‘lding‘iz! – dedi xon. – devong‘a chiqib o‘z ishing‘izg‘a qarang! sultonali ixtiyorsizcha xon tomon bukilib oldi... anvar «istehzoli» vaziyatda sultonaliga yon qaradi: – menim qarshimga ishlab, janobga neqadar sodiq qolsa- ngiz ham, sadoqatingiz sizni najotga chiqara olmadi, bil’aks, siz o‘ylagancha men – insofsiz sizni qutqardim... siz shuni unutmasangiz bo‘ldi, sultonali aka, – dedi anvar va xonga ishorat qildi, – qo‘limni bog‘lasinlar, chiqarib o‘ldirsinlar! sultonali orqasiga qaytdi, qaytar ekan, ko‘zidan bir necha tomchi yosh oqib tushdi. Jallodlardan biri anvarning qo‘lini orqasiga bog‘ladi. anvarning qo‘li bog‘lanar ekan, muham- mad niyoz domla o‘rnidan turib, xonga qulluq qildi. – shu odobsizning gunohini mening uchun kechirsinlar. Xon yuzini chetga o‘girdi: – rastag‘a chiqaring! anvar, xonni va hamnishinlarni masxaralagandek, ta’zim ado qildi. Jallod oldinga tushdi, uning orqasidan anvar yur- di va orqadan ikki nafar qurollik yasovul ergashdilar. anvar o‘zini o‘rdaga kirishda qanday tetik tutgan bo‘lsa, o‘lim sari chiqishda ham o‘shandog‘ parvosiz edi. ko‘zi tushgan tanish har kimsa bilan «xayr», «xo‘sh» degan kabi imlashib olar edi. rangi quv o‘chib, hushsiz kabi tashqi darvoza yonida turgan sultonali bilan ham alohida vidolashdi. anvarning qarashi- dagi ma’noga tushungan sultonalining yuragi suv bo‘lib oqdi va hushsiz, hissiz anvar ko‘zdan yo‘qolguncha qarab qoldi... yangi rastada xalq qaynar edi. qo‘lida yalang‘och xanjari- ni ushlab, beliga oyboltasini qistirgan manfur jallod orqasidan keluvchi mahkumga ko‘zi tushgan xalqdan ba’zisi... nafrat- langan ko‘yi o‘zini chetga tortdi. Jazo maydoni yangi rasta bilan o‘rda bog‘ining muyushida bir dor va dor ostiga qon 299 oqizish uchun qazilgan chuqurdan iborat edi. dor ostiga kelib yetdilar. Bir onda dor atrofiga yuzlab yig‘ilgan tomoshabin xalqni yasovullar chetlanishga buyurdilar. Xalq orqaga silji- gan bo‘lib, yana siqilisha berdi. dor ostida anvarning qo‘li yechilib, tahorat olish uchun unga suv berildi. Chunki bu mahkumning qonuniy haqqi edi, anvar tahorat olar ekan, jal- lod va yasovullar xanjar yalang‘ochlab, uning tevaragini qur- shab turdilar. anvar tahoratlanib, ustidagi to‘nini yerga yozdi. Jallodlar doirani biroz kengaytirib, anvar ikki rakat namoz o‘qidi. duodan so‘ng anvar o‘rnidan turdi, qo‘lini bog‘lashga berib, atrofga besaranjom alangladi. tevarakni sirib olgan xalq ol dida manfur ko‘zini moylantirib o‘z ustiga to‘ppa- to‘g‘ri qarab turgan mulla abdurahmonni ko‘rdi. anvar titradi, abdurahmon iljaydi. – kulishga haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz! – dedi anvar. birdan hammaning ko‘zi abdurahmonga tush- di. – Faqat siz ifloslik natijasida kulasiz, men... men to‘g‘rilik samarasini o‘raman; siz iflos vijdon bilan g‘olibsiz, men sof vijdon bilan mag‘lubman... meni dor ostiga kim keltirdi? Vij- don emasmi, taqsir! sizni bu yerda kim tomoshabin qildi? Ifloslik emasmi, taqsir? Xalq chuqur sukutda, o‘z orasida turgan «peshvo»ga kiyna- lik ko‘z bilan tikilgan edi... Jallod qo‘li bog‘langan anvarni dor tomonga olib bordi. anvar o‘z ixtiyoricha chuqur yoniga o‘tirdi va xanjarini yanib kelgan jallodga qo‘li bilan «ozgina to‘xtang» ishorasini qilib, abdurahmon tomonga kuldi: – mening holimni ko‘ringiz, domla, – dedi anvar kulib, – qo‘lim bog‘langan, ustimda xanjar yaltiraydi. lekin men ku- laman... nima uchun bunday, taqsir! Chunki vijdon rohatda, jon tinch, yurakda ishq!.. durust, men ko‘milgach, qabrim ustida ko‘ksi dog‘li qizil lolalar ko‘karar... nimadan bu? bu – sizning kabi tubanlar solgan iz!.. tomoshabinlar toqatsizlangandek ko‘rindilar, anvar uza- nib yotdi... Jallod xanjarini yengiga yanib, anvar ustiga en- gashdi... engashdi, biroq orqadan berilgan kuchli bir zarb bilan anvar ning ustidan oshib, munkigancha chuqurga yiqildi. Jal- 300 loddan besh qadam narida turgan yasovullar ham ko‘kdagi xanjarlik qo‘llarini ostiga bukolmay, kimlar bilandir olishib yotar edilar va shu onda kuchli shapaloq tovushi eshitilib, sal- lasi chuvalgan bir yosh mulla yerga o‘tirib qoldi... Xalq tar- tibsizlandi... qobilboy anvarning dastbandini kesdi va ikkisi tartib sizlik ichiga kirib yo‘qoldilar. qurolsizlantirilgan yaso- vullar gurr etib, turli tomonga sochilgan xalq ichidan do‘st- dush manni ajratolmay garangsidilar. shu vaqt butun a’zosi eski qonlarga belangan jallod chuqurdan chiqishga intilar edi... 1. ra’noning boshqa qizlarga o‘xshamaydigan darajada jasurli- gi va hamma ayollar kabi hissiyotga mag‘lubligi tasvirlangan o‘rinlarni topib o‘qing va izohlab bering. 2. romanda anvarning tadbirkorligini namoyish qiluvchi tas- virlarni toping. 3. o‘rdadagilar nima uchun sultonalining najot topishiga ishon- mas edilar? 4. anvarning o‘rdada paydo bo‘lishi qoldirgan taassurot tas- viriga e’tibor bering va unga asoslanib adolatsizlik va yuksak ma’naviyat haqida fikr yuriting. 5. anvar bilan Xudoyorxon o‘rtasidagi olishuvga diqqat qiling. bu «jang»da sizningcha kim g‘olib chiqdi? 6. dor ostidagi anvar bilan mulla abdurahmonning to‘qnashuvi lavhasiga e’tibor bering. har ikkisining tabiatiga xos jihatlar tasviri haqida to‘xtaling. 7. anvarning qutqarilishi sahnasiga e’tibor bering. Uning xa- loskori kimlar deb o‘ylaysiz? 8. asar matniga tayanib, qodiriyning so‘z qo‘llash san’ati haqi- da fikr yuriting. 9. adibning qaltis vaziyat tasvirini bera bilish mahorati namoyon bo‘lgan o‘rinlar haqida misollar asosida so‘zlang. savol va topshiriqlar: 301 Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilgusi... Cho‘lpon. bdulhamid sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yil- da andijon shahrining qatorterak mahallasida tug‘ildi. Uning otasi sulaymonqul mulla muham- mad yunus o‘g‘li andijonning obro‘li kishilari- dan bo‘lib, savdogarchilik bilan shug‘ullanar edi. U zamonasining o‘qimishli kishilaridan hisobla- nar, o‘zi ham she’rlar yozib turardi. o‘sha davrda bo‘lajak shoirning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor. Cho‘lponning onasi oysha aya, garchi unchalik o‘qimishli bo‘lmasa-da, o‘g‘lining ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. nega- ki, u xalq qo‘shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yax- shigina xabardor bo‘lgan. abdulhamid avval eski maktabda o‘qidi. Vaqti yetgach, andijon va toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Zamonning talabini ilg‘agan sulaymonqul o‘g‘lini rus-tuzem maktabida ham o‘qitdi. bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullanishi va tabiiy iste’dodi tufayli o‘zbek, turk, fors, arab, rus tillarini va bu til- lardagi adabiyotlarni puxta biladigan o‘qimishli kishi bo‘lib Cho‘lpon (1897–1938) 302 yetishdi. tinimsiz o‘qish-o‘rganish va kuchli iste’dod tufayli abdulhamid o‘n olti yoshlarga yetib-yetmay ijod qila bosh- ladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she’rlari turkiston o‘lkasi gazetalarida chop etilardi. ijodkorning iste’dodi ko‘lami uning o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbati ko‘lami bilan o‘lchanadi. katta iste’dod ko‘pincha katta muhabbatdan iborat bo‘ladi. Cho‘lponning dastlabki asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan turkiston xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbat yorqin ko‘rinib turar- di. U xalqini ozod va baxtli ko‘rishni istardi. buning uchun odamlarni jaholat uyqusidan uyg‘otish, ma’rifatdan, ilm-u fandan bahramand qilish kerak deb hisoblardi. ayni paytda, rus bos qinchilari millatning ma’rifatli bo‘lishiga keng yo‘l bermasligini ham bilardi. erksiz ma’rifatning, ma’rifatsiz esa erkning bo‘lmasligi shoirga ayon edi. shu bois Cho‘lpon 1917-yilning fevralida rossiyada sodir bo‘lgan inqilobga kat- ta umid bilan qaradi. lekin bu inqilob turkiston o‘lkasiga chin ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o‘zga kishi yoki ta- baqa, yoxud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki kurashlarda qo‘lga kiritiladigan ne’matdir. o‘sha yilning ok- tabrida ro‘y bergan to‘ntarish esa shoirning so‘nggi umidlarini ham so‘ndirdi. milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun holini aks ettiri sh va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi Cho‘lpon ijodining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi. minglab yillik an’analarga ega qadimiy o‘zbek she’- riya tida Cho‘lpon o‘z yo‘lini izladi va hech kimnikiga o‘xshamagan, samimiyligi, jozibadorligi, ta’sirchanligi, tuy- g‘u larning ranginligi bilan o‘zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yarata bildi. bugungi o‘zbek adabiy tili ko‘p jihatdan Cho‘lpon she’rlari ta’sirida shakllangan tildir. Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari «Kecha va kunduz» deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-dilogiyasi- ning 1 muallifi hamdir. Afsuski, zamondoshlari ning хo tir- lashlaricha, romanning ikkinchi kitobi qo‘lyozmasi Cho‘l pon qamalgan paytda yo‘q qilingan va hozirgacha topilgan emas. 1 Dilogiya – ikki kitobdan iborat asar. 303 bi rinchi kitobi «kecha» egamanlik 1 yillarida qaytadan nashr etildi va ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan abdulla qodiriy- ning «o‘tkan kunlar» romani darajasidagi asar sifatida baho oldi. Cho‘lponning 1921-yilda yaratgan «yorqinoy» dramasi badiiy jozibasi jihatidan hozirgacha ham o‘z ta’sir kuchini yo‘qotmay kelmoqda. abdulhamid Cho‘lpon o‘zbek o‘quvchilarini jahon adabi- yotining durdona asarlari bilan tanishtirish borasida ham sal- moqli ishlarni amalga oshirdi. shekspir, blok, Gorkiy, thakur singari mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari xalqi- miz ma’naviyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Cho‘lpon haqiqat va hurlikni e’tiqodiga aylantirgan ijodkor edi. shu sababli ham milliy zulmni milliy tenglik deb da’vo qilgan hukmdorlarga uning ijodi yoqmas edi. Ular shoir dan xalq baхtiyor, erkin va ozod yashamoqda deb kuylashni talab qilishdi. haqiqat kuychisi va erk farzandi – Cho‘lpon buni qilolmasdi. shu bois uni o‘zi sevgan, hayotini baxshida qil- gan xalqqa dushman deb, millatchi deb e’lon qilishdi. shoirni 1937-yilning 13-iyulida qamoqqa olishdi. o‘zbekning buyuk shoiri uzoq qiynoq va tahqirlardan keyin 1938-yilning 4-ok- tabrida toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida otib tash- landi. dahshatlisi shundaki, Cho‘lponni o‘limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi. dush- manlar xalqimizning asl farzandlarini tezroq yo‘q qilishga, odamlarni ma’naviyat buloqlaridan bebahra qoldirishga sho- shilardi. Cho‘lpon ijodi namunalari uzoq vaqt mobaynida o‘quv- chilardan berkitib kelindi. Chunki sho‘ro tuzumi haq gapni aytadigan jasoratli shoir ijodini o‘rganishdan manfaat- dor emas edi. lekin haqiqatni umrbod berkitib bo‘lmaydi. quyoshni yashirib qo‘yishning imkoni yo‘q. Cho‘lpon o‘zbek she’riyatining yorqin yulduzi sifatida o‘tkinchi bulutlar par- dasini yirtib tashlab, milliy she’riyat osmonida qayta porladi. 1 Egamanlik – mustaqillik. 304 Go‘ZAl qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukub, aytadir: men uni tushda ko‘ramen. tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal! ko‘zimni olamen oy chiqqan yoqqa, boshlaymen oydan-da seni so‘rmoqqa. Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa Uchradim tushimda, ko‘milgan oqqa. oqqa ko‘milganda shunchalar go‘zal, mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal! erta tong shamoli sochlarin yoyib, yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen. aytadir: bir ko‘rib, yo‘limdan ozib, tog‘-u toshlar ichra istab yuramen! bir ko‘rdim men uni – shunchalar go‘zal, oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal! Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib, Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda. Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda. men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal, oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal! men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibmen, Uningchun yonibmen, yonib-kuyibmen, boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen, men suyib... men suyib, kimni suyibmen? men suygan suyukli shunchalar go‘zal, oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal! 1919 305 1. nima sababdan go‘zal yulduz bilan oyni o‘nglarida emas, tushlarida ko‘rindi deb o‘ylaysiz? 2. Go‘zalni shamol bilan kun qay holatda uchratganliklarini tasvirlab berishga urining. 3. «Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib, Undanda so‘raymen sening to‘g‘ringda. Ulda o‘z o‘tidan bekinib, qochib, Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda» satrlari- ning mazmunini izohlang. Uchinchi misradagi obrazli ifo- daning badiiy vazifasini tushunti ring. 4. shamolning «yo‘lidan ozganligi» sababini izohlang. 5. «Men suyib... men suyib, kimni suyibmen?» misrasidagi takrorning badiiy vazifasini tushuntiring. 6. she’r sizda qanday tuyg‘ular uyg‘otdi? ko‘nglingizdan o‘t- gan sezimlar haqida so‘ylang. 7. she’rdagi Go‘zal obrazini kim deb o‘ylaysiz? odam timsoli- mi, ozodlik ramzimi, baxtmi yoki taqdir ifodasimi? 8. she’rni yod oling. ХALQ Хalq dengizdir, хalq to‘lqindir, хalq kuchdir, Хalq isyondir, хalq olovdir, хalq o‘chdir... Хalq qo‘zg‘alsa, kuch yo‘qdirkim, to‘хtatsin, Quvvat yo‘qkim, хalq istagin yo‘q etsin. Хalq isyoni saltanatni yo‘q qildi, Хalq istadi, toj va taхtlar yiqildi... Хalq istagi – ozod bo‘lsin bu o‘lka, ketsin uning boshidagi ko‘lanka. bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar, bir intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar. yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar, o‘z yurtini har narsaga to‘q etar... Butun kuchni хalq ichidan olaylik, Quchoq ochib хalq ichiga boraylik! 1921 savol va topshiriqlar: 306 1. She’rning birinchi bandini diqqat bilan o‘qing va хalqqa хos хususiyatlar badiiy jihatdan qanday aks etganligini anglating. 2. she’rdagi: «Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar, Bir inti lur, bir hovliqar, bir o‘ynar» misralarida хalqqa хos qanday sifatlar tasvirlanayotir deb o‘ylaysiz? 3. Хalqning yaratuvchilik qudrati: «Yo‘qliknida, ochliknida yo‘q etar, O‘z yurtini har narsaga to‘q etar...» satrlarida qanday ifodalanganligiga e’tibor qiling. 4. she’rni yod oling. BINAFSHA binafsha senmisan, binafsha senmi, ko‘chada aqchaga sotilgan. binafsha menmanmi, binafsha menmi, sevgingga, qayg‘ungga tutilgan? binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay, bir erkin kulmasdan uzilding? binafsha, nimaga hidlaring sochilmay, yerlarga egilding, cho‘zilding? binafsha, ayt menga, kimlardir, ularkim, ignani bag‘ringga sanchalar? binafsha, bir so‘yla, U qanday qo‘llarkim, Uzalar, hidlaylar, yanchalar? binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor, nimaga uzoqroq kulmaysan? binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor, ko‘nglimga isriqlik to‘kmaysan? binafsha, yig‘lama, binafsha, kel beri, qayg‘ungni qayg‘umga qo‘shgil. Download 2.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling