Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 118.5 Kb.
bet2/4
Sana12.10.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1700257
1   2   3   4
Bog'liq
422 06.07.2020 NIZOM

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-iyul,
422-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Sh. Shermatov



xalq ta’limi vaziri, guruh rahbari

2.

D. Kenjayev



xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari, guruh rahbari o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra



Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, guruh rahbari o‘rinbosari

4.

D. Maxsudov



Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

5.

A. Tagayev



Xalq ta’limi vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i

6.

Sh. Sattorov



Respublika ta’lim markazi direktori

7.

L. Gaynutdinova



O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori

8.

H. To‘ychiyeva



Xalqaro islom akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri

9.

O. Ernazarov



Xalqaro islom akademiyasi ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash shu’basi boshlig‘i

10.

I. Kamolov



Toshkent shahridagi Prezident maktabi tarix, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlari o‘qituvchisi

11.

Z. Rashidova



Toshkent shahridagi Prezident maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

12.

Sh. Toshmirzayeva



Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

13.

B. Xasanova



Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 48-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

14.

Z. Jabborova



Respublika ta’lim markazi metodisti, guruh kotibi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga
2-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi
TARKIBI

1.

D. Kenjayev



xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari, guruh rahbari

2.

M. Quronov



Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari, guruh rahbari o‘rinbosari

3.

O. Maxmudov



Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi matbuot kotibi

4.

Z. Islomov



Xalqaro islom akademiyasi professori

5.

D. Rahimjonov



Xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi

6.

D. Ro‘ziyeva



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori

7.

Z. Zamonov



O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kichik ilmiy xodimi

8.

Sh. Sattorov



Respublika ta’lim markazi direktori

9.

N. Ismatova



Xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo-zukko ta’lim maskani”direktori

10.

S. Madaliyeva



Xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo-zukko ta’lim maskani” psixologi

11.

S. Zokirova



Xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo-zukko ta’lim maskani” o‘qituvchisi

12.

S. Shermuxamedova



Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi

13.

S. Akkulova



Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi

14.

Y. Risyukova



“O'qituvchi” davlat unitar korxonasi ilmiy-metodik nashriyot markazi direktorining innovatsiya va rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari

15.

S. Xafizov



“O'qituvchi” davlat unitar korxonasi ilmiy-metodik nashriyot markazi bo‘lim boshlig‘i

16.

K. Jalilov



“O'qituvchi” davlat unitar korxonasi ilmiy-metodik nashriyot markazi bo‘lim boshlig‘i

17.

O. Usmanova



“O'qituvchi” davlat unitar korxonasi ilmiy-metodik nashriyot markazi yetakchi mutaxassisi

18.

N. Xolmuhamedova



Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 49-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

19.

L. Mo‘minova



Toshkent shahar Olmazor tumani 29-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga
3-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida “Tarbiya” fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi.
Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo‘nalishlar mamlakat yoshlarini ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan hujjatlari, xususan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar-2030” strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga asoslanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Konsepsiyada belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg‘or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda amalga oshiriladi.
4. Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning yoshiga mos ma’naviy rivojlanishini ta’minlash va faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlar “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Ma’naviyat asoslari”, “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan yagona Tarbiya fanining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o‘rganildi, amaldagi fanlarning o‘quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilindi.
5. Konsepsiya asosida yaratilgan dastur amaldagi Sog‘lom avlod asoslari, Salomatlik, Yo‘l harakati qoidalari, Hayot xavfsizligi asoslari, Salomatlik darslari, Huquqiy tarbiya, Ekologik tarbiya, Media madaniyati, Iqtisod va soliq saboqlari kabi bir qancha fakultativ o‘quv kurslari dasturlarini birlashtiradi.
6. Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari) negizi hisoblanadi. Konsepsiya “Tarbiya” fanini o‘rganish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling