Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 9-10-sinflarda, 2023/2024 o‘quv yilidan 11-sinflarda tashkil etiladi


Download 76.24 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi76.24 Kb.
#1130603
  1   2   3
Bog'liq
792 30.12.2021




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.02 O‘rta ta’lim muassasalari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.78.00 Ta’limning boshqa turlari. Qo‘shimcha (maktabdan tashqari) ta’lim]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori ijrosini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori 12-bandiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish tartibi joriy qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 9-10-sinflarda, 2023/2024 o‘quv yilidan — 11-sinflarda tashkil etiladi;
kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan yaqin hududda joylashgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va qisqa muddatli kurslar ochilgan ta’lim muassasalarining o‘quv binolari, shu jumladan, sinf xonalari va ustaxonalaridan bepul foydalaniladi;
kasb-hunarga tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning ta’lim muassasasi uchun ajratilgan mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
a) umumta’lim muassasalari psixologi tomonidan o‘quvchilarning kasbga moyilligini o‘rganish va ularni kasbga yo‘naltirishda quyidagilarni amalga oshirish:
7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini aniqlanash va ularning ma’lumotlar bazasini yaratish;
8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish;
9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o‘quvchilarni o‘quv yili davomida muayyan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish;
b) o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilish:
kasb-hunarga tayyorlash markazlarida o‘qish o‘quvchilar uchun joriy o‘quv yilining 2-sentabridan kelgusi yilning 25-mayigacha bo‘lgan davrda to‘rt chorakka bo‘lingan holda tashkil etiladi;
o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta;
haftasiga kamida bir marta belgilangan soatlar doirasidan chiqmagan holda o‘qish tashkil etiladi;
haftalik va umumiy o‘quv yuklamasi kasb turiga qarab belgilanadi;
mashg‘ulotning davomiyligi — 45 daqiqa;
mashg‘ulotlar oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z hududidagi kasb-hunarga tayyorlash jarayonida o‘rgatiladigan kasblarni hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiqlashtirsin hamda 2022-yildan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun zarur ish o‘rinlarini yaratish, ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kasb-hunarga tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun belgilangan tartibda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga zarur mablag‘larni ajratib borsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov hamda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-dekabr,
792-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son qaroriga
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchilar) 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasalari) kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish (keyingi o‘rinlarda — kasb-hunarga tayyorlash) tartibini belgilaydi.
2. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ularning kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun boshlang‘ich kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni shakllantirishni ta’minlaydi.
3. O‘quvchilar uchun kasb-hunar yo‘nalishini tanlash ixtiyoriy bo‘lib, ta’lim bepul amalga oshiriladi.
4. Umumta’lim muassasalari o‘ziga yaqin hududda joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari (keyingi o‘rinlarda — kasb-hunarga tayyorlash markazlari)ga biriktiriladi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashda umumta’lim muassasalari kasb-hunarga tayyorlash markazlariga tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda biriktiriladi.
5. Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari o‘quv jarayoniga mas’ul hisoblanib, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar bilan to‘lov-shartnoma asosida kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etishi mumkin.
6. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida o‘quvchilarning kasb egallashlarining nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi va vazifalari
7. Kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi o‘quvchilarni kasb bo‘yicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilotchilik, tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash hamda ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kasb-hunar tanlashda ko‘maklashishdan iborat.
8. Kasb-hunarga tayyorlashning vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning kasbiy moyilligini zamonaviy tashxislash metodlarini qo‘llagan holda baholash, kasbiy sinov orqali ularning qiziqishlarini aniqlash va ularni kasbga yo‘naltirish;
o‘quvchilar tomonidan kasb ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini ta’minlash, ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
kasb-hunarga tayyorlash jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish;
mehnat bozori uchun tegishli kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
9. Kasbiy ta’lim berishning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun kasb-hunarga tayyorlash markazlarida zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratiladi.
3-bob. O‘quvchilarni tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish
10. Umumta’lim muassasalari psixologi tomonidan o‘quvchilarning kasbga moyilligi o‘rganiladi va ularni kasbga yo‘naltirishda quyidagilar amalga oshiriladi:
7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Har oyda bir marta “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar tashkil qilinadi;
8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar beriladi va yo‘naltiriladi. Har chorakda kamida bir marta “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar tashkil qilinadi;
9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o‘quvchilarni o‘quv yili davomida muayyan kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.
O‘quvchi umumta’lim muassasasida ta’lim olishni davom ettirishga rozilik bildirganda, muassasaga biriktirilgan kasb-hunarga tayyorlash markazidagi kasb turlaridan birini tanlaydi.
11. O‘quvchilar 10-11-sinflarda o‘qishi davomida qiziqishlari, ota-onasining fikri hamda umumta’lim muassasasi psixologining xulosasiga muvofiq kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasblarga o‘qitiladi.
4-bob. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish
12. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Har yili iyun oyida tuman (shahar) hokimliklari hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusida ehtiyoj mavjud bo‘lgan ishchi kasblarni aniqlaydi.
Tuman (shahar) hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda umumta’lim muassasalarini kasb-hunarga tayyorlash markazlariga biriktirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.
Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining umumta’lim muassasalaridagi 10-11-sinflar o‘quvchilari soni, umumta’lim muassasasidagi texnologiya fani ustaxonalari va ularning sig‘imi, kompyuter sinflari soni hamda umumta’lim muassasasiga yaqin hududda joylashgan kasb-hunarga o‘qitish markazlarining manzilli ro‘yxati;
tuman (shahar)dagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qitish sig‘imi, pedagoglari va o‘quv-ta’lim ustalari tarkibi, moddiy-texnika bazasi.
14. Kasb-hunarga tayyorlash umumta’lim muassasasining moddiy-texnika holati, texnologiya fani ustaxonasi, kompyuter sinf xonalarining holatini inobatga olib tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining xulosasiga asosan, istisno tariqasida, tuman (shahar) hokimining qarori bilan umumta’lim muassasasida ham tashkil etilishi mumkin.
Kasb-hunarga tayyorlash umumta’lim muassasasida tashkil etilganda pedagoglar va o‘quv-ta’lim ustalari belgilangan tartibda tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ishga qabul qilinadi.
Kasb-hunarga tayyorlash markazlari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari maqomi bo‘yicha professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga tenglashtiriladi hamda ularga ushbu xodim uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi.
15. Kasb-hunarga tayyorlashga qo‘yiladigan malaka talablarini va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish, kasbiy ta’lim berish jarayonini muvofiqlashtirish va metodik jihatdan ta’minlash, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish har yili iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
5-bob. Kasb-hunarga tayyorlashda ta’lim berish va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
16. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida o‘qish umumta’lim muassasasi direktori va Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga asosan tashkil etiladi.
O‘quvchilarning dars jadvalida belgilangan vaqtda mashg‘ulotlarda ishtirok etishi umumta’lim muassasasi tomonidan nazoratga olinadi.
17. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
kasb-hunarga tayyorlash markazlarida o‘qish o‘quvchilar uchun joriy o‘quv yilining 2-sentabridan kelgusi yilning 25-mayigacha bo‘lgan davrda to‘rt chorakka bo‘lingan holda tashkil etiladi;
o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta;
haftasiga kamida bir marta belgilangan soatlar doirasidan chiqmagan holda o‘qish tashkil etiladi;
haftalik va umumiy o‘quv yuklamasi kasb turiga qarab belgilanadi;
mashg‘ulotning davomiyligi — 45 daqiqa;
mashg‘ulotlar oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa.
18. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida mashg‘ulotlar kasblardan kelib chiqib tashkil etiladi.
Kasbga qarab bir sinf (guruh)da o‘quvchilar soni 10 nafardan 20 nafargacha bo‘lishi mumkin.
19. O‘quvchilarning kasbga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va nazorat qilish maqsadida quyidagi nazorat turlari amalga oshiriladi:

Download 76.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling