Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil etish


“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”


Download 2.05 Mb.
bet3/3
Sana25.07.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1662459
1   2   3
Bog'liq
QxUeNpQ6LlcEJVOTbCbbkPssmNIqHhW1ipT46sAj

“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”
“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” nizom

Lavozim majburiyati bu…

Xodimning lavozimiga koʻra nima ish qilishi lozimligini, lavozimi boʻyicha qanday masalalarga javobgar boʻlishini, uning asosiy funksional vazifalari nimalardan iborat ekanligini belgilab beradigan hujjatdir. Lavozim majburiyati maktabda pedagog xodimlarga ish taqsimotini belgilab berishda qoʻllaniladi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari xodimlarining namunaviy lavozim majburiyatlari Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan.

Malaka talablari bu…

Maktab taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini belgilab beradigan hujjat. Yaʼni bu hujjatda xodimlar toifasi, ularning lavozim vazifalari, lavozimga koʻra nimalarni bilishi lozim ekanligi va eng asosiysi har bir xodimning lavozimiga koʻra qanday malaka talablariga ega boʻlishi lozimligi belgilab berilgan. Maktab taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari esa Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 7-dekabrdagi 393-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma

Yo’riqnoma 2018-yil 20-avgustda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mazkur hujjat jami 4 ta bobdan iborat bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining namunaviy yillik ish rejasi va yillik ish yuklamasini belgilaydi.

“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” nizom

Mazkur nizom Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan. nizom 5 ta bobdan iborat bo‘lib, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni nazarda tutadi.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling