Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti 1-bob. Asosiy qoidalar
Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha
Download 97.21 Kb.
|
ДТС УМУМИЙ ЎРТА
Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha
MALAKA TALABLARI I-bob. Umumiy qoidalar 1-§. Qo‘llanish sohasi 1. Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari (keyingi o‘rinlarda - Malaka talablari deb ataladi) umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining negizi hisoblanadi va standartlashtirishning umumta’lim fanlarini o‘rganishning bosqichlarini, o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi. 2. Malaka talablari ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda umumiy o‘rta ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir. 3. Malaka talablari asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va vakolatli vazirliklar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 2-§. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida umumta’lim fanlarini o‘rganish bosqichlari 4. O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim tizimida davlat ta’lim standartiga asoslangan holda umumta’lim fanlarini o‘rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Standart darajalari Darajalarning nomlanishi A1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi A1+ Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi
A2 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning tayanch darajasi
4-§. Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar 6. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya - ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlashni, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib- o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. II-bob. Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari 1-§. Ona tili fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 Ona tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+ Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Ona tili fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+ Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Ona tili fanini o‘rganishning umumiy darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari B1+
kuchaytirilgan umumiy darajasi Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari 1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): A1 Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; matnni tushunib o‘qiy oladi; og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi; 65 - 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi; do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi. A1+ sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi; 70 - 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi. A2 tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi; so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy oladi; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi; 140 - 160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 20 - 25 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi, bayonga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi; matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi; husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi; ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza oladi. A2+ ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va ma’lumotlarni tushuna oladi; turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi; tanish mavzuda taqdimot qila oladi; 160 - 180 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; o‘qib eshittirilgan matn yoki mavzu asosida 26 - 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yarata oladi; ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza oladi. B1 Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi. Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi. O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy oladi, gapning ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi. Yozish: fikr ifodasi mantiqan izchil, tinish belgilari, nutqda kirish va kiritmalar, ko‘chirma gaplar, tilning ifoda vositalari, fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan foydalanadi. Ijodiy matnlar yarata oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Rasmiy va shaxsiy xatlarni farqlaydi. 30 - 35 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi. B1+ Tinglab tushunish: ilmiy manbalardagi o‘rtacha murakkablikdagi ma’lumotlarni tinglab tushunadi. Nutq uslubiyotiga xos xususiyatlarni tinglab tushunadi. Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi. O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali hamda ta’sirchan o‘qiy oladi, ulardagi uslubiy vositalarning ahamiyatini his qiladi Yozish: fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan foydalanadi, bir fikrni turli shaklda ifodalaydi. Ijodiy va badiiy matnlar yarata oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Ixtisoslikka oid matn tuza oladi, bunda til birliklaridan o‘rinli foydalanadi. 35 - 40 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi. 1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid): A1 ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi; mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. A1+ so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi. A2 talaffuz va imloda tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush tushishi kabi hodisalardan o‘rinli foydalana oladi; o‘zlashtirilgan leksik birliklarni gap tarkibida qo‘llay oladi; fonetik, leksik va grammatik tahlil qila oladi; fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi; matnda tilning ifoda vositalaridan foydalana oladi. A2+ tovushlar talaffuzida orfoepik me’yorlarga amal qila oladi; leksik birliklarning ma’nosini farqlashda lug‘atlardan unumli foydalana oladi. Lingvistik kompetensiya (fonetika, leksika, grammatika): B1, B1+ Fonetika: fonemalar tasnifi va uslubiyatini tushuna oladi, fonetik o‘zgarishlarni orfoepik qoidalar nuqtai nazaridan tahlil qila oladi, ohang va urg‘uni nutqda qo‘llay oladi. Leksika: so‘zlarning ko‘chma ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va atamalarni farqlay oladi, ulardan nutqda to‘g‘ri foydalana oladi. O‘zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyishi manbalarini izohlay oladi. Grammatika: so‘z turkumlari, undov, modal va taqlid so‘zlar, ularning otlashishi hamda uslubiy xususiyatlarini tushuna oladi va izohlay oladi. So‘z birikmasi, gap va uning grammatik belgilari, dialogik nutq belgilari, gap bo‘lagining tiplari, sodda va qo‘shma gaplar ma’nodoshligini, sintaktik qurilmalarni, ko‘chirma gap, matnning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlay oladi va muloqotda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi. B1+ Fonetika: fonetik o‘zgarishlarni orfoepik qoidalar nuqtai nazaridan tushuntira oladi, ohang va urg‘uning nutqdagi ahamiyatini, yozuv tamoyillarini izohlay oladi. Leksika: o‘zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyishi manbalarini tushuntira oladi. Grammatika: so‘z turkumlari, gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini tushunib, izohlay oladi. Nutqda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi. 2-§. Adabiyot fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) adabiyot fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1
boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Adabiyot fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+
Adabiyot fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Adabiyot fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Adabiyot fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+
Adabiyot fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Adabiyot fanini o‘rganishning umumiy darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Adabiyot fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari B1+
Adabiyot fanini o‘rganishning
Adabiyot fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida adabiyot fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish; o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat. umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida adabiyot fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish; yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda adabiyot fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Adabiyot fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish). A1 ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna oladi; ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq qo‘shiqlari, hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini qayta so‘zlab bera oladi; yozma va bosma harflarni, ular ifodalaydigan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladi; matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o‘qiy oladi; bir daqiqada 50 — 55 so‘zni o‘qiy oladi; monologik va dialogik nutqda o‘z fikrini aniq ifodalay oladi; o‘rganilgan mavzular doirasida 5-6 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi; maktab kutubxonasidan foydalana oladi; kichik hajmdagi 8 — 10 ta she’rni yoddan aytib bera oladi. A1+ bir daqiqada 55 — 60 so‘zni o‘qiy oladi; asar qahramonlari, tabiat tasviri haqida 7-8 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi; kichik hajmdagi 10 — 12 ta she’rni yoddan aytib bera oladi. A2 badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi; nasriy, she’riy, dramatik asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini tushuna oladi; badiiy asar syujetini qayta so‘zlab bera oladi; turli janr va hajmdagi 8 — 10 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi; adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni biladi va ushbu yo‘nalishlarda insho (5 — 7 sahifa) yoza oladi; adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy, publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi; maktab kutubxonasidan mustaqil foydalana oladi, turli janrdagi adabiyotlarni tanlab mutolaa qiladi, undagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi. A2+ Turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi; turli janr va hajmdagi 10 — 12 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi; badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini ijro eta oladi. B1 Badiiy ijod namunalari (nasriy, she’riy, dramatik asar)ni ifodali o‘qiy oladi, ularning ijtimoiy hamda badiiy-estetik mazmun-mohiyatini tushunadi, anglaydi va idrok eta oladi; badiiy asar syujetida aks etgan nutq tiplarini, tasvir, mulohazalarni o‘zgalarga tushuntirib bera oladi, tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi; shaxs sifatida adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri va tushunarli so‘zlay oladi, o‘z fikrini boshqalarga yetkaza oladi; xalq maqollari, matallari, aforizmlardan og‘zaki nutqda o‘rinli foydalana oladi; turli janr va hajmdagi 12 — 14 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi. B1+ o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarining janr xususiyatlarini ajrata oladi; musiqa va rang-tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qiladi va uni so‘z bilan ifodalay oladi; adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha, tasavvurlarni tushuntira oladi; turli janr va hajmdagi 14 — 18 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi. 2. Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi A1 matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi; xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni) farqlay oladi; o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi; asar qahramonlariga munosabat bildira oladi; o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi. A1+ mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi, asar qahramonlariga munosabat bildira oladi. A2 xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalarini (nasriy, she’riy, dramatik asar yoki ulardan olingan parchani) farqlaydi va tahlil qila oladi; badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topib, tahlilda foydalana oladi; asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi; badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi; asar qahramonlari xarakteriga xos bo‘lgan fazilatlar va xislatlarga munosabat bildiradi, baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi; xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi; musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z bilan ifodalab bera oladi. A2+ asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi; adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi. asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi. B1 badiiy ijod namunalarini (nasriy, she’riy, dramatik asarni) ifodali o‘qiydi, ularning ijtimoiy hamda badiiy-estetik mazmun-mohiyatini tushunadi, anglaydi va idrok etadi; badiiy asar syujetida aks etgan nutq tiplarini, tasvir, mulohazalarni o‘zgalarga tushuntirib beradi, tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildiradi; shaxs sifatida adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri va tushunarli so‘zlaydi, o‘z fikrini boshqalarga yetkaza oladi; xalq maqollari, matallari, aforizmlardan og‘zaki nutqda o‘rinli foydalanadi; she’riy matn yoki uning parchasini ifodali yod ayta oladi. B1+ o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini ifodali o‘qiydi, she’riy san’at turlari, janr xususiyatlarini ajrata oladi; musiqa va rang-tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qiladi va uni so‘z bilan ifodalay oladi; adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha, tasavvurlarini tushuntira oladi; asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi. 3-§. O‘zbek tili fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalari uchun) fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 O‘zbek tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+
O‘zbek tili fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 O‘zbek tili fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+ O‘zbek tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 O‘zbek tili fanini o‘rganishning umumiy darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari B1+ O‘zbek tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish; o‘zbek adabiyotining eng sara namunalari, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy hayoti, jahon madaniyatiga va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘zbek tili fani bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish; o‘quvchilarning o‘zbek tilida og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish; o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘zbek tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish): A1 sodda savollar va gaplar, suhbatlarni tinglab tushuna oladi; berilgan matnni (badiiy asardan parcha, she’r) o‘qib tushuna oladi; matn ( topishmoq, maqol, ertak, kichik hikoya, she’r) tarkibidagi yangi so‘zlar ma’nosini lug‘at yordamida tushuna oladi; sodda savollarga javob bera oladi, ma’lumot so‘ray oladi; o‘zi, oilasi, yashash joyi, do‘stlari, tanishlari haqida gapira oladi; mamlakatimiz ramzlari va bayramlari, an’analari haqida gapira oladi; audio-video vositalar yordamida eshittirilgan so‘zlar va gaplar ma’nosini tushunib, gapira oladi; topishmoq, tez aytish, ertak va kichik hikoyalarni o‘qib tushunadi, mazmunini so‘zlab bera oladi; o‘zbek tilida o‘zlashtirilgan 600 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi; o‘rganilgan mavzu doirasida o‘z fikrini 6 — 8 ta gap bilan izchil bayon qila oladi; so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi; o‘rganilgan so‘zlar va sodda gaplarni, tabriknoma, xat, so‘rovnoma ma’lumotlarini to‘g‘ri yoza oladi; 25 — 30 so‘zdan iborat diktant matnini husnixat talablari asosida yoza oladi. A1+ savollar va gaplarni, eshittirilgan qisqa matn, suhbat, qo‘shiq va she’rlarni tushuna oladi; so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi; xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan olingan hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab bera oladi, mavzu yuzasidan yoshiga mos tarzda qisqa taqdimot qila oladi. A2 audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik hayot mavzusidagi yangiliklarni tushuna oladi; o‘rganilgan mavzularda o‘zaro suhbatlasha oladi va bahslarda ishtirok eta oladi; suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) elementlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi va fikrga munosabat bildira oladi; suhbatdoshining gapini bo‘lish, suhbatga qo‘shilish va unga aniqlik kiritish, nutqini sekinlashtirishga undash vositalaridan foydalana oladi; ommabop materiallarni (gazeta, shaxsiy va elektron xatlar) o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlay oladi; o‘rganilgan matnlar asosida 1300 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi; matnni (badiiy asardan parcha, hikoya, xabar) bir daqiqada 70 — 75 so‘z tezligida o‘qiy oladi; 70 — 80 so‘zdan iborat matn asosida diktant; 90 — 100 so‘zli matn asosida bayon yoza oladi; 11 — 15 gap hajmida matn tuza oladi; ayrim ish qog‘ozlarini (ariza, tarjimai hol, e’lon, tushuntirish xatini) yoza oladi. A2+ ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisani, hikoya, ertak, matn mazmunini gapirib bera oladi, unga munosabat bildira oladi; o‘zbek tiliga xos nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi. B1 shaxsiy qiziqishlari va kasbiga oid axborot va ma’lumotlarni tinglab tushuna oladi; ijtimoiy va kasbga yo‘naltirilgan mavzulardagi ommabop suhbatlarni, bahs-munozaralarni tushuna oladi, erkin suhbatlasha oladi, o‘z rejalarini tushuntira oladi; bayoniy va tavsifiy matnlar tuza oladi, matnni kengaytirib, qisqartirib so‘zlab bera oladi; kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan va ko‘rilgan asar haqidagi taassuroti va unga munosabatini bayon qila oladi; o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan 1500 ta so‘zni va 50 dan ortiq iboralarni nutqida qo‘llay oladi; 90 — 100 so‘zdan iborat matn asosida diktant yoza oladi, 2 — 2,5 bet hajmida ijodiy matn tuza oladi. B1+ Kasbiy mavzularda taqdimot qila oladi, o‘qilgan asar va film haqidagi taassuroti va munosabatini bayon qila oladi; ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlar va boshqa yozma topshiriqlarni imlo qoidalari asosida to‘g‘ri yoza oladi; kasb-hunarga oid lug‘at minimumini, o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini, ma’nodosh, shakldosh, uslubiy bo‘yoqdor so‘zlarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi. 2. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyat): A1 o‘zbek tilining nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va husnixat talablari asosida yoza oladi; fikrni bayon qilish uchun zarur bo‘lgan sodda grammatik vositalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi; sodda gaplar tuza oladi. A1+ inkor, tasdiq va buyruqni ifodalovchi vositalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi; sodda matn tuza oladi. A2 o‘zbek tilidagi mustaqil so‘zlar, ularning yasalishi va morfologik shakllarini nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi; gaplarni ma’noli bo‘laklarga ajrata oladi; gaplarda tinish belgilarni to‘g‘ri qo‘llay oladi; grammatik atamalarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi; yasama (sodda, qo‘shma, juft) so‘zlar va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; so‘zlarning yozilishi, grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan bog‘liq imlo qoidalarini biladi va ularni nutqda qo‘llay oladi. A2+ kasb-hunarga oid leksikani og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi; o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi vositalarni nutqda qo‘llay oladi; sodda gaplar tarkibida uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay oladi. B1 kasb-hunarga oid lug‘at minimumi, o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi; murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni biladi; o‘zbek tilining so‘zlashuv, badiiy, ommabop, rasmiy nutq uslublarini biladi; ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlarni to‘g‘ri yoza oladi. B1+ Mutaxassislik sohasidagi matnlar va suhbatlar mazmunini, atamalar ma’nosini tushuna oladi; murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni farqlay oladi; mutaxassislikka oid mavzularda ma’ruzalar qila oladi; bitiruv malakaviy ishi va uning qisqa mazmunini yoza oladi. 4-§. Rus tili fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘rganish bosqichlari (ta’lim rus tilidan boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalari uchun) Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4- sinf bitiruvchilari A1 Rus tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+
kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Rus tili fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 sinf bitiruvchilari A2+
kuchaytirilgan tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Rus tili fanini o‘rganishning umumiy darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari B1+ Rus tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi Rus tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda rus tilida mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, rus tilida eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish; adabiyotning eng sara namunalari, jahon va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun rus tili fani bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish; o‘quvchilarning rus tilida og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish; o‘quvchilarning bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llash kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Rus tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Nutqiy kompetensiya A1 sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi; savol va ta’kidlovlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna oladi; sodda savollar tuza oladi va ularga javob bera oladi; yashash joyi, oilasi, do‘stlari va tanishlari haqida ma’lumot bera oladi; o‘zini tanishtira oladi, yoqtirgan va yoqtirmagan narsalari haqida so‘zlab bera oladi; tanish mavzularda qisqa xabar bera oladi; bir daqiqada 30 — 35 ta so‘zni ovoz chiqarib to‘g‘ri o‘qiy oladi; shaxsiy sodda xabarlarni yoza oladi; shaxsiy ma’lumotlar (ismi va otasining ismi, yashash manzili va hokazo) bilan sodda so‘rovnomani to‘ldira oladi; she’r va hikoyalar, qo‘shiqlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna oladi. A1+ xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan olingan hikoya, she’rlarni va ulardan berilgan parchalarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab bera oladi. A2 o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga bog‘liq bo‘lgan gap va iboralarni tushuna oladi; kerakli ma’lumotni tegishli manbalardan topa oladi; ommaviy axborot vositalarida chop etilgan qisqa xabar va kichik maqolalarni, rasmiy xatlarning asosiy turlarini, texnik qurilmalar, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hokazolardan foydalanish yuzasidan berilgan yo‘riqnomalarni tushuna oladi; sodda iboralar orqali narsa-buyumlar va o‘ziga tegishli narsalarni qiyoslay oladi; kommunikativ vaziyatlarda o‘zaro suhbatga kirisha oladi; sodda iboralar yordamida odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay oladi; kundalik turmushini, tarjimai holini yoza oladi. A2+ kundalik mavzulardagi muhim ma’lumotlarni tushuna oladi; turli ommaviy vaziyatlarda muloqotga kirisha oladi; oldindan rejalashtirilgan tanish mavzular yuzasidan qisqa muloqotga kirisha oladi; tadbir, voqea-hodisa haqida qisqa ma’lumotlar bera oladi; rejalar, tadbirlar, odatlar, maqsadlarni ifodalay oladi; faktlarga asoslangan matnlarda, masalan, broshyuralar, reklamalar, gazeta e’lonlaridan, veb- saytlardan kerakli ma’lumotlarni topa oladi; ba’zi notanish so‘zlarning ma’nosini matnga qarab aniqlay oladi; og‘zaki xabar yoza oladi. B1 ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarni tushuna oladi; kasbiy sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushuna oladi; asosiy rasmiy ish qog‘ozlarining turlarini biladi va ular haqida qisqacha axborot bera oladi. B1+ qisqa hajmli matnlarni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qila oladi; kundalik hayotiy faoliyatda va shaxsiy ehtiyojiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va veb-saytlardan topa oladi; kasbiy sohasi bo‘yicha qisqacha taqdimot tayyorlashni biladi. 2. Lingvistik kompetensiya A1 rus tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila oladi; muloqot vaziyatlarida mantiqiy urg‘u, intonatsiya modellarini farqlaydi, oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalana oladi; voqea va hodisalarni tasvirlashda, hikoyalarni bayon qilishda gaplarni to‘g‘ri ketma-ketlikda bog‘lay oladi; kommunikativ vaziyatlarda lug‘atlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalana oladi; baynalmilal so‘zlar va boshqa tildan olingan o‘zlashtirma so‘zlarni tushuna oladi va o‘z o‘rnida ishlata oladi. A1+ kommunikativ vaziyatlarda oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan foydalana oladi; fe’l shakllari va o‘rganilgan sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to‘g‘ri bog‘lay oladi, hikoyalar hamda voqealarni bayon qila oladi. A2 so‘z yasashning turli usullarini farqlay oladi; sodda bog‘lovchilar yordamida so‘z birikmalari va qo‘shma gaplarni bog‘lay oladi; fe’l shakllari va sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to‘g‘ri bog‘lay oladi, hikoyalar hamda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ta’riflay oladi. A2+ kommunikativ vaziyatlarda asosiy grammatik tuzilmalarni to‘g‘ri qo‘llay oladi. B1 so‘z tanlash tamoyillari va so‘z qo‘llash me’yorlarini biladi; kasb sohasiga oid so‘z, so‘z birikmalaridan o‘rinli foydalanib, hikoya qila oladi; badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy uslublarning asosiy xususiyatlarini biladi va matnda ularni ma’nolaridan aniqlay oladi. B1+ turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqotga kirisha oladi; o‘qilgan va tinglangan matn, ko‘rilgan rasm, tasvir asosida kichik hikoya tuzadi va bayon yoza oladi. 5-§. Tarix fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf bitiruvchilari A1 Tarix fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 5-sinf bitiruvchilari A1+ Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2 Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi (eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha) Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari A2+
Tarix fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 11-sinf bitiruvchilari B1 Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi. Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari B1+
Tarix fanini
Tarix fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash; o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish; o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari: o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish; ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish; o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat. Tarix fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi A1 tarixda yil hisobini biladi; tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi. A1+ tarixiy jarayonlarni ko‘rgazmali tushuntira oladi. A2 tarixda davr va yil hisobini biladi; tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi; O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; o‘zbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi; o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi; davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi; o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi; mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi. B1 tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi; O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi; o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi; davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi; mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi; jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi haqida ma’lumotlarni tushuntira oladi; tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi. B1+ O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi; voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi; davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi; tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi. 2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi A1 tarixiy illyustratsiyalar asosida hikoyalar tuza oladi; fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha materiallar (videofilm, slaydlar) yordamida tushuntira oladi. A2 eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi; qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi; tarixiy-badiiy asarlar, OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga tarixiy bilimlari asosida munosabat bildira oladi. B1 XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi; tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi; tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi. B1+ tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi; mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi; o‘z oilasining shajarasini tuza oladi. 6-§. Davlat va huquq asoslari fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida davlat va huquq asoslari fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumta’lim maktablarining 8-sinf bitiruvchilari A1 Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning tayanch darajasi Davlat va huquq asoslari fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2+
o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi Davlat va huquq asoslari fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1
Huquqshunoslik fanini o‘rganishning umumiy darajasi Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsadi: davlat va huquq asoslari fani o‘quvchilarga huquqiy bilimlar berish orqali ularda huquqiy ong va huquqiy tafakkurni shakllantirish; o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish; o‘quvchilarda tayanch huquqshunoslik faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir. Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish; o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat. Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi A1 Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi; huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi; axloq va huquq qoidalarini biladi; bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi tushunchalarning mazmunini bila oladi. A2 Jamiyat, davlat va huquqning paydo bo‘lishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida ma’lumot bera oladi; inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi; hokimiyat va uning bo‘linish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va uning asoslarini tushuntira oladi; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi; O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarning huquqlarini biladi; huquq sohalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi; huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi; kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi. A2+ huquq manbalarini biladi; voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tushuntira oladi; huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi. B1 jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi; xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi; davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi; tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi; o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi. 2. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi A1 axloq va huquq qoidalariga amal qiladi; fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlarini hurmat qiladi; huquqiy ko‘nikma hosil qiladi; huquqiy masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda kichik maishiy bitimlarni tuza oladi. A2 voyaga yetmaganlarga oid qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etadi; o‘quvchilarning ongi va tafakkurida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, burch va majburiyatlariga rioya qilish refleksi shakllanadi (kundalik faoliyatiga aylanadi); o‘z xatti-harakatlarini huquq talablariga moslashtiradi; qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila oladi; korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta oladi. A2+ huquqiy qoidalarni bajaradi, huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi; huquqiy voqea va hodisalarga munosabat bildirishda huquqiy madaniyatini namoyon eta oladi. B1 fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi; huquq manbalaridan foydalana oladi; o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi; huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi; korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi; jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi; huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi. 7-§. Iqtisodiy bilim asoslari fani Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari Ta’lim
darajasi Daraja nomlanishi Umumiy
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A1 Iqtisodiy bilim asoslarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv fanining maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish; ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng maqbul yechim topa olish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni shakllantirish; tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Iqtisodiy savodxonlik kompetensiyasi A1 asosiy iqtisodiy tushunchalarning mazmun va mohiyatini zarur vaziyatlarda bayon qilib bera oladi; iqtisodiyotga oid asosiy atamalarni hayotiy va ta’limiy vaziyatlarda o‘z o‘rnida, og‘zaki yoki yozma nutqda qo‘llay oladi; iqtisodiy hodisa va jarayonlarni shaxs va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan tahlil qila oladi; bozor iqtisodiyotining amal qilishi qonuniyatlarini tushuntira oladi; odatiy va noodatiy hayotiy va ta’limiy vaziyatlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga maqbul yechim topa oladi; asosiy milliy va xalqaro darajadagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda modellar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, iqtisodiy xaritalar kabi iqtisodiy tahlil vositalaridan o‘rinli foydalana oladi; iqtisodiy ta’limga oid bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi. 2. Iqtisodiy madaniyatga ega bo‘lish kompetensiyasi A1 o‘z ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarga maqbul ravishda egalik qiladi, ulardan samarali foydalanadi va tasarruf eta oladi; ijtimoiy ne’matlarga tejamkor va oqilona munosabatda bo‘ladi; iqtisodiy faoliyati jarayonida ekologiya va atrof muhit muhofazasiga ustuvor munosabatda bo‘ladi; iste’molchi huquqlari, burchlari va majburiyatlarini biladi va ularga amal qiladi; shaxsiy iqtisodiy manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlikda ro‘yobga chiqarish usul va vositalarini biladi; mavjud iqtisodiy va ta’limiy vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladi, eng maqbul yechim topa biladi; iqtisodiy munosabatlarga amaldagi qonunchilik doirasida kirisha oladi. 8-§. Matematika fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Matematika fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 Matematika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1+
Matematika fanini o‘rganishning
Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Matematika fanini o‘rganishning tayanch darajasi Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari A2+
Matematika fanini o‘rganishning
Umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Matematika fanini o‘rganishning umumiy darajasi Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari B1+
Matematika fanini o‘rganishning
Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish; jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash; inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish; o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish; fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat. Matematika o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya A1 berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi; sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi; sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi; tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi; obyektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi; sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi. A1+ arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi; bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi; sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi; elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi. A2 natural, butun va ratsional sonlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi; foizlar, proporsiyalar va kasrlarga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi; ifodalarning yig‘indisi, ko‘paytmasi, butun ko‘rsatkichli darajalar, sodda radikallar, sodda trigonometrik ifodalarni o‘z ichiga olgan formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblar hamda ayniy almashtirishlarni bajarib, amalda qo‘llay oladi; sodda ketma-ketliklar (jumladan, arifmetik va geometrik progressiyalar) va funksiyalarni taniy oladi hamda tahlil qila oladi; tekislikda figuralarning xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib masalalarni yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi; sodda fazoviy jismlarni va ularning tarkibiy qismlarini tasavvur qiladi, sharhlay oladi, sirtlarining yuzalari va hajmlarini tayyor formulalardan foydalanib hisoblay oladi; sodda kombinatorik masalalarni yecha oladi; amaliy vaziyatlarda hodisalarning ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlarini hisoblay oladi va baholay oladi. A2+ sonlarning bo‘linish munosabatiga, Dirixle va matematik induksiya prinsiplariga, juft-toqlikka oid nostandart masalalarni yecha oladi; ayniyatlarga, ko‘phadlarga, tenglamalar va tengsizliklarga oid nostandart masalalarni yecha oladi; uchburchaklar haqidagi klassik teoremalardan va murakkab bo‘lmagan yassi figuralar xossalaridan foydalanib geometrik masalalarni yecha oladi; graflarga, to‘plamlar, obyektlarning takrorsiz kombinatsiyalariga oid masalalarni yecha oladi; sodda amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan hodisalarning ehtimolliklarini topa oladi, ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlari bo‘yicha taqqoslay oladi; turli manbalardan ma’lumotlarni izlab topadi, dastlabki ishlov bera oladi. B1 kompleks sonlarni o‘z ichiga olgan sodda sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi; formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va ayniy almashtirishlarni bajara oladi; o‘rganilgan turlardagi tenglamalar va tengsizliklarni hamda ularning sistemalarini aniq va taqribiy yecha oladi; turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aniqlay oladi, elementar funksiyalar grafiklarini tasvirlay oladi; murakkab bo‘lmagan vaziyatlarda differensial va integral hisob usullaridan foydalana oladi; o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi, sodda geometrik tasdiqlarni isbotlay oladi; sodda tasodifiy hodisalarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi; mulohazalar va predikatlar hisobi, to‘plamlar nazariyasi, kombinatorikaga oid amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi. B1+ sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi; nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha oladi; sodda funksional va differensial tenglamalarni yecha oladi; o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha oladi; kombinatorikaga oid nostandart masalalarni yecha oladi; amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi; sodda amaliy vaziyatlarni graflar yordamida modellashtira oladi. 2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi) A1 ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi; zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi; o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi; matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi; mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi. A1+ o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi; o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi. A2 masalalar yechishda, nazariy tasdiqlarni asoslashda isbotlashning sodda ketma-ketligini tuza oladi, mulohazalarning mantiqiy to‘g‘riligini baholay oladi; o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar, algoritmlar, ma’lumotlar manbalarini va zarur hollarda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi; o‘rganilayotgan matematik vaziyatda bilishning asosiy usullaridan (masalan, klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish) foydalana oladi; masala yechimiga ijodiy yondasha oladi, yechimga yaqinlashish darajasini va olingan natijani baholay oladi hamda zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi; mustaqil ravishda o‘z bilimlarini oshiradi, yangi g‘oyalarni yaratadi va qabul qila oladi. A2+ nostandart matematik holatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya usullaridan foydalana oladi; qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera oladi. B1 murakkab bo‘lmagan hodisa va jarayonlarni matematik modellashtira oladi; o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv va amaliy masala yechishda qo‘llay oladi; standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi. B1+ nostandart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi. 9-§. Informatika va axborot texnologiyalari fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf bitiruvchilari A1 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf bitiruvchilari A1+
Informatika va axborot
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Informatika va axborot texnologiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+
Informatika va axborot texnologiya
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Informatika va axborot texnologiya fanini o‘rganishning umumiy darajasi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
B1+
Informatika va axborot texnologiya
darajasi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari fanini
o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari: o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish; kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olish; algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish; kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qulay olishga o‘rgatish; o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’limtarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi A1 informatika fani va uning rivojlanish tarixini biladi; kompyuterni to‘g‘ri ishga tushiradi va o‘chira oladi; kompyuterda ishlashda xavfsizlik qoidalari va gigiyena talablariga rioya etadi; kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalarini biladi, ulardan foydalana oladi; axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi; operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi. Sodda grafik muharriri va uning imkoniyatlarini biladi; izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi; matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi, izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi; matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi, amalda qo‘llay oladi. A1+ axborotlarni kodlashga doir sodda misollar keltira oladi, amaliy mashqlarni bajara oladi; kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari hamda ularning vazifalarini biladi, ulardan foydalana oladi; matn protsessorining sahifada ustunlar, gipermurojaat, kolontitul, ekranni suratga olish kabi imkoniyatlarini amalda qo‘llay oladi. A2 axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi; axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi; kompyuter texnikasi va vositalarining rivojlanish tarixi, taraqqiyot davrlari va avlodlarini biladi; axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘ladi; elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi; internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; taqdimot tayyorlash va loyihalashni biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi; kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi; turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi; elektron jadvallarda turli axborotlarni saqlay oladi. A2+ axborotlarni kodlash va dekodlashga oid amallarni bajara oladi; axborot o‘lchov birliklariga oid masalalarni hal eta oladi; kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi; turli sanoq tizimlarida amaliy masalalar yecha oladi. B1 axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi; axborotlarni arxivlash dasturlari imkoniyatlarini biladi, amaliyotda qo‘llay oladi; axborotlashgan jamiyat, axborot sistemalari haqida tasavvurga ega bo‘ladi; multimedia tizimlari haqida bilimga ega bo‘ladi, amaliyotda qo‘llay oladi; grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari, kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega bo‘ladi; tasvirlarni grafik uskunalar yordamida to‘plashni biladi, amaliyotda qo‘llay oladi; ma’lumotlar omborini yaratish va boshqarishda qo‘llaniladigan dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi; kasbiy sohalarda qo‘llaniladigan amaliy dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi. B1+ axborotga oid modellar, texnik vositalar va axborot resurslari haqida misollar keltira oladi; zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifini biladi; o‘zining sohasiga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar imkoniyatlari haqida bilimga ega bo‘ladi va ulardan foydalana oladi. 2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi A1 sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi; grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi; matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi; matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritish, tahrir qilish va saqlashni bajara oladi; matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtirish va formatlashni biladi; matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi. A1+ sodda grafik muharriri yordamida murakkab bo‘lmagan rasm va tasvirlar chiza oladi, ular ustida grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi; matn protsessorida sahifaga ustunlar, gipermurojaat, diagramma, kolontitul, yozuv, ekran suratini joylashtira oladi, ularni tahrir qilish va formatlash imkoniyatlarini qo‘llay oladi. A2 operatsion tizim yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi; elektron jadvallarda elektron jadval imkoniyatlaridan foydalanib hujjatlar hosil qila oladi; elektron jadval elementlari ustida formatlash amallarini bajara oladi; elektron jadvallarda ma’lumotlar ombori va diagrammalar hosil qilib, turli amallarni bajara oladi; elektron jadvallar funksiyalaridan foydalanib sodda hisoblashlarni bajara oladi; axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi; kompyuterda masalalar yechish bosqichlariga oid sodda amaliy masalalarni hal eta oladi; turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi; dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir sodda dasturlar tuza oladi; media-savodxonlik bilimiga ega bo‘ladi; elektron pochta, Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi; web-sahifa ko‘rinishida sodda axborot resurslarini tayyorlay oladi. A2+ elektron jadval funksiyalaridan foydalanib matematik, fizik va iqtisodiy yo‘nalishlarda hisoblashni va mantiqiy masalalarni hal eta oladi; tarkibiy web-sahifa ko‘rinishida axborot resurslarini tayyorlay oladi; dasturlash texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanib sodda dasturiy ta’minot hosil qila oladi. B1 Kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi; turli mavzularda multimedia imkoniyatlari qo‘llab, taqdimotlarni mustaqil ravishda tayyorlay oladi; rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi; turli ko‘rinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi; ommaviy, ta’limiy axborot resurslaridan foydalana oladi, ularni kerakli ko‘rinishga keltirish uchun qayta ishlashga oid amallarni bajara oladi; kompyuter viruslari va axborot xavfsizligi muammolarini hal eta oladi; web-sayt ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlay oladi; maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va so‘rovlar hosil qila oladi va hisobotlar tayyorlay oladi; turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi; obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi. B1+ rastrli va vektorli grafik muharrir yordamida tasvirlarni qayta ishlay oladi; maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori, so‘rovlar va shakllar hosil qila oladi, hisobotlar va sodda makroslar tayyorlay oladi; amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalanib multimediali resurs tayyorlay oladi. 3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi A1 axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi. A1+ maxsus dastur yoki usul yordamida lokal tarmoq orqali turli shaklda saqlangan axborotlarni uzata oladi. A2 axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi; elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi; axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, media-savodxonlik talablariga rioya qiladi. A2+ axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini kichraytirish imkoniyatlaridan foydalana oladi. B1 axborotni uzatishning eng samarali usullarini amalda qo‘llay oladi; axborot uzatishda Internet va uning xizmatlaridan samarali foydalana oladi; axborot xavfsizligini ta’minlaydigan usullardan foydalanib axborot uzata oladi; matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni pochta orqali uzata oladi. B1+ axborot almashishning dasturiy ta’minotini sozlash asosida elektron tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalana oladi; matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi sifatida saytga joylashtira oladi. 10-§. Fizika, Astronomiya fani Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari A1 Fizika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari A1+
Fizika fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Fizika fanini o‘rganishning tayanch darajasi Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2+
Fizika fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Fizika, astronomiya fanlarini o‘rganishning umumiy darajasi Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1+
Fizika, astronomiya fanlarini
maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: fizika ta’limining fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va hayotda tutgan o‘rni haqida mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘zini o‘zi anglash salohiyatini tarkib toptirish, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatish; o‘quvchilarda tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish; o‘quvchilarning olamning fizik manzarasiga oid dunyoqarashini kengaytirish bilan amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda fizik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘qitishning vazifalari: o‘quvchilarda atrof olamni o‘rganishga ishonch tuyg‘ularni hosil qilish, tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, fizik hodisalarni o‘rganishda asboblardan to‘g‘ri foydalana olish, fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish, fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish, kelajakda insoniyatni fan va texnologiyalar yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanishda fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan iborat. Fizika, astronomiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi A1 fizik jarayon va hodisalarni kuzata oladi, ularning mohiyati haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi; mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, tovush hodisalari va oddiy mexanizmlarga oid dastlabki tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlarni, bog‘lanish formulalarini biladi va ulardan masalalar yechishda foydalana oladi. A1+ fizik jarayon va hodisalarni ongli ravishda kuzata oladi, ularning mohiyatini tushuntirib bera oladi; fizik hodisalarga oid tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklarini, qonuniyatlarni, bog‘lanish formulalarini biladi, amaliyotda qo‘llay oladi va ulardan kundalik turmushda foydalana oladi. A2 kuzatish natijalarini umumlashtirishda va bayon qilishda tegishli fizik kattaliklardan foydalana oladi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini matematik ifodalar ko‘rinishida yozadi va tushuntirib bera oladi; mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, optika, atom va yadro fizikasi asoslariga oid tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlari, bog‘lanish formulalarini biladi va amaliyotda foydalana oladi va ulardan kundalik turmushda foydalana oladi. A2+ kuzatish natijalarini umumlashtirib, ularning o‘zaro bog‘liqligini matematik ifodalar ko‘rinishida yoza oladi va xulosa chiqara oladi; fizik qonuniyatlar va ularning bog‘lanish formulalari asosida amaliy tusdagi va muammoli masalalarni yecha oladi. B1 fizik va astronomik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (SI)ni, matematik ifodalarini mantiqiy bog‘liq holda tushunadi va tushuntira oladi; mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, tebranishlar va to‘lqinlar, optika, atom va yadro fizikasi asoslariga oid kengaytirilgan asosiy tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar, bog‘lanish formulalarni biladi va ularni amaliyotda qo‘llay oladi. astronomik obyektlarning ko‘rinma harakatlarini kuzata oladi, olgan bilimlarini tushuntira oladi; olam tuzilishining geliotsentrik tizimi bo‘yicha Quyosh tizimining tuzilishini bayon qila oladi; osmon jismlarini o‘rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni hamda ularning ahamiyatini tushunadi va tushuntirib bera oladi. B1+ fizik va astronomik kattaliklarning Xalqaro birliklar tizimi (SI)ni, matematik ifodalarini mantiqiy bog‘liq holda tushunadi va tushuntira oladi. Olingan nazariy va amaliy bilimlardan fan, texnika va kundalik turmushda foydalana oladi. Fizik qonun, qoida va qonuniyatlarning matematik ifodasini bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkaza oladi va tushuntirib bera oladi. fizika bo‘limlariga oid kengaytirilgan asosiy tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlarini ta’lim yo‘nalishlari (klassifikatsiyasi) bo‘yicha amaliyotda qo‘llay oladi. astronomik obyektlarning ko‘rinma harakatlarini kuzatadi, tahlil qiladi va olgan bilimlarini tushuntira oladi; olam tuzilishining geliotsentrik tizimi bo‘yicha Quyosh tizimining tuzilishini bayon qila oladi; osmon jismlari, ularning ko‘rinma harakatini o‘rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni hamda ularning ahamiyatini tushunadi va tushuntirib bera oladi. Tegishli qonunlarga doir masalalarni yecha oladi. 2. Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi A1 amaliy topshiriqlarni bajaradi, tegishli fizik kattaliklarni o‘lchaydi, natijalarini jadval ko‘rinishda yozadi va xulosalar chiqara oladi; fizik tushuncha va kattaliklar birliklarini biladi va mazkur kattalikni boshqa kattaliklar bilan formulalar orqali bog‘lay oladi. A1+ tajriba o‘tkaza oladi, tegishli fizik kattaliklarni o‘lchaydi, natijalarini umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi; fizik kattaliklarni bir xil tizimga keltirishni biladi, kattaliklarni formulalar orqali bog‘laydi hamda tushuntirib bera oladi. A2 laboratoriya tajribalarini o‘tkazadi, natijalarini jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlaydi, xulosalar chiqara oladi; fizik kattaliklarni bir xil tizimga keltirishni biladi; fizik kattaliklarni o‘lchashdagi xatoliklarni hisoblay oladi. A2+ bevosita aniqlanadigan kattaliklarni fizik asboblar vositasida o‘lchay oladi va bilvosita aniqlanadigan fizik kattaliklarni va ularni o‘lchashdagi xatoliklarni hisoblay oladi. B1 mustaqil ravishda tajriba o‘tkaza oladi va olingan natijalarni solishtiradi, natijalarini jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlay oladi, tegishli xulosalar chiqara oladi; fizik kattaliklarni aniqlash usullarini biladi. oyni kuzatish orqali uning sirt obyektlari (tog‘lar, dengizlar va kraterlar) haqida bilimlarga ega bo‘ladi; planetalarning koinot apparatlari yordamida olingan suratlari orqali ularning sirt obyektlari haqida xulosalar bera oladi. Nazariy bilimlar asosida osmon jismlarigacha bo‘lgan masofa, ularning o‘lchami va massasini hisoblashga doir masalalar yecha oladi. B1+ mustaqil ravishda tajriba qurilmalarini yig‘adi, tajriba o‘tkaza oladi va olingan natijalarni solishtira oladi, tahlil qila oladi; natijalarni jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlay oladi va tegishli xulosalar chiqara oladi; fizik kattaliklarni aniqlash usullarini biladi. Fizik kattaliklarning bevosita o‘lchangan va bilvosita hisoblab topilgan qiymatlarini solishtira oladi, o‘lchash va hisoblash xatoliklarini aniqlay oladi; fizik kattaliklarni o‘lchovchi asboblarning ishlash prinsipini biladi; tadqiqotchilik xususiyatlarini namoyon qila oladi. Osmon jismlarini kuzatish orqali ularning sirt obyektlari haqida bilimlarga ega bo‘ladi; osmon jismlarining koinot apparatlari yordamida olingan suratlari orqali ularning sirt obyektlari haqida xulosalar bera oladi. 3.Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi A1 fizik tushunchalar, qoidalar, qonunlar va formulalardan foydalanib sodda masalalarni yecha oladi; o‘lchov asboblari va jihozlardan (sekundomer, shtangensirkul, tarozi, menzurka, dinamometr, termometr, barometr, manometr va shu kabilardan) foydalana oladi, fizik asboblar bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi. A1+
fizik o‘lchov asboblaridan amaliyotda va kundalik turmushda foydalana oladi. A2 fizik qonunlar va formulalardan foydalanib amaliy va sifatga doir masalalar yecha oladi; o‘lchov asboblari va jihozlardan (psixrometr, elektrometr, ampermetr, voltmetr, ommetr, mikrofon, lupa, ko‘zoynak va shu kabilardan) foydalana oladi, fizik asboblar bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi. A2+ fizik qonuniyatlardan, o‘lchov asboblari va jihozlardan amaliyotda, texnika hamda hayotiy faoliyatda foydalana oladi; fizika asboblarining o‘lchash xatoligini baholay oladi. B1 fizika fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalarga tatbiq eta oladi; fanga oid oddiy darajadagi masalalarni yecha oladi. o‘lchov asboblari, jihozlari va o‘quv vositalaridan (elektron tarozi, aneroid-barometr, lyuksmetr, Geyger hisoblagichi, tribometr, kalorimetr, Uitson ko‘prigi, tovush generatori, Tomson g‘altagi, spektroskop, difraksion panjara, lazer qurilmasi, yorug‘lik manbalari, fotodiod, fotorele, fotorezistorlar, kompyuter, videoproyektor va shu kabilardan) foydalana oladi, asboblarning o‘lchash xatoligini baholay oladi, fizik asboblar bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi. Astronomik kuzatish asboblari (teleskop, durbin) tuzilishini biladi va ulardan foydalana oladi; katta va kichik ayiq yulduzlariga tayanib olam qutbini topa oladi; olam qutbiga ko‘ra ufqning tomonlarini aniqlay oladi; joyning geografik kengligini bilgan holda osmon jismlarining balandligini aniqlay oladi. B1+ fizika fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalariga tatbiq eta oladi; fanga oid o‘rtacha darajadagi masalalarni yecha oladi. o‘lchov asboblari, jihozlari va o‘quv vositalaridan (elektron tarozi, aneroid-barometr, lyuksmetr, Geyger hisoblagichi, tribometr, kalorimetr, Uitson ko‘prigi, tovush generatori, Tomson g‘altagi, spektroskop, difraksion panjara, lazer qurilmasi, yorug‘lik manbalari, fotodiod, fotorele, fotorezistorlar, kompyuter, videoproyektor va shu kabilardan) foydalana oladi, asboblarning o‘lchash chegarasi va xatoligini baholay oladi, fizik jihozlarning ishlash prinsipini tushuntirib bera oladi, fizika asboblari bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi. Astronomik kuzatish asboblari (teleskop, durbin) tuzilishini, ishlash prinsipini biladi va ulardan foydalana oladi; Osmon jismlari joylashuviga ko‘ra olam qutbini topa oladi; olam qutbiga ko‘ra ufqning tomonlarini aniqlay oladi; joyning geografik kengligini bilgan holda osmon jismlarining balandligini aniqlay oladi. 11-§. Kimyo fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf bitiruvchilari A1 Kimyo fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Kimyo o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf bitiruvchilari A1+
Kimyo fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Kimyo fanini o‘rganishning tayanch darajasi Kimyo o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2+ Kimyo fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Kimyo fanini o‘rganishning umumiy darajasi Kimyo o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1+
Kimyo fanini o‘rganishning
malaka talablari 1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi A1 kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi; modda, uning tuzilishi, tarkibi va ayrim xossalarini biladi; kimyoviy element, valentlik, formula, reaksiya turlarini tuza biladi va tushuntira oladi; kimyoviy qonuniyatlar, atom-molekulyar ta’limot haqidagi dastlabki bilimlarni tushuntira oladi; eng muhim anorganik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi; uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini biladi va unga amal qiladi. A1+ turli moddalar hajmi, massasi, formulasini topishni, mavzu doirasida tajribalar bajarishni, masalalar yechishni biladi. A2 kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadval, kimyoviy bog‘lanish turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dissotsiyalanish va ion almashinish reaksiyalarini biladi va tushuntira oladi; metall, metallmaslarning ayrim vakillarining xossalari, olinishi va qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi; organik birikmalar haqida umumiy tushunchalarga ega, ularning ahamiyati, ishlatilish sohalari haqida biladi va tushuntira oladi; nazariy bilimlar asosida masalalarni yecha oladi va tegishli laboratoriya tajribalarini bajara oladi; buyuk allomalar hamda jahon kimyogar olimlarining kimyo sohasi rivojiga qo‘shgan hissalari haqida biladi va tushuntira oladi. A2+ anorganik moddalar orasidagi bog‘lanish, reaksiyaning oxirigacha borish shartlarini biladi va tushuntira oladi. B1 umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi; organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi; B1+ kolloid va dag‘al dispers sistemalar, eritmalarning konsentratsiyalarga bog‘liqligi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari (molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya va sinproporsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni yarim reaksiyalar usuli va kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi; elektroliz qonunlari, PN va PONni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti bo‘yicha masalalar yecha oladi; organik va anorganik moddalar, ular orasidagi farqni, ularning xossalari molekulyar tuzilishiga bog‘liqligini tushuntira oladi. 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi: A1 kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi; kimyoviy jarayon va hodisalarni kimyoga tegishli terminlar asosida ifodalay oladi; kimyoviy reaksiya turlari nomlari, ularga oid tenglamalarni yoza oladi. A1+ molyar massa, molyar hajm, Avogadro soni o‘rtasidagi bog‘liqlikni formulalar asosida tushuntiradi va yozma ifodalay oladi. A2 kichik va katta davr elementlarini, kimyoviy bog‘lanish turlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi; kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiyalanishini, ion almashinish tenglamalarini yoza oladi. A2+ atomda elektronlarning pog‘onachalar bo‘yicha joylashishini va davriy qonunni tushuntira oladi; modda kristall panjaralari va ularning bir-biridan farqini izohlay oladi. B1 organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari, izomerlarining travial, IYuPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi; organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi; moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi. B1+ atomlarning tuzilishidagi, reaksiyalarning mexanizmiga ko‘ra farqlarini ifodalay oladi; organik birikmalar sinflarini formulalari orqali boshqa birikmalardan ajrata oladi, ularning kimyoviy xossalarini, laboratoriya sharoitida va sanoatda olish usullarini tushuntira oladi. 3. Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi: A1 kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi; maktab laboratoriya jihozlari bilan ishlash xavfsizlik qoidalarini biladi va ularga amal qiladi. A1+ eritmalar bobi mavzulariga, kimyoviy elementlar va moddalarning ekvivalentini topishga doir masalalarni yecha oladi; o‘rganilgan mavzular asosidagi laboratoriya tajribalarini bajara oladi; eritmalardan kundalik turmushda hayotiy faoliyatda foydalana oladi; A2 anorganik birikmalarning kimyoviy xossalariga oid sodda turdagi masalalarni yecha oladi; O’zbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ular haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi va ishlab chiqarish jarayonlari, moddalardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi; organik birikmalar namunalari to‘plami asosidagi turli organik mahsulotlar haqida tushunchaga ega; kimyoviy qonuniyatlar asosida o‘rganilganlaridan kundalik turmushda, hayotiy faoliyatda foydalana oladi. A2+ eritma turlari va ularni tayyorlash tajribalarini amalda bajara oladi; kimyoviy bog‘lanish va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, element, birikmalarning xossalariga oid masalalarni yecha oladi. B1 organik va umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, organik birikmalarning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, ularni olish va xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini bajara oladi; kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi; kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi. B1+ tajribalarni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi; amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarni bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar yoza oladi; organik birikmalardagi kimyoviy bog‘lanishning elektron nazariyasi, alkanlarda almashinish reaksiyasining radikal mexanizmi, galogenlash reaksiyasining energetik balansi, nukleofil reaksiyalar mexanizmi, sikloalkanlar, alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar, aromatik uglevodorodlar, uglevodlar, yuqori molekulali birikmalar mavzulari asosida turli murakkablikdagi masalalarni yecha oladi; kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi. 12-§. Biologiya Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf bitiruvchilari A1 Biologiya fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining biologiya fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf bitiruvchilari A1+
Biologiya fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Biologiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining biologiya fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+
Biologiya fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Biologiya fanini o‘rganishning umumiy darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining biologiya fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari B1+
Biologiya fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning vazifalari: asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish; tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari haqida ma’lumot berish; organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish; o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish; biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish; tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish; biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Biologiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Biologik obyektlari tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi A1 tabiiy obyektlari taniydi (hujayra, o‘simlik, hayvon, zamburug‘ va bakteriyalar, odam organizmi, tirik organizmlarning tuzilish darajalari), ularning tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni anglaydi, biologik jarayonlar modda va energiya almashinuvi, oziqlanish, nafas olish, ayirish, ta’sirlanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, hayotiy jarayonlarning boshqarilishi mohiyatini yorita oladi, qiyoslaydi, umumiy va farqli jihatlarini aniqlay oladi. A1+ tirik organizmlarning xilma-xilligini biladi, ularga xos belgilarni tasavvur qila oladi, organizmlarga xos belgilarni qiyoslay oladi, umumiy va farqli jihatlarini tushuntirib bera oladi. A2 atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonunlarning mazmun-mohiyatini biladi va tasniflay oladi, mavzular yuzasidan vujudga kelgan muammolarini anglay oladi, muammoni hal etish maqsadida g‘oyalarni ilgari sura oladi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qila oladi, umumlashtirib, muammoni hal etish yuzasidan xulosalar chiqara oladi. biologik axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi. A2+
va mashqlar yecha oladi va ularni amalda qo‘llay oladi. B1 biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi; biologik obyekt, hodisa, jarayonlar (tur — asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyutsiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi. tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq to‘ri, biosfera — global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi; axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi. B1+ tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi. 2. Biologik obyektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi A1 maktab tajriba maydonida va sinf xonalarida o‘stirilayotgan o‘simliklarni taniydi, maktabning tirik burchagidagi va tabiatdagi hayvonlarni kuzata oladi. Tajriba maydonlarida o‘stirilayotgan o‘simliklarda tajribalar o‘tkaza oladi va xulosalar chiqara oladi. Biologiya xonasida mavjud didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari bilan ishlay oladi, vaqtinchalik preparat tayyorlay oladi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni biladi. A1+ maktab tajriba maydonida o‘stirilayotgan o‘simliklar va uning organlaridan gerbariy tayyorlay oladi, umurtqasiz hayvonlardan kolleksiyalar to‘plash yo‘llarini biladi va ularni izohlay oladi, tayyorlangan kolleksiyalarni tushuntira oladi va xulosalar chiqara oladi. A2 biologik obyektlarda boradigan jarayonlar, tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tajriba va kuzatishlarni aniq maqsad va reja asosida olib boradi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, olingan natijalarni tahlil qila oladi, umumlashtiradi, xulosa qila oladi. A2+ tabiatda organizmlarning moslanishi va tarqalishi yuzasidan olib borilgan kuzatishlar asosida ularni himoya qilish yo‘llarini biladi va tushuntira oladi. B1 atrof muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi; didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi. B1+ biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi. 3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya A1 tabiatda o‘zini tutishning asosiy qoidalari va sog‘lom turmush tarzi asoslarini biladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash qoidalarini biladi va o‘z organizmini nazorat qila oladi. A1+ salomatlikni asrash va tabiatda o‘zini tutishning asosiy qoidalarini, organizmni chiniqtirish yo‘llarini biladi va unga amal qila oladi. A2 odamda uchraydigan irsiy kasalliklar va ularning oldini olish haqidagi ma’lumotlarni biladi; yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish maqsadida gigiyenik va ratsional ovqatlanish qoidalarini, organizmlarda parazitlik qiladigan hayvonlarning rivojlanish siklini o‘zlashtirgan holda ularga qarshi kurash usullarini biladi, yuqtirmaslik chora-tadbirlarini qo‘llay oladi, zaharli o‘simliklar va oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini ola oladi, turli omillar va hayvonlar tomonidan jarohatlanganda, shamollaganda, kuyganda, oftob va sovuq urganda, suyak va paylar shikastlanganda, suvga cho‘kkanda birinchi yordam ko‘rsatish usullarini qo‘llay oladi; kun tartibiga rioya qiladi, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirish yo‘llarini tushunadi, inson salomatligiga ekologik omillarning ijobiy va salbiy ta’sirini, zararli odatlarning oqibatlarini tahlil qilib izohlay oladi; ta’lim muassasasi va mahallalarda obodonlashtirish borasida olib boriladigan ijtimoiy foydali tadbirlarda faol qatnashadi, biologiya xonasi va tirik tabiat burchagida xona o‘simliklarini, maktab tajriba yer maydonchasida madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarini parvarishlaydi va ko‘paytirishni bajara oladi; tabiat va boshqa insonlar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi, tabiat go‘zalliklari va biologik obyektlarini estetik jihatdan baholay oladi. A2+ ekologik omillarning tabiatga va inson salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini izohlaydi va ularni o‘zgalarga tushuntira oladi. B1 sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi; ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi; tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi. B1+ tabiat — inson — jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi; sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi. 13-§. Tabiatshunoslik va geografiya fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik va geografiya fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 Tabiiyot fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Tabiiyot fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf bitiruvchilari A1+
Tabiiyot fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Geografiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi Geografiya fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2+
Geografiya fanini o‘rganishning
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Amaliy geografiya fanini o‘rganishning umumiy darajasi Geografiya fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1+
Amaliy geografiya fanini
maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat; jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish; o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat. Tabiatshunoslik va geografiya fanidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari Tabiatshunoslik va geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari: 1. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A1 quyosh tizimidagi sayyoralarning nomlarini ayta oladi; yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va ayta oladi; tun va kun, yil fasllari almashinishini kuzatadi va aytib bera oladi; kundalik hayotda ob-havoning o‘zgarishini mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi, termometr yordamida havo haroratini o‘lchay oladi; ufq tomonlarini kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; O‘zbekiston Respublikasi va uning viloyatlari tabiati haqida biladi va ayta oladi. A1+ Yer yuzi tabiatining vaqt davomida o‘zgarishi va rivojlanishi haqida biladi va ayta oladi. A2 Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini anglaydi, tushunadi va tushuntira oladi; tabiiy hodisa va jarayonlarni kundalik hayotda turli asboblar (kompas, termometr, barometr, flyuger va b.) yordamida o‘lchash va aniqlashni bajara oladi; materiklar, okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif bera oladi, ularning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi va o‘zaro taqqoslay oladi; yer yuzi tabiatining xilma-xilligini keltirib chiqaruvchi asosiy geografik omil va qonuniyatlarni biladi, anglaydi, misollar bilan izohlay oladi; jahon xo‘jaligi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari va viloyatlari, O‘zbekistonga yaqin joylashgan mamlakatlarga kompleks iqtisodiy- geografik tavsif bera oladi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taqqoslay oladi; aholi va ishlab chiqarishning joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi; aholi dinamikasi va tarkibi, zamonaviy demografik jarayonlar, urbanizatsiya va aholi migratsiyasining mohiyatini tushunadi va tahlil qila oladi; dunyoning siyosiy xaritasi, uning tuzilishini tushunadi va tushuntira oladi; geografik bilimlar asosida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarga doir amaliy topshiriqlarni yecha oladi. A2+ Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlarida kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini biladi, tushunadi, tushuntira oladi va misollar bilan o‘z o‘lkasi tabiatida namoyon bo‘lish holatlarini tavsiflay oladi; tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarning turli o‘lcham va kattaliklarini (harorat, yog‘in miqdori, aholi soni va hokazolarni) tasvirlovchi grafiklarni tuza oladi; statistik ma’lumotlardan foydalanib, jadval va diagrammalarni tuza oladi va ularni tahlil qila oladi; turli ma’lumot manbalaridan foydalangan holda hududlarning kompleks tavsifini mustaqil ravishda tuza oladi; ishlab chiqarish tarmoq va korxonalarini hududiy tashkil etish omil va qonuniyatlarini ayta oladi, alohida tarmoq yoki korxonalar misolida ularni izohlay oladi. B1 Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi; geografik qobiqning asosiy qonuniyatlari — bir butunlik, modda va energiya almashinuvi, ritmiklik, zonallik, azonallik, balandlik mintaqalanishini biladi; globallashuv ta’sirida jahon xo‘jaligi, dunyoning geosiyosiy tuzilishida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni biladi va tahlil qiladi, ularni misollar bilan izohlay oladi; insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi; jahonning yirik mintaqalari va turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi geografik omillarni tushunadi va tushuntiradi; Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning zamonaviy geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rnini biladi. B1+ hozirgi zamonning dolzarb muammolari — suv, energetika, oziq-ovqat, xom ashyo muammolarining mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi, ularning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishlarini misollar bilan izohlay oladi; O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida amalga oshirayotgan islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar, mintaqaviy siyosatning hududlar, jumladan o‘zi yashaydigan joydagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’sirini biladi. 2. Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi: A1 O‘zi yashaydigan joy (mahalla, qishloq, tuman, shahar) nomlarini biladi, u yerdagi geografik obyektlaring (tog‘, tekislik, suv havzalari va boshqalarning) nomlanishini og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri qo‘llay oladi; O‘zbekistondagi viloyat va shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi. A1+
A2 Materiklar, qit’alar va okeanlarning o‘rganilish tarixi va uning geografik obyektlar nomlarida aks etganligini ayta oladi; tabiiy geografik o‘lkalar, davlatlar, poytaxt va yirik shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi; geografik obyektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, o‘zi yashaydigan joy (hudud)ning toponimikasini ayta oladi. A2+ davlatlar, ularning poytaxti va yirik shaharlari, O‘zbekistondagi ayrim tuman va shaharlar, tabiiy geografik obyektlaring tarixda turli nomlanganligini, geografik obyektlaring qayta nomlanish holatlarini misollar bilan izohlay oladi; geografik xaritalarda shahar, shaharcha va qishloqlarning yozilish qoidalaridagi farqini ayta oladi va amaliyotda qo‘llaydi. B1 dunyoning tabiiy va geosiyosiy mintaqalarning nomlarini izohlay oladi, bir-biriga yaqin geografik nomlarning (Lotin Amerika va Markaziy Amerika, O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo va hokazolarning) o‘zaro farqini ayta oladi. B1+ davlatlar, mintaqalar, shaharlar va boshqa obyektlaring nomlari tarixiy, madaniy va siyosiy mazmun-mohiyatga ega ekanligini biladi. 3. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: A1 globus, dunyoning yarim sharlari xaritasi, O‘zbekiston tabiiy va siyosiy xaritalaridan geografik obyektlaring joylashgan o‘rnini ko‘rsata oladi; O‘zbekistonning tabiiy xaritasidan o‘zi yashaydigan hududni, mamlakatimizdagi eng baland tog‘lar, tekisliklar, daryolar va boshqa geografik obyektlari ko‘rsata oladi. A1+ globus va geografik xaritalarning masshtablari yordamida geografik obyektlaring o‘lchamlarini hisoblab chiqara oladi. A2 globus va geografik xaritalar, o‘quv atlaslari masshtabi, daraja to‘ri (meridian va parallellar) yordamida geografik obyektlaring joylashgan o‘rni va geografik koordinatalarini hamda o‘lchamlarini aniqlay oladi; joy tuzilishi va topografik xaritalardan milliy iqtisodiyotning turli sohalarida, joylarda yo‘nalish olish, relyefni o‘rganish maqsadlarida foydalana oladi; mavzuli tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar yordamida hududlarning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi va xo‘jaligini tavsiflay oladi; o‘quv atlasi yordamida yozuvsiz xaritalarga materiklar va okeanlar, davlatlarning siyosiy, tabiiy (iqlim, tabiat zonalari va b.), iqtisodiy-ijtimoiy (sanoat, qishloq xo‘jaligi va b.) xaritalarini tushira oladi. A2+ xaritalarda qo‘shimcha ma’lumot sifatida berilgan jadval, diagramma va grafiklar bilan ishlay oladi; kartografik andozalarni meridian va parallellarning ko‘rinishidan ajrata oladi; geografik xaritalardan foydalanib hududlarning kompleks geografik profillarini tuza oladi. B1 geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalari, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif beradi va qiyosiy tahlil qila oladi. B1+ mavzuli xaritalar asosida ma’lum bir hududlarning tabiati, aholisi va xo‘jaligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlay oladi. 4. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: A1
obyektlari, ularni muhofaza qilish haqida aytib bera oladi; tevarak atrofdagi tabiiy muhitni (suv, havo, tuproqni) asrab, ulardan tejamkorlik bilan foydalana oladi. A1+ Mamlakatimizning cho‘l, vodiy-voha, adir, tog‘, yaylov mintaqalarida tabiatni muhofaza qilish haqida biladi va aytib bera oladi. A2 Tabiatdan oqilona foydalanish, insonning tabiatga ta’siri, global va mintaqaviy ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini biladi va misollar bilan tushuntira oladi; tabiiy resurslarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ayta oladi; materiklar, turli mamlakatlar, O‘zbekiston Respublikasidagi muhofaza etiladigan hududlar, ularning turlari, hududiy joylashuvi va amaliy ahamiyatini ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi. A2+ Turli tabiiy resurslarning hududiy tarqalish qonuniyatlari haqida ayta oladi va ularni misollar bilan izohlay oladi. B1 Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi dolzarb ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqishi omillarini tahlil qila oladi; O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqishi omillarini biladi, mintaqadagi yagona ekologik muhit, transchegaraviy ekologik muammolar mohiyatini tushunadi. B1+ Xalqaro tashkilotlar va turli davlatlar tomonidan global ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan xatti-harakatlar, bu boradagi tuzilgan va imzolangan xalqaro va davlatlararo shartnomalar haqida biladi va ayta oladi. 14-§. Musiqa madaniyati fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standarti darajasi Daraja nomlanishi Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1
Musiqa madaniyati fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumta’lim maktablarining 7-sinf bitiruvchilari A2 Musiqa madaniyati fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish, milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish, o‘zbek hamda jahon kompozitorlari asarlarini tinglab tushunish va undan zavqlanishga o‘rgatishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning vazifasi: musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish; o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Musiqa madaniyati fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi A1 musiqa san’at turlaridan biri ekanligini ajrata oladi; milliy musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo‘ladi; oddiy musiqaga oid atamalarni bir-biridan ajrata oladi; musiqaning ifoda vositalaridan (o‘lchov-usullar, dinamik belgilar, repriza va boshqalardan) foydalana oladi. musiqaning badiiy tavsifini (quvnoq, sho‘x, g‘amgin va boshqalarni) bila oladi. A2 musiqa san’atning qadimiy turi ekanligi, o‘zbek xalq musiqasi asrlar davomida sayqal topib, rivojlanganligi, u xalqimizning boy madaniyati, milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettirishi va umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi ekanligini tasavvur qila oladi; O‘zbekiston hududida mumtoz musiqaning mahalliy an’analarga ega ekanligi, ularning o‘xshashligi va o‘ziga xosligini farqlay oladi; har bir mahalliy uslubda o‘ziga xos ijrochilik uslublari va cholg‘u asboblarini farqlay oladi; Farg‘ona — Toshkent, Samarqand — Buxoro, Surxondaryo — Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlarini (maqom, doston, katta ashula, folklor musiqasini) va ularning mashhur ijrochilarini bila oladi; o‘zbek musiqasida sahnaviy musiqa asarlari, estrada janri, kino musiqasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlay oladi; jahon va sharq xalqlari mumtoz musiqa namunalarini bir-biridan farqlay oladi; orkestr, ansambl va xorga oid oddiy atamalarni farqlay oladi. 2. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi A1 o‘rganilgan qo‘shiqlarni birgalikda kuylay oladi; jamoaviy o‘rganilgan qo‘shiqlarni yakka holda kuylay oladi. dinamik belgilarga qarab ovozni to‘g‘ri yo‘naltira oladi. A2 kuylashda dinamik belgilarga amal qiladi, o‘zi va o‘rtoqlari ijro etgan qo‘shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay oladi; o‘rganilgan qo‘shiqlarni sof ohangda kuylay oladi; kuylash madaniyatiga va mahoratiga ega bo‘la oladi; xorda kuylay oladi. 3. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi A1 kuyni tinglaydi va unga tavsif bera oladi; musiqaning tovush tembridan qaysi cholg‘uda (zarbli, chertma, damlida) ijro etilganligini topa oladi. A2 musiqa janrlarining nomlarini ayta oladi va ijro uslubidan ularni farqlay oladi; o‘zbek xalq ommaviy va kasbiy musiqa janrlarining mahalliy uslubdagi sodda variantlarini tinglab ajrata oladi. 15-§. Tasviriy san’at fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 Tasviriy san’at o‘quv fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+
Tasviriy san’at o‘quv fanini
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf bitiruvchilari A2 Tasviriy san’at o‘quv fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at fanini chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinf bitiruvchilari A2 +
Tasviriy san’at o‘quv fanini
maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni rivojlantirish, badiiy tafakkurni yuksaltirish, estetik va emotsional sezgirlikni o‘stirish orqali ijtimoiy hayotda zarur bo‘lgan bilimlarni egallash, ulardan kundalik hayotida foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: tasviriy va amaliy san’at asarlarini, badiiy hunarmandchilikni, me’morchilik va dizayn san’atiga oid tarixiy namunalar hamda zamonaviy san’at asarlarini tahlil qilishga va amaliy faoliyatida qo‘llashga o‘rgatish; naturaning xarakterli jihatlarini ko‘ra olishga, tahlil qilishga va tasvir yoki haykalni ishlash bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olishga o‘rgatish; texnika va texnologiyalarning takomillashib borishi asosida fanlar integratsiyasini hisobga olgan holda to‘g‘ri va ongli kasb tanlashga yo‘naltirish; tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Tasviriy san’at fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari 1. Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi A1 naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata oladi; sodda tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi; naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, amaliy ishda tasvirlay oladi; tasviriy san’atning tur va janrlarini biladi hamda farqlay oladi; perspektiva qoidalarini amaliy ishda qo‘llay oladi. A1+ naturaning shakli, hajmi, tuzilishini tahlil qila oladi; tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi; naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, tahlil qila oladi; amaliy ishda tasvirlay oladi. A2 naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi; tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi; naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi; amaliy va tasviriy san’at turlarini farqlaydi, tahlil qila oladi va eskizini ishlay oladi; O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini tahlil qila oladi; naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi. A2+ naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi; tasvirlashda perspektivaning qonuniyatlaridan foydalana oladi; naturani tasvirlashda kompozitsiya qonun va qoidalaridan foydalana oladi; O‘zbekiston va jahon tasviriy san’at asarlarini farqlaydi, idrok etadi va tahlil qila oladi; tasviriy san’atning tur va janrlari asosida amaliy ish bajara oladi. 2. Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi A1 ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi; tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi; tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi; sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi. A1+ qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay oladi; turli ko‘rinishlar va holatlardagi chiziqni (shtrixni) chiza oladi; sodda naturaning shakli, hajmi, tuzilishi, ishlashning o‘ziga xos muhim tomonlarini ko‘ra oladi va tasvirlash layoqatiga egallay oladi. A2 O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini biladi, tahlil qila oladi va undan ta’sirlana oladi; tasviriy san’atning janrlari, oqim va yo‘nalishlarini farqlay oladi; tasvir ishlash bosqichlariga amal qila oladi; naturaning asosiy qismi va mayda bo‘laklarining o‘zaro mutanosibligini farqlay oladi; tasvirlashda ishlatiladigan yordamchi chiziqlarni to‘g‘ri qo‘llay oladi; tasvir ishlashda soya-yorug‘ qismlarini ajratadi, ish jarayonida qo‘llay oladi; tasvir ishlash jarayonida asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi; plastilin yoki loy bilan ishlash bosqichlarini bajara oladi. A2+ O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini badiiy tahlil qiladi va asar xususiyatini mazmunan ifodalay oladi; tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalarini biladi va ularni amalda qo‘llay oladi; amaliy san’atda rangshunoslik qoidalariga amal qila oladi; maxsus material va ish qurollaridan foydalana oladi. 16-§. Chizmachilik fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi Umumta’lim maktablarining 8-sinf bitiruvchilari A1 Chizmachilik fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Chizmachilik fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarning hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatda ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish, murakkab bo‘lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o‘rgatishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: chizmalar chizish va chizmani o‘qish qoidalariga amal qilish, grafik tafakkurini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish; texnik ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish; chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalardan, sodda elektron dasturlardan amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish; texnika va texnologiyalarning takomillashib borishini hisobga olgan holda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish; chizmachilik ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Chizmachilik fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari Chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo‘llay olish kompetensiyasi A1 Grafik tasvirlar, jihozlar, standart shriftlar, oddiy geometrik yasashlar, tutashmalar, egri chiziqlar, ko‘rinishlar, geometrik figuralarning proyeksiyalari, ko‘pyoqliklarning yoyilmalarini bir-biridan ajrata oladi; detal modellarini konstruksiyalay oladi; yaqqol tasvirlar, aksonometrik proyeksiyalar, eskiz va texnik rasmlarni chiza oladi. A2 Kesim, qirqim, shartlilik va soddalashtirish, loyihalash elementlari, boltli va shpilkali birikmalar, oddiy yig‘ish chizmalarini tuzadi va o‘qiy oladi; sodda buyumlarni konstruksiyalash, kinematik-radio va elektrik sxemalarni, qurilish chizmalarini chiza oladi, ular haqidagi fikrlarni og‘zaki va yozma bayon eta oladi. 2. Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi A1 Chizmalarni taxt qilish, chizma shriftlarini qoidalar asosida chizish, geometrik yasashlarni bajarish, proyeksion chizmalarni chizish, aksonometrik proyeksiyalarni yasash hamda detalning eskizi va texnik chizmani bajarish jarayonlarida ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi. A2 Kesim va qirqim chizmalarni to‘g‘ri tasvirlay oladi; tarkibida loyihalash elementlari bo‘lgan chizmalarni bajara oladi; boltli va shpilkali birikmalarni chiza oladi; oddiy yig‘ish chizmalari hamda sodda buyumlarning konstruksiyalarini chizishda, sxemalarni, qurilish chizmalarini bajarishda ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi. 17-§. Texnologiya fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajalari Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 Texnologiya fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+
Texnologiya fanini
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Texnologiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+
Texnologiya fanini
kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni boshqara olish hamda maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; texnik va kreativ fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qilish; buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholash; ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Texnologiya o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi A1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchash, rejalash, yelimlash, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi; tabiiy va turli materiallarni bir-birida farqlay oladi; turli materiallardan yasaladigan buyumlarni qurish-yasashda ishni ketma-ketlikda bajarish rejasini tuza oladi; sodda buyumlarni tika oladi; kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiy oladi; oddiy modellarni yasay oladi; o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya- gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi. A1+
naqsh elementlaridan kompozitsiya tuza oladi; tabiiy materiallarda sodda naqsh elementlarini tasvirlay oladi; hunarmandlarning sodda ish namunalarini bajara oladi; kashtachilik yo‘nalishida sodda naqsh elementlaridan iborat kompozitsiyalarni tika oladi. A2 tabiiy va turli materiallarning xususiyatlarini tavsiflaydi va farqlay oladi; materiallarni saralay oladi; buyum va mahsulotlarni texnologik loyihalay oladi; materiallarga issiq va sovuq ishlov berish usullarini bajara oladi; detallarni bir-biriga yopishtirishda maxsus yelimlardan foydalana oladi; buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirish ishlarini bajara oladi; texnik obyektlari biladi va texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi; kichik hajmdagi sodda buyumlarni tikadi va to‘qiy oladi; harakatlanuvchi modellarni yasay oladi; asbob-uskunalarni saqlash va ta’mirlash ishlarini bajara oladi; xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha buyumlarni loyihalay oladi; elektrotexnika, avtomatika va robototexnika turlarini tavsiflay oladi; sodda elektrotexnika ishlarini bajara oladi; texnika va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini biladi; sanoat sohalari bo‘yicha tayanch bilimlarga ega bo‘ladi; zamonaviy bozor munosabatlariga moslashadi hamda faoliyat yurita oladi; turli materiallarga ishlov berishda, asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashinalarda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi. A2+ mahsulot tarkibi, xossalari va xususiyatlarini aniqlaydi, tavsiflay oladi; xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha buyumlarni texnologik loyihalash va tayyorlashda texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi; xom ashyolarga badiiy ishlov bera oladi; xalq hunarmandchiligi bilan uyg‘unlashgan kasb-hunarlarini sodda ish usullari vositasida qo‘llay oladi. 2. Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya A1 o‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay oladi; egallagan hayotiy odob-axloq qoidalari, mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya eta oladi. A1+ hunarmandlarning qo‘l mehnatiga oid bilimini umumlashtirgan holda amaliy vazifalarni bajara oladi. A2 hozirjavoblik, ishchanlik, faollik va muomala madaniyatiga amal qila oladi; o‘quv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi; mustaqil ishlashga ijodiy yondashib, kreativ fikrlay oladi; A2+ texnologik loyihalash va jarayonlarni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qila oladi; o‘z xato va kamchiliklarini anglay oladi, ko‘ra biladi va tuzatishga harakat qila oladi. 18-§. Jismoniy tarbiya fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Standart darajalari Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 Jismoniy tarbiya fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 Jismoniy tarbiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari B1 Jismoniy tarbiya fanining umumiy darajasi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning maqsad va
vazifalari Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish; jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish; sport asbob-anjomlaridan foydalanishning xavfsiz usullarini o‘rgatish; sog‘lom turmush tarzini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishda tayanch va jismoniy tarbiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi A1 kun tartibi qoidalariga rioya qila oladi; ertalabki badantarbiya va dars jarayonida chiniqtirish mashqlarini bajara oladi; saflanish va yurish qoidalarini bajara oladi; harakatli o‘yin turlari va ularning qoidalarini biladi; jismoniy mashqlarni inson salomatligiga ta’sirini biladi; shaxmatning boshlang‘ich o‘yin qoidalarini biladi. A2 Jismoniy mashqlarni bajarishda gigiyenik qoidalarni biladi; gimnastika anjomlaridan xavfsiz foydalana oladi; engil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rnini biladi; basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol sport o‘yinlarining himoya va hujum usullarini biladi; kurash elementlari hamda usullarini bajara oladi; qomatni to‘g‘ri shakllantirish mashqlarini bajara oladi; shaxmat donalarining yurish hamda shoxni mot qilish qoidalarini biladi. o‘yin mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik qoidalarini biladi. B1 Jismoniy mashqlarni bajarishda o‘quv mashg‘uloti uchun qulay sharoitlarni yarata oladi; jismoniy mashqlar yordamida organizmning barcha guruhlarining funksiya tizimlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantira oladi; jismoniy mashqlar yordamida asab tizimini mustahkamlaydi, modda almashuv jarayonini faollashtira oladi; gimnastika anjomlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalana oladi; engil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rni va ta’sirini biladi; shaxmat, shashka, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol, suzish, badminton, stol tennisi va boshqa sport o‘yinlarining himoya va hujum usullarini biladi; kurash turlari, elementlari hamda usullarini bajara oladi. 2. Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi A1 Jismoniy mashqlarni (saf, akrobatika, tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish va osilish, tirmashib chiqish) bajarishda mashqlar ketma-ketligini bir-biri bilan bog‘lay oladi; mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiyaga) ega bo‘ladi; mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay oladi. A2 Saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi, gimnastika (tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umbaloq oshish, muvozanat saqlash), yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli o‘yin mashqlarini bajarish qoidalariga rioya qila oladi; hayotiy zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiya) ega bo‘ladi; fikrlash asosida mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay oladi. B1 Buyum va buyumsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning bo‘g‘inlar va mushak guruhlariga ijobiy ta’siri va uni ketma-ketligi, osilish, tirmashish, muvozanat saqlash, tayanib va tayanmay sakrash, tortilish, akrobatika elementlari va ritmik gimnastika qoidalariga rioya qiladi; fazoviy harakatlar va uning bajarilish ketma-ketligiga amal qiladi; sport turlarining kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixini biladi; sport turlari bo‘yicha bajariladigan mashqlarining inson salomatligini saqlashdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotni biladi; respublika miqyosida o‘tkazilayotgan uch bosqichli sport musobaqa turlarini biladi. 3. Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi A1 Jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal qila oladi; jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish me’yorini aniqlay oladi; jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qila oladi. A2 Gimnastika sport turlari bo‘yicha turli jihoz va anjomlarning nomlarini biladi, tuzilishini tushuntira oladi hamda amaliy mashg‘ulotlarda belgilangan qoidalar asosida foydalana oladi; o‘zi yoki boshqalar shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘ladi. B1 Sport o‘yinlari, jihoz va anjomlarning nomlari, tuzilishi va o‘lchamlari haqida ma’lumotlarni biladi; sport o‘yinlariga oid jihoz va anjomlar, basketbol shchiti, halqa, to‘p, futbol darvozasi, to‘r, to‘p, bayroqlar, voleybol ustuni, hakamlar o‘tirish uchun maxsus joy, to‘ldirma to‘p, turli to‘siqlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qila oladi; kurash turlari bo‘yicha anjom, jihozlarning nomlari, tuzilishi, o‘lchamlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi va foydalana oladi. respublikamizda joriy etilgan uch bosqichli sport musobaqalari haqida tushunchaga ega bo‘la oladi; kurashda xavfsizlik texnikasiga rioya qila oladi; shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsata oladi. 19-§. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanini o‘rganish bosqichlari Bitiruvchilar Fanni o‘zlashtirish darajasi Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari A1
«Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsad va vazifalari Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsadi: O‘quvchilarga Vatan himoyasi borasida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining vazifalari: O‘quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga ishonib topshirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to‘g‘ri foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, shuningdek yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi A1 Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglay oladi, burchini sidqidildan ado etadi; harbiy qasamyod, harbiy intizom, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini tushunadi; O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarining asosiy talablarini biladi, harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalar haqida tushunchaga ega bo‘ladi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining asosiy talablarini biladi va ularga amal qiladi; Qurolli Kuchlarning vazifasi, tarkibi, tuzilish tamoyillarini biladi; harbiy boshqaruv organlari, shuningdek harbiy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘ladi; qurolli to‘qnashuvlar huquqiga (xalqaro gumanitar huquqqa) doir asosiy talablarning mohiyatini tushunadi va ularga amal qiladi. 2. Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi A1 zamonaviy jang turlari va ularning tavsifini biladi. Askarning majburiyati, uning jangdagi harakatlanish tartibi va usullarini biladi hamda ularga amal qiladi; askarga biriktirilgan shaxsiy qurol va jangovar texnikalardan foydalana biladi hamda ularni asray oladi; harbiy ishga doir boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi; axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida tushunchaga ega; chet el armiyalari o‘qotar qurol va jangovar texnikalari namunalarining vazifasi, tuzilishi haqida tushunchalarga ega. 3. Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi A1 harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini egallaydi; to‘siqlarni yengib o‘ta oladi; qo‘l jangi usullarni bajara oladi; gimnastik snaryadlarda belgilangan me’yorlarni bajara oladi; qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini egallaydi va unga amal qiladi. 4. Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi A1 O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimlari haqidagi bilimga ega. favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida biladi hamda bunday holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutadi va oqilona tashabbus ko‘rsata oladi; ommaviy va oddiy qirg‘in qurollaridan himoyalanish usullari va vositalari haqida biladi; Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘zlashtiradi, o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa yordamni ko‘rsata oladi. 5. Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompetensiyasi A1 yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini tushunadi; vatanparvarlik tadbirlarining faol ishtirokchisi bo‘la oladi; o‘zida harbiy xizmatchiga xos sifatlarni shakllantiradi; buyuk ajdodlarimiz merosini, Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini qadrlaydi. Download 97.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling