Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi: steam fanlari


Download 204 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi204 Kb.
#167500
Bog'liq
Umumiy o


Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi: STEAM fanlari

2020-yilning 13-mart kuni Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazida umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini yaratish doirasida O‘zbekistonda STEAM ta’limni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tadbirda olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, ta’lim sohasi ekspertlari ishtirok etdilar.


STEAM ta’limi texnologiyasi tabiiy fanlar, texnologiya, tasviriy san’at, matematika fanlari asosida o‘quvchilarni o‘qitish metodikasi bo‘lib, o‘quvchida amaliy mashg‘ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bunda fanlarning o‘zaro uyg‘un holda yozilgan o‘quv dasturlari bir-birini to‘ldiradi va birgalikda o‘quvchida yaratuvchanlik layoqatini hosil qiladi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmonida Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
STEAM ta’limining rivoji tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya), texnologiya, tasviriy san’at, matematika fanlari dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligining ta’minlangani hamda o‘quvchilarda shakllanishi zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarning aniq belgilanishi bilan bog‘liq. Zamonaviy ta’lim uslubini rivojlantirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazida har bir fan yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlari shakllantirildi. Olimlar, ekspertlar, o‘qituvchi va metodistlardan iborat jamoalar STEAM ta’limi yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan izlanishlar olib borishmoqda.

Xususan, umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasi doirasida fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, tasviriy san’at, matematika fanlarining dasturlarini tayyorlashda o‘quvchida amaliy ko‘nikma shakllantiruvchi mavzularni qamrab olish, fanlarni mazmun-mohiyatan bog‘lash va to‘ldirish, o‘quvchilarda shakllanishi zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar darajasini aniq belgilash inobatga olingan. Umumta’lim fanlari kesimida fan dasturlarini tahlil qilish grafigi ishlab chiqilgan va mazkur grafik asosida ishlar amalga oshirilmoqda.


Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, STEAM fanlarni joriy qilish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish layoqatlarini shakllantiradigan dasturlar va yangi davlat ta’lim standartlari joriy etilishi belgilangan. Yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun STEAM fanlarini chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodi tayyorlanadi.
Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling