Umumiy pedagogika fanidan topshiriqlar 12-variant


Download 161.23 Kb.
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi161.23 Kb.
#1069869
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abubakirova Z.Variant 12

3-topshirq
Fan: Matematika
Sinf : 1-sinf Sana: 14-fevral 2019-yil
MAVZU: Sig‘im o‘lchov birligi: litr 1- 6 - misol, masala.
Darsning maqsadlari:
1) ta’limiy maqsad: O`quvchilarda litr haqida bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish, misol-masalalar orqali sig`im o`lchov birligi – litrni yanada mukammal tushuntirish
2) tarbiyaviy maqsadi: Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, suvni tejashga undash, tabiatni asrashga o`rgatish, mehnatsevar bo`lishga, kattalarni hurmat qilishga undash
3) rivojlantiruvchi maqsadi: Og`zaki hisoblash, mantiqiy fikrlash malakalarini, matematik qobilyatlarini rivojlantirish, tanqidiy va mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni tarbiyalash
O`quv jarayoniga oid kompetensiya:
TK1 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy olish; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
TK2 matematikaga oid multimedia ilovalarini ko`rib tushuna olish va mazmunini so`zlab berish
FK1:sonlarni qo‘shish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi; nomli kattaliklar ( uzunlik, massa, sig`im)ni o`qiy oladi va yoza oladi.
FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv va kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning jihozlanishi:
a) 1-sinf «Matematika» darsligi, tarqatma materiallar;
b) bankalar, stakan, bidon, rangli rasmlar, jadvallar;
II.O'tilgan mavzuni so`rash: (7 minut)

  • O`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`rgangan edik?

- Uyga vazifa 103-betdagi 10-masala
1) Uyga vazifadagi 10-masala yechimi tahlil qilinadi.
2) Guruhlar doskada berilgan sonlardan 1 xonali sonlar, 2 xonali sonlar va matematik ishora-belgilarni ajratib, „Tarmoqlash“ usulida quyosh hosil qiladilar
G`olib guruh aniqlanib, rag`bat beriladi.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling