Umumiy pedagogika fanidan


Download 253.01 Kb.
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi253.01 Kb.
#1239031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

Jazolash — bu xulq normalariga qarama-qarshi bo‘lgan xatti-harakatlarni salbiy baholashda ifodalanadi. Jazolash metodi salbiy xatti-harakat sabablarini tahlil etishni, o‘quvchi shaxsini kamsitmaslikni, obdon o‘ylab chiqilgan xatti- harakatlarni talab etadi. Jazolash tanbeh, ogohlantirish, suhbat, boshqa guruhga o‘tkazib yuborish, maktabdan chetlatish shakllarida bo‘lishi mumkin. Jazolash o‘quv tarbiyaviy muassasadagi tarbiyaviy holat, pedagoglarni madaniyati va jamoaning rivojlanganlik darajasi bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya jarayonida jazolash metodini qo‘llashda quyidagi jazo choralari qo‘llaniladi:


tanbeh berish;
ogohlantirish;
uyaltirish;
hayfsan berish.

Tarbiya shakllari

  • O‘quvchilar faliyati turlari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakli bilan uzviy bog‘liq. Shakl hodisa va jarayonni ichki mazmunini tashqi tomondan uning tuzilishini tashkil etishni ifodalaydi. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati sifatida aniq tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi. Ta’limni tashkil etish shakli muammosi tarbiya jarayonini tashkil etish shakliga nisbatan ko‘p o‘rganilgan soha hisoblanadi. Shakl tashkiliy tomonni aniqlab, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni qanday sharoitlarda kim, qayerda, qanday, qachon tashkil etilishini ifodalaydi. Demak, tarbiyaviy ishlar shakli - bu aniq tarbiyaviy jarayonni vazifasi, mazmuni, metodlari amalga oshiriladigan tadbir, pedagogk ta’sirning tashkiliy tuzilishidir.
  • Shakl tarbiya jarayonining qismi sifatida uning maqsadiga, mazmuniga, metodlariga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya shakli aniq tarbiyaviy vaziyatlarga bog‘liq bo‘lib, ular turli xil, ijodiy takrorlanmas harakterga ega.
  • Tarbiya jarayonini tashkil etish shaklini turkumlashga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan: N.E.Shurkova tarbiya shaklini asosiy faoliyat turi bo‘yicha, bilish faoliyati, mehnat faoliyati, ijtimoiy foydali faoliyat, estetik faoliyat, jismoniy-sog‘lomlashtirish, qadriyatli faoliyat shakllariga ajratgan.

Download 253.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling