Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

2.Milliy tarbiya va uning mazmuni 
“Milliy tarbiya” tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, uning milliy 
qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo‘naltirilgan 
tarbiyaviy faoliyat; umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va 


240 
mos betakror shakli; xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, 
tiklash va rivojlantirishdan iborat. Milliy tarbiyaning manbai - 
milliylikdir!. "Millat", "milliylik", "milliy g‘urur", "milliy odob", 
"millatlararo muloqot madaniyati" tushunchalarining o‘zagini 
arabcha "mil" so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada "o‘zak", "'tub 
mohiyat", "negiz" ma’nolarini anglatadi. "Millat" so‘zi esa bir 
necha ma’noni; 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub 
aholi: 3) xalq ma’nolarini anglatadi
1

"Millat", "milliylik" tushunchalarining talqini bilan tanishar 
ekanmiz, ularning g‘arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko‘-
ramiz. Aniqrog‘i, g‘arbiy talqin xristian, sharqiy talqin esa islomiy 
o‘zbeklarga borib tutashadi. Ya’ni Ovro‘po xalqlari tillariga 
"millat" tushunchasi lotincha "natio" - qabila, xalq sifatida xristian 
dini bilan birga kirib kelgan bo‘lsa, Osiyoga esa Islom ta’limoti 
orqali yuqoridagi uch xil ma’noda kirib kelib singdi. Milliy tarbiya 
mazmunini eng yaxshi o‘zbek oilalarida amal qilingan va amal 
qilinib kelinayotgan tarbiya mazmuni va mustaqillik sharoitida 
davlat, jamiyat maktab tarbiyasiga qo‘ygan talablardan mujas-
samlangan fazilatlar hosil qiladi. Muayyan fazilatlarning izchil, 
turli vaziyatlarda, turli vositalar yordamida singdirilib, tuzatilib, 
takomillashtirilib borilishi pirovard natijada davlat va jamiyat, oila, 
mahalla, maktab uchun namunaviy o‘quvchi, o‘g‘il-qiz axloqini 
hosil qiladi. Milliy tarbiya mazmunini quyidagi bilim, ko‘nikma va 
malakalar uyg‘unligini pedagogik ta’minlash tashkil qiladi:
• 
katta-yu kichik bilan avval salomlashib, keyin so‘z boshlash;
• 
ota-onaga mehrlilik;
• 
nafaqat yoshi ulug‘larni, balki o‘zidan kichiklarni ham 
samimiy izzat qilish; 
• 
boshqa millat bolalarini ham xuddi o‘zidan millatparvar 
bilib, hurmat bilan e’zozlovchi, ularning milliy madaniyatiga 
samimiy qiziqish;
• 
nohaqlik va axloqsizlikni ko‘rsa xoh katta, xoh kichikni 
noto‘g‘ri ishlardan qaytarib, insofga chaqira olish;
1
Farhangi zaboni tochikiy (Az asri X to ibtidoi asri XX). 2 child. 1 child. Sovetskaya 
entsiklopediya. – M.: 1969.-689 b. 


241 
• 
jamoat transportida o‘zidan katta va kichikka izzat 
ko‘rsatish; 
• 
o‘zi mansub jamoa muammolariga tegishli yig‘ilish, majlis, 
xayriyalarda faollik;
• 
yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi narsalarni yo‘ldan olib 
qo‘yish; qanoatlilik; xalqlar, millatlar orasidagi fitna-fasod, 
jaholatga qarshi turish; 
• 
umummilliy jipslikni hamshaharlik, mahalliychilikdan 
ustun qo‘ya olish;
• 
o‘zining tabiatga, jamiyatga, o‘ziga bo‘lgan munosabatlarni 
“yaxshi niyat”, “yaxshi so‘z”, “yaxshi ish” asosiga qura olish
tavozelilik, ochiq chehralik;
• 
inson umri, vaqtini qadrlash; 
• 
gunoh, xato qilsa, kechirim so‘ray olish;
• 
o‘zining yetti pushti tarixini mufassal aytib bera olish; 
• 
barcha qarindoshlarining yaqinlik darajalari va nomlarini 
bilish va ularga mehrini namoyish qilish;
• 
sinfdoshi, o‘rtog‘i oilasida noxush voqea sodir bo‘lganida, 
bemor bo‘lganida albatta borib, hol-ahvol so‘rash; 
• 
tanishlari, do‘stlari, notanish bolalar arazlashganda ularni 
yarashtirishga harakat qilish;
• 
birovning shodligidan shodlanish, qayg‘usiga hamdard, 
sherikligini bildira olish; 
• 
(o‘g‘il bolalar uchun) qiz bolalarni har tomonlama nozik deb 
e’zozlash, ularga o‘z hurmatini amalda namoyon qilish;
• 
(qiz bolalar uchun) o‘g‘il bolalarni g‘ururli, mard, shijoatli 
deb bilish, ularga o‘z hurmatini bildirish;
• 
aka va opani ota-ona kabi izzat qilish;
• 
bir marta ko‘rishgan kishining ismini so‘rab qo‘yish va esda 
saqlash;
• 
vafot etgan yoki o‘zi shu yerda yo‘q kishi haqqiga g‘iybat va 
tuhmatdan xazar qilish;
• 
Unga ishongan kishining sirini saqlay olish;
• 
“Yomon” deb nom chiqargan bolalardan o‘zini tuta olish;


242 
• 
yaxshi kishilarga havas va taqlid qilish;
• 
birovning aybiga kulmaslik, yuziga solmaslik;
• 
kek saqlamaslik;
• 
badavlat kiyingan bola qarshisida o‘zini xor tutmaslik, 
kambag‘al kiyingan bola oldida kekkaymaslik;
• 
o‘g‘il bo‘lib qizlarning, qiz bo‘lib o‘g‘illarning kiyimini 
kiymaslik;
• 
milliy axloq va sharoitga xilof xatti-harakatlardan tiyilish;
• 
o‘ziga topshirilgan ishni oliy darajada bajarishni ilohiy 
e’tiqod darajasida tushunuvchi; 
• 
sinab va o‘rtaga Allohni qo‘yib do‘st bo‘lish, millat, vatan 
manfaatlariga zid harakat qilgan do‘stidan kecha olish, ota-onasi 
lozim ko‘rib bergan ovqat, kiyim-boshga qanoat qilish;
• 
balog‘atga yetgach, g‘usl qilish;
• 
nonni ilohiy darajada e’zozlash; 
• 
ona tilida sof fikrlash, so‘zlash;
• 
uyat, xarom so‘zlarni hech qachon, hech qayerda, hatto 
urishgan paytida ham tiliga keltirmaslik, kattalarning ijobiy-axloq 
namunalarini diqqat bilan kuzatish va asta-sekin o‘z xatti-
harakatlarida namoyon qila borish;
• 
har bir jiddiy ishni ota-ona bilan maslahatlashgan holda 
boshlash, o‘z tarixi haqida allomalari, xizmatlari haqida, 
minnatdorlik bilan hikoya qilib bera olish;
• 
milliy madaniy yodgorliklar tarixini yaxshi bilish va ularni 
asrashga xizmat qilish; 
• 
savdo-sotiq, bozor munosabatlarida insofli, chaqqon, 
jur’atli bo‘lish; 
• 
milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy-
siyosiy voqealarga tarixiy nuqtayi-nazardan turib mustaqil 
munosabat bildira olish; 
• 
kitobxonlik; barvaqt uyquga yotib, barvaqt uyg‘onish; 
• 
sabrli, andishalilik;
• 
o‘z kelajagiga taalluqli masalalar bo‘yicha mustaqil, yoshiga 
mos fikr yurita olish va h.k.


243 
Axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri hadisdir. 
Chunonchi, Qur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhissalom Hadislari, sharq allomalari va faylasuf-
larining kitoblari tarbiyamizning manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, 
hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan. U go‘daklarni emizish-
dan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, 
ko‘cha-ko‘yda, kattalar qoshida o‘zini qanday tutish lozimligining 
barcha jihatlarini o‘z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob 
farzandlarning halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchan, katta-
larni, ayniqsa, ota-onani hurmatlash ruhida tarbiyalanishni shart 
qilib qo‘ygan. 
Payg‘ambar alayhissalom Hadislarida: “Farzandlaringizni 
izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilanglar!” 
“Hech bir ota o‘z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera 
olmaydi”, deyilgan.
Yana bir Hadisda esa: “Mo‘min kishiga berilgan narsalarning 
eng yaxshisi chiroyli xulqdir”, deyilgani bejiz emas. Bobokalon-
larimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar 
va o‘z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali 
bo‘lishi uchun kurashganlar.
Yoshlarni tarbiyalashda “Mening bolam”, “Sening bolang” deb 
ajratishmagan. Tarbiya berish hammaning vijdoniy burchi, deb 
qaralgan. Payg‘ambar alayhissalom Hadislarida yana shunday 
deyilgan: 
Masalan: Munofiqlikning belgisi 3 tadir 
1) Yolg‘on so‘zlash 
2) Va’daning ustidan chiqmaslik 
3) Omonatga hiyonat qilish 
Tangri nazarida eng yaxshi gap-rost gapdir. Yana xadislarda,
halokatga olib boruvchi 7 xil gunohdan saqlaning deyilgan: 
1. Tangriga shak keltirmaslik 
2. Sehr ishlari bilan shug‘ullanmoq 
3. Birovni nohaq o‘ldirmoq 
4. Sudxo‘rlik 


244 
5. Yetimlar molini yemoqlik 
6. Vatan mudofaasi uchun bo‘layotgan urushdan qochmoq 
7. Erli, mo‘mina, iffatli ayollarni fohisha deb haqoratlamoq. 
Umuman Sharq xalqlarida odob-axloq, izzat-hurmat, xayo-
andisha uning insoniylik qiyofasini belgilovchi asosiy omildir. 
Bu haqida rus pedagogi N.Krupskaya shunday deydi: “O‘zi-
dan kattalarni hurmat qilishni Sharq, xalqlaridan o‘rganish kerak”. 
Darhaqiqat, Sharq xalqlarining ibrat bo‘larli ahloqiy fazilatlari 
benihoyat ko‘pdir. Musulmonlarda ayollarga bepisandlik bilan 
qaraladi degan bid’atlar bor, holbuki, hadisda onalarni ulug‘lovchi 
hadislar son-sanoqsiz. 
Masalan: Jannat onalar oyog‘i ostidadir. 
Ota ona birdan chaqirganda, avval onaga 3-marta “labbay” deb 
javob berib, so‘ng otaga javob berish kerak. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling