Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Maslahat berish. Maslahat – biror hodisa ro‘y berganida
ishda, xatti-harakatda, xulq-atvorda qanday qilsa yaxshi bo‘lishi 
haqida fikr berish demakdir. Har bir kishi, ayniqsa bolalar bir ishni 
boshlashdan avval bu ish haqida kattalarning, ayniqsa 
o‘qituvchining fikrini bilishni istaydi. Yoki biror ishda, harakatda 
qiyinchilik tutilib qolsa, shu qiyinchilikni yengish yo‘lini topish 
maqsadida o‘qituvchidan, kattalardan maslahat so‘raydi. Bunday 
maslahat olish o‘quvchi hayotida tez-tez uchrab turadi. Shuning 
uchun tarbiyachilar bolalardagi bu xususiyatdan tarbiya maqsadida 
mohirlik bilan foydalanishlari kerak. Shuni ham aytish kerakki
bolalarning hammasi ham biror ish qilganda yoki biror ishni bosh-
lashdan oldin hamma vaqt ham maslahat olishga jur’at etmaydi. 
Bunday vaqtlarda o‘qituvchi yoki tarbiyachi bolalarni maslahat 
olishga rag‘batlantirmog‘i kerak. Maslahatni ham o‘quvchilarning 
mustaqil bo‘lishlariga yordam beradigan qilib berish kerak. 
Iltimos va istak. Iltimos, o‘tinch, so‘rov bilan bolalarga murojaat 
etish, ularga va ular kuchiga bo‘lgan ishonchni ifodalaydi. Shuning 
uchun ham sinfga yoki ayrim bolaga biror ishda yordam berishlarini 
iltimos qilinganda ularga ma’qul tushadi, ularning faolligini safarbar 
qiladi va buni bolalar bajonudil bajaradilar. Iltimos bolalarning 


255 
kuchiga ishonish va hurmat etishga asoslanadi. Iltimos yoki so‘rash 
xushmuomalalik va nazokat bilan amalga oshiriladi.
Buyruq va talab. Buyruq – qat’iy amr-farmon shaklida 
ifodalangan talabdir. 
Tarbiya jarayonida bolalar oldiga davlatimiz hamda ota-onalar 
tomonidan qo‘yilgan muayyan maqsad va vazifalarning 
bajarilishiga erishmoq uchun talab etish va buyruq berish kabi 
vositalardan ham foydalaniladi. Bolalardan talab qilinadigan 
talablar hamda ularga beriladigan amr-farmon va buyruqlar aniq, 
ravshan, tushunarli, muayyan ham qat’iy bo‘lishi kerak. 
Har bir buyruq yoki talabning maqsadi bolalarga tushunarli 
bo‘lsin. Bolalar bu buyruq yoki talabni nima uchun bajarishlari 
zarurligini yaxshi anglashlari lozim. Shu bilan birga, ular yaxshi va 
puxta o‘ylab berilishi lozim. O‘quvchilar oldiga qo‘yilgan buyruq 
va talabning albatta bajarilishiga erishish kerak. Agarda qo‘yilgan 
talablar va beriladigan buyruqlar qat’iy bo‘lmasa, o‘quvchilarning 
bajarish imkoniyati susayadi. Bunday buyruqlar bajarilmay qoladi. 
Shuning uchun buyruq va talab qat’iy bo‘lsin. Maktab va oilada 
bolaga beriladgan har bir buyruq yoki talab bolaning yoshi, 
imkoniyati, kuchiga qarab berilishi hamda shu buyruq va talablar 
o‘quvchining tarbiyasiga yordam berishi kerak. Buyruq yoki 
talabning bolalarga tushuntirib berilishi va bolalar tomonidan puxta 
anglab olinishiga erishish lozim. 
Beriladigan buyruq va qo‘yilgan talabning albatta bajarilishiga 
erishish kerak; buyruq asossiz bo‘lganda yoki buyruqni bajaruv-
chining uzrli sabablari bo‘lgan taqdirda bekor qilinishi mumkin. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling