Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


III. Rag‘batlantirish va jazolash


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

III. Rag‘batlantirish va jazolash. Bola o‘z xatti-harakati
qilig‘iga boshqalarning baho berishlariga muhtojdir. Shuning 
uchun ham bolalar biror harakat yoki qiliq qilsalar, darhol atrofdagi 
kishilarga qaraydilar.
Bu bilan ular «mening qilig‘im sizlarga ma’qulmi yoki ma’qul 
emasmi» demoqchi bo‘ladilar. Boshqalar tomonidan uning 
harakatiga berilgan ijobiy baho unga yoqimli bo‘ladi, kayfiyatini 
yaxshilaydi, quvontiradi, salbiy baho esa uni xafa qiladi va 
tashvishga soladi. Bolalar hayotida va kamolotida ularni qurshab 
olgan va tevarak-atrofdagi kishilar hamda jamoatchilikning 
ularning xatti-harakati va xulqiga bergan bahosi g‘oyat katta 
ahamiyatga egadir. 
Har bir bola o‘sgan va kamol topgan sari har qadamida ota-
onaning va tevarak-atrofdagi odamlarning maqtovi, ma’qullashiga 
sazovor bo‘lishga, tanbeh eshitmaslikka intiladi. Rag‘batlantirish 
va jazolash dastavval bolalarning xarakteri va xulqida ijobiy 
hislatlar tarbiyalashga yordam beradi, ularning xatti-harakati va 
xulqini to‘g‘ri yo‘lga solib yuboradi hamda paydo bo‘lgan ijobiy 
fazilatlarni mustahkamlashga da’vat etadi. 
Rag‘batlantirish va jazoni mohirlik bilan qo‘llash orqali bola-
larni tarbiyalashda g‘oyat katta muvaffaqiyatlarga erishish 
mumkin. 
Shuni ham aytish kerakki, har qanday ma’qullash ham, 
qoralash ham o‘quvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatavermaydi, balki 
aksincha salbiy natija berishi mumkin. 
O‘quvchilarni tarbiyalashda maktab tajribasida rag‘batlan-
tirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi.


258 
 
Ma’qullash. Rag‘batlantirishning eng ko‘p tarqalgan shaklla-
ridan biri o‘quvchining muvaffaqiyati va yaxshi xulq-atvorini 
ma’qullashdir. O‘qituvchi bolaning xulqini ma’qullaganda bu xulq 
va xarakterni yanada takomillash yo‘llarini ko‘rsatib bermog‘i 
kerak. 
Bosh qimirlatish, tabassum, yuz va qo‘l harakatlari, ”balli”,
”barakalla” kabi so‘z va imo-ishoralar bilan bolalar xatti-harakati 
ma’qullanadi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling