Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ko‘ngil ko‘tarish, dalda berish. Ba’zan o‘qish va intizomda 
yaxshi natijalarga erishmagan va bunga intilayotgan, harakat 
qilayotgan bolalarning ko‘nglini ko‘tarish katta ahamiyatga egadir. 
Ko‘ngil ko‘tarish bolalarga kuch bag‘ishlaydi va ularda optimizmni 
o‘stiradi va ularning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi. 
Ishonch bildirish, ishonish. Bolalar, ayniqsa boshlang‘ich 
maktab o‘quvchilari o‘z o‘qituvchilarini pok qalb bilan samimiy 
sevadilar va ularga qattiq ishonadilar. Shuning uchun ham kichik 
yoshdagi bolalar oldida o‘qituvchining hurmati va obro‘si g‘oyat 
kattadir. O‘z navbatida, o‘quvchi o‘qituvchidan o‘ziga ishonishni 
talab etadi. O‘quvchiga ishonish, ishonch bildirish unga katta 
mukofotdir. Bolalardagi bunday holatni o‘qituvchidan o‘ziga 
yaxshi bilishi va ularga ishonch bilan qaramog‘i lozim. 
Qayd etish. Bolalar xulq-atvorning yaxshilanib borayotganini 
qayd etish, ayniqsa bolalar jamoasi oldida (sinfda, maktab 
o‘quvchilari o‘rtasida, ota-onalar oldida) qayd qilish, ruhini 
Rag`batlantirish va jazolash
Mukofotlash
Maqtash
Po`pisa 
Qayd etish
Ma`qullash
Ishonch bildirish, ishonish
Ko`ngil ko`tarish, dalda 
berish
Jazo 
Koyish
Uyaltirish, 
qizartirish.


259 
ko‘tarish o‘quvchini tetiklantiradi va uni yaxshi intizomga 
yo‘llaydi. 
Shuning bilan birga biror bola haqida devoriy gazetaga yozish
maktab radiosi orqali so‘zlash, ota-onalarga xat yozish orqali 
bolalar xulqining yaxshilana borayotganligini qayd etish bolalarda 
intizomlilikni o‘stirishga yordam beradi. 
Maqtash. O‘quvchini biror yaxshi ishi va odobliligi uchun 
sinfda bolalar oldida, umum o‘quvchilar majlisida, devoriy 
gazetada, ota-onalarga xat yozish va shu kabi yo‘llar bilan maqtash 
katta ijobiy natija beradi.
Mukofotlash. Maktabdagi eng oliy mukofot boshlang‘ich 
maktabni bitirganda, sinfdan-sinfga o‘tganda maqtov qog‘ozi 
berish va o‘rta maktabni bitirganda hamma fanlardan a’lo o‘qigani 
va namunali xulqi uchun imtiyozli attestat berishdir. 
Rag‘batlantirish yolg‘iz ayrim o‘quvchilargagina emas, balki butun 
bir sinf jamoasiga ham qo‘llanadi.
Pedagogikada bolalarni rag‘batlantirish bilan bir qatorda jazo 
choralari ham qo‘llaniladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling