Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Mifologik dunyoqarash – ibtidoiy jamoa tuzumida borliqni 
obrazli qabul qilish asosida shakllangan tasavvurlar majmuasini 
ifodalovchi dunyoqarash. “Mifologiya” tushunchasining o‘zi 
(yunonchadan “mythos” – afsona, rivoyat, “logos” – fan, ta’limot) 
“biror xalqqa tegishli afsonalar” ma’nosini anglatadi.
Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan 
va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini 
hayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi


263 
dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, qal-
bida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy 
kishilarning ruhiyatiga moslab, ularning hissiyoti, tafakkuriga ta’sir 
etadigan va ko‘p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin 
obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir. 
Falsafiy  – tabiiy va ijtimoiy borliqni nazariy qabul qilishga,
shaxsning borliqqa nisbatan falsafiy munosabatiga asoslangan 
dunyoqarash. “Falsafa” tushunchasining o‘zi (qadimgi grek tilidan 
tarjima qilinganda “fal” – muhabbat, intilish, ishtiyoq, “sofa” – 
donishmandlik, so‘zma-so‘z tarjima qilinganda esa “falsofa”) 
“donishmandlikka intilaman” ma’nosini anglatadi. Mifologik va 
diniy dunyoqarash hissiy a’zolarimiz orqali erishilgan ma’lumotlar 
asosida shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy a’zolarimiz 
tufayli ilm-fan yordamida to‘plagan bilimlar yig‘indisidir. Falsafiy 
dunyoqarash kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri 
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot beradi. 
Shu bilan birga u insonni qurshab turgan olamni, dunyoni va uning 
taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab
ziddiyatli jarayondan iboratligini tasdiqlaydi. 
Ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash kishilarning obyektiv mavjud 
bo‘lgan siyosiy hayotga nisbatan siyosiy qarashlari, siyosiy 
faoliyatga nisbatan munosabatlarining umumlashtirilgan tizimi 
ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash deb ataladi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling