Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Estetik dunyoqarash tabiiy va ijtimoiy borliqqa estetik 
qadriyatlar – go‘zallik, xunuklik, kulgili, fojiaviy va boshqalar 
asosida yondashishga asoslanadi. 
Ilmiy dunyoqarash – bu ilmiy metodlar yordamida ko‘p bor 
tekshirish, umumiy holda insoniyat tajribasi bilan tasdiqlanish 
qonunlariga tayanuvchi dunyoqarash.
Ilmiy qarash (yunoncha “idea” – g‘oya, tasavvur, tushunchalar 
yig‘indisi) muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy 
jihatdan asoslangan fikr, g‘oya bo‘lib, u shaxs tomonidan mavjud 
ilmiy bilimlar tizimi puxta o‘zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan 
taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini 
tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. Ilmiy qarash ilmiy dunyo-
qarashdan farqlanib, uning shakllanishi uchun asos vazifasini o‘taydi. 


264 
Hayotiy tajriba – har bir shaxs tomonidan uning umri 
davomida orttirgan bilimlar, malakalar, o‘quvlar majmui. 
Hozirgi kunda kishilarning ongi dunyoqarashida yangicha 
fikrlash yo‘sini mustahkamlanmasa, milliy istiqlol g‘oyasi, 
mazmuni va mohiyati ularga tushuntirilmasa katta o‘zgarish sodir 
bo‘lmasligi mumkin. Hozirgi muhim dolzarb masalalardan biri 
kishilarning eskicha dunyoqarashini o‘zgartirish, iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy jabhalarda fikrlashni o‘rgatish, mustaqillikni mustahkam-
lashda o‘z haq-huquqlarini anglab olish va noo‘xshov holatlarning 
hayotga kirib qolmasligiga qarshi kurashishga undashdan iborat. 
Milliy ong va mafkurani shakllantirish hozirgi kun talabi ekan, bu 
tushunchalar mohiyatini ham chuqur bilishimiz zarur. 
Milliy ong va mafkura. Ongni arabcha “aql” so‘zidan olingan, 
deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql iboralari 
o‘rtasida farqlar ham bor. 
Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql 
atamalari bildirgan ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql 
ham odam miyasining mahsulidir. “Odam onglaydi (anglaydi), aql 
yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy, 
siyosiy, falsafiy nuqtayi nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham
majmuyi hisoblanadi”. 
Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy 
etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, 
diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o‘zaro ta’siri 
tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va 
madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi. 
“Milliy ong - O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning 
samarali omillaridan biridir”. Milliy ongni davr talabi darajasiga 
ko‘tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bunda taolim-tarbiya muassasalarining roli ayniqsa muhimdir. 
Mafkura (arabcha “mafkura” - nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar 
tizimi, majmuyi) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, 
diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui. 
Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat ha- 
yotining ma’naviy-siyosiy inikosidir, uning inson ongida aks etishi, 
inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu 


265 
tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch 
bo‘lib xizmat qilishidir. 
Ongimiz va dunyoqarashimizda milliy istiqlol mafkurasini 
shakllantirishimiz kerak ekan, dastlab bu mafkuraning mohiyatini 
chuqur anglab olishimiz kerak. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling