Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o‘zaro uzviy 
bog‘liq, lekin shunga qaramasdan o‘z mazmunidan kelib chiqqan 
holda, ular o‘z spetsifikasiga ham egadir. Endi biz quyidagi: aqliy 
tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, huquqiy 
tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi 
tarbiya turlarining har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma 
sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning 
huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy 
bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini 
ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy 
tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror 
ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha 
kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag‘batlantiradi.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib 
beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - 
tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixo-
logik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jara-
yondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina 
1
Mirjalilova Yu. “ Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida talaba shaxsini axloqiy jihatdan 
tarbiyalash” Bitiruv malakaviy ishi. 2004 yil.


275 
o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar 
yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam 
beradi. 
5. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish usullari 
Axloq-kishining atrofidagi kishilarga munasobatiga ko‘ra 
uning burchini belgilaydigan normalar sistemasi, qisqa qilib ayt-
ganda, inson xulqining qoidalaridir. Qizig‘i shundaki, bu qoidalar 
hech qaysi Kodeksda ko‘rsatilmagan. Axloq me’yorini ham, ax-
loqlilik yoki axloqsizlik haqidagi bahoni ham xalq beradi. Xalq
nazaridan qolishning o‘zi axloqsizlik uchun berilgan eng oliy 
jazodir. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, axloq, avvalo, tarixiy va 
milliy xarakterga ega. Chunki birinchi xalq, uchun axloqiy fazilat 
bo‘lgan xislat ikkinchi bir xalq uchun axloqsizlik sanaladi.
Axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o‘z ifodasini 
topadi: 
1. Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu 
xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, 
baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida 
vatan boyliklarini ko‘paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga 
qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. 
2. Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy 
munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan 
yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va 
jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi, 
3. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Shaxsning jamoat-
chilik, ko‘pchilik manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘-
yishidir. 
4. Shaxsning o‘ziga, o‘z hulqiga axloqiy munosabatni tarbiya-
lashi - bu o‘quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir. 
Axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llari. 
Maktabda o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil 
usullar qo‘llaniladi: 
- dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo‘shib olib borish; 


276 
- ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya 
berish; 
- to‘g‘ri rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish 
orqali; 
- maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish orqali. Masalan, 
Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami; 
- barcha o‘quvchilaming maktabdagi umumiy va yagona 
tartib qoidaga rioya qildirish orqali; 
- turli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag‘batlantirish, 
jazolash usullaridan foydalanish orqali; 
- tarbiyaviy soatlar, “Odobnoma”, “Ma'naviyat asoslari” 
darslari saviyasini oshirish orqali; 
- mehnat ilg‘orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat faxriylari, 
hojilar bilan uchrashuvlar uyushtirish orqali;
- maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar 
o‘tkazish, turli axloqiy-ma'rifiy teleradio eshittirishlaridan foy-
dalanish; 
- dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va 
an'analarimiz aks etgan asarlarni o‘qib-o‘rganish orqali. 
Insonning ma'naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan 
tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va 
siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi va tarkib topadi. Axloq, odob 
haqidagi tushuncha, tasavvurlarni, odatlarni tarkib topshirishda 
xalq, og‘zaki ijodining, oilaning, atrof-muhitning tarbiyaviy ta’siri 
beqiyosdir. Bayramlarimiz, urf-odatlarimiz, marosimlarimiz, 
udumlarimiz ham bolalarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishda 
nihoyatda katta ahamiyatga egadir. 
Axloqiy tarbiya usullariga tushuntirish, na’muna ko‘rsatish, 
odatlantirish o‘rgatish, mashq qildirish) iltimos qilish, tilak-istak 
bildirish, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo‘l tilash) kabilar 
kiradi. Ta’kidlash, ta’na (gina, o‘pka) qilish, masxara qilish, majbur 
qilish, tanbeh berish, koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, uzr so‘rash, la’-
natlash, urish, kaltaklash singari tarbiya usullari ham keng 
tarqalgan. 
Axloqiy tarbiya vositalaridan biri maqollardir. Maqollar 
odamlarning hayoti va turmush jarayonida to‘plangan tajribalari 


277 
dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo‘lgan 
munosabati, o‘tmish hayoti va uning ibratli saboqlari, shaxsning 
ruhiy holati, umid va orzularini ifodalaydi. Shuning uchun ham ular 
bola tarbiyasida, xususan axloq va odobiga ijobiy ta’sir etadi. 
O‘zbek maqollari tinglovchiga o‘git-nasihat tarzida band 
o‘xshatishlar orqali aytiladi: 
Oltin olma, duo ol, 
Duo oltin emasmi. 
Onangga boshingni ham qil, 
Otangga gapingni kam qil. 
Ertak va dostonlarda bola tarbiyasining deyarli hamma tarkibiy 
jismlari tarkib topishgan oid materiallar ko‘p. 
Masalan: “qorasoch pari” ertagida Nodira yosh chog‘ida otadan 
yetim o‘sgandi. Onasi Nodirani safarga jo‘natishdan oldin unga 3 
nasihat aytadi: 
1) Birovga hiyonat qilma. 
2) Birovning dilini og‘ritma. 
3) Qaysi shaharga borsang, o‘sha shaharning qariyalari bilan 
suhbatlash. U onasining nasihatiga kirib, murod-maqsadiga yetadi. 
Yoki o‘z farzandini salomlashishga odatlantirolgan ota-
ona ulug‘lanadi; 
Qizil-qizil olma terdim,tepa shoxdan egilib, 
Qizlarjon o‘tib boradir, soch bosh yerga tegib, 
Salom bersam alik oldi, tol xivichdek egilib, 
O‘stirgan onangga rahmat, o‘lmagaysan ko‘z tegib. 
Yoki ota-ona qoralanadi, ta’na va isnodga qoladi: 
Ikki yuzing pishgan olma, 
Noz etib hargiz buralma. 
Ishdan hech bo‘yin tovlama, 
Chiroylisan ko‘rdik, kelin. 
Onang seni o‘stirgan xom, 
So‘zlarimni uqding tamom. 
Kattalarga bergil salom, 
Shunda qadring ortar kelin. 


278 
Qo‘shiqlarda ham salomlashish yoshlarning odobli yoki 
odobsizliklarini belgilaydigan omil ekanligi ko‘rsatiladi. 
Aka, yoringni ko‘rdik, 
Dalada yurgan ekan, 
Qaytarilib salom bersam, 
Tili yo‘q, hayvon ekan. 
Yoki allani ko‘raylik: 
Har daraxtning mevasi ko‘p bo‘lsa, boshi ham kelur, 
Har kishining dardi bo‘lsa, diydasidan nam kelur, 
Shodmonlik istasang oxir boshingga g‘am kelur, 
Nola qilsam, qo‘rqaman-majlisga nomahram kelur, 
Marhabojon, bibing aylansin bolam, dod allayo. 
Yoki «Usta Nishon» ertagini o‘qigan bolada yaxshi xulqli 
bo‘lish, duo olish, ota-onaga rahmat keltirish ishtiyoqi uyg‘onadi.
Yoki kuyida qoralash usulining qarg‘ish shakli ishlatilgan: 
Sen, juvonmarg, eshit mening tilimni, 
Nega sen yig‘latding mening ulimni 
Nega urding echki boqar kalimni 
Senda odam, bilib yurgin yo‘lingni! 
Otang hurmati siylab turayin 
E juvonmarg, bilganimday qilayin, 
Qarab turgin, sen ham meni bilasan, 
Echki boqar-kalga tegsang, o‘lasan. 
Shu satrlarni o‘qigan bolada yomon yo‘ldan yurish, odobsiz 
bo‘lishdan chekinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. 
Yoki «Zumrad va qimmat» ertagini olaylik. Zumrad aqlli, 
odobli, xushmuomala bo‘lgani uchun ham, u ertalab suvga 
borganda yo‘lda gullar ochilib, egilib salom berishadi, qushlar 
sayrab Zumradni maqtashadi, Qimmat suvga chiqsa, gullar 
qovog‘ini uyib, yumilib oladi, qushlar jim bo‘lib qolishadi.
Chunki Qimmat gullarni oyog‘i bilan ezib, yulib tashlar, 
gullarga toshlar otar edi.
Buni eshitgan bolalar Zumradga o‘xshab odobli bo‘lishni, 
Qimmatga o‘xshamaslikka harakat qilishadi. 
Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, unda ezgulik va 
yovuzlik o‘rtasida kurash ketadi va oxirida yaxshi bo‘lsang, albatta 


279 
murodingga yetasan degan xulosaga kelishadi va yaxshilikka intili-
shadi. Axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri hadisdir. 
Umuman Sharq xalqlarida odob-axloq, izzat-hurmat, hayo-
andisha uning insoniylik qiyofasini belgilovchi asosiy omildir. 
Darhaqiqat, Sharq xalqlarining ibrat bo‘larli axloqiy fazilatlari 
benihoya ko‘pdir. 
Darhaqiqat mutafakkirimiz Abdulla Avloniy “Intizom deb 
qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida 
tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, 
insonlar bir daqiqa yasholmas edilar” deb ta’kidlaydi.
Demak, intizom ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladigan xislat, 
tartib-odob, ma’naviy quvvatdir. Intizom yaxshi xulqlarning 
manbaidir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling