Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Huquqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Huquqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat: 
- (qonunga ) huquqqa, jamoatdagi tartibni saqlovchi organ va 
shaxslarga hurmat va muomalani shakllantirish
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunchilik 
asoslari zimmasidagi huquq va majburiyatlarni bilish; 
- qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilish va 
fuqarolik burchi va mas’uliyatini chuqur his etish; 
- qonunbuzarlarga qarshi kurashishga shay turish
- huquqiy demokratik davlat insoniylik prinsiplariga hurmat 
bilan qarash va h.k 
Huquqiy bilim demak, huquqiy me’yorlardan (norma) o‘z faoli-
yati davomida o‘rinli foydalana bilish qobiliyatidir. Shuningdek, u 
shaxsning huquqni anglashi bilan uzviy bog‘liq. Huquqiy me’yor-
larning hamda noqonuniylikning, qonunga xilof xatti-harakatning
qonunga munosabatning kishilar tomonidan to‘g‘ri anglashidir.


283 
O‘quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan fuqarolik davla-
tini barpo etish murakkab vazifadir. Huquqiy ong poydevoriga 
avvalo oilada asos solinadi. So‘ngra ta’lim-tarbiya muassasalarida 
bu faoliyat davom ettiriladi.
Huquqiy tarbiya metodlari

ishontirish; majburlash; kasbiy na’muna; rag‘batlantirish.
Bolalarning qalbi va vujudiga go‘daklik paytidan boshlab 
odob-axloq, huquqiy qonun-qoidalar haqida ilk tasavvur va 
tushunchalarni singdirishda jamiyatning asosi, negizi bo‘lgan 
oilaning roli va ahamiyati katta. Daho xalqimiz bu borada ham 
o‘ziga xos huquqiy tarbiya maktabini yaratgan. Ota-bobolarimiz 
bolalarga turli mavzularda ertaklar aytib berish orqali ularning 
ongida ilk huquqiy tushunchalarni shakllantirganlar. “Tekin tomoq 
bo‘lma”, “Mehnatdan qochma”, “Yolg‘on gapirma”, “Yomonga 
yaqinlashma”, “Yomon bilan yurma” kabi ibrat, o‘git mazmunida-
gi gaplar ham kichkintoylarni tasavvurida ilk huquqiy tushuncha-
larni paydo qiladi. Huquqiy tarbiya serqirra, o‘ta murakkab, uzoq 
davom etadigan jarayondir. Aslida “Qonunlar qonuni vijdondir”. 
“Faqat vijdongina insonlar hayotining odil rahnamosidir” (Lev 
Tolstoy). Yoshlarni huquqiy savodxon qilib tarbiyalashda huquqiy 
ta’lim katta ahamiyatga ega. Huquqiy ongni shakllantirish orqali 
huquqiy tarbiya me’yorlarini hayotga tadbiq etish muayyan 
qoidalarga amal qilishga yordam beradi. Huquqiy ongni oshirish va 
huquqiy madaniyatni yuksaltirish O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va boshqa mavjud qonunlar yoki huquqiy me’yoriy 
hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling