Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Huquqiy tarbiyaning umumiy pedagogik xususiyatlari
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
Huquqiy tarbiyaning umumiy pedagogik xususiyatlari
Maktabdagi huquqiy tarbiya – o‘z ichiga o‘quvchilarni huquqiy bilimlar bilan qurollantirish, mazkur bilimlar asosida o‘z xulq- atvoriga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, qonun va qoidalarga rioya qilish muhimligini uqtirish, muayyan huquq va erkinliklardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini singdirishni qamrab oladi. Umuman, uslubiy rejadan kelib chiqib, tarbiyaga kompleks yondashuv prinsipi nuqtayi nazardan qaralganda, uni g‘oyaviy, siyosiy, axloqiy, estetik tarbiya ta’sirining yig‘indisi sifatida 284 tushunish mumkin. Huquqiy tarbiyaning quyidagi uslublarini ajratish lozim: 1. Huquqiy ongni shakllantirishda: - e’tiqod, isbot; huquqiy mavzularda suhbatlar, ma’ruzalar, hikoyalar; - Huquqiy mavzularga oid bosma materiallarni va san’at asarlarini muhokama qilish. 2. Huquqiy axloq asosini, malakasini, odatlarini va huquqni himoya qilish faoliyati tajribasini shakllantirish usuli: - Umumiy talab (ayrim holatlarida huquqiy asoslar bilan): - O‘rnatish: - Misol: - O‘quvchilarning huquqini himoya qilish faoliyatini tashkillashtiradi; - Ijodiy o‘yindan foydalanish: - Musobaqa: 3. Huquqiy tarbiyani kuchaytirish uchun rag‘batlantirish yoki jazo usullarini qo‘llash. O‘quvchilar huquqiy tarbiyaning nafaqat subyektlarida, balki subyektlari sifatida ular avvalo jamoa fikri bilan o‘z a’zolariga faol ta’sir etib jamoa a’zolari sifatida ham qatnashmoqdalar. Maktab o‘quvchilarini huquqiy tarbiyalash shakllar tizimi ikki qismdan iborat bo‘lib, og‘zaki va amaliy ishlardir. Ular o‘zaro bog‘liq. Huquqiy tarbiyaning asosiy og‘zaki shakli darslar jarayonida o‘z ifodasini topadi. Fikrimizning dalili sifatida olib borilayotgan darslarni misol tariqasida keltirish mumkin. Shu o‘rinda huquqiy tarbiya o‘quvchilar ruhiyatiga qanday singdirilayotganligi ma’lum bo‘ladi. Darhaqiqat, yaxshi dars yirik bir asardir. Huquqiy darslar davomida o‘quvchilarni qonuniy va qay holatlarda qonun buzilishlar sodir etilishini chuqur idrok etib borishlari lozim. Shuningdek, ushbu darajalarda davlat ramzlari, ularga nisbatan faxr-iftixor, Ona Vatanga cheksiz mehr tuyg‘ulari singdirilib borilishi lozim. Huquqiy tarbiyaning og‘zaki yana bir shakli yoki ko‘rinishi bu qonunchilikning asoslari bo‘yicha fakultativ darslardir. Bunday darslarga amaliy tashkiliy tadbirlar, jumladan, qonunni muhofaza 285 qiluvchi idoralar xodimlari, qonunshunoslar bilan uchrashuvlar bilan, huquqiy mavzuda uyushtirilgan muloqotlarni o‘tkazish, tashkiliy hujjatlarni tuzish singari faoliyatlarni kiritish mumkin emas. Tarbiyaning mustaqil shakli huquqiy mavzuda bahs yuritish. Bunda o‘quvchilarning faolligi, huquqiy mavzular bo‘yicha bilimi, qonuniy va noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi e’tirozlari, u yoki bu qonunbuzarlarga nisbatan qarashlari aniqlanadi. Huquqiy tarbiyaning yana bir shakli bu huquqiy mavzularda suhbatlar, huquqiy yo‘naltirish, konferensiyalar, seminarlar va hokazolar tashkil etish. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling