Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Huquqiy tarbiyada shaxsni hisobga olish


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Huquqiy tarbiyada shaxsni hisobga olish. Huquqiy tarbiyada 
tarbiyalanuvchning shaxsi hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega. 
Bunga uning yoshi, u o‘sgan muhit, bilim doirasi (darajasi), fe’l-
atvori, jinsi, rivojlanishi, kuch-quvvati, tuzilishi, va hokazolar 
kiradi. 
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun, masalan, huquqiy 
bilimlar, elementar axloqiy bilimlar bilan uyg‘unlashgan holda 
yo‘naltiriladi. Masalan, kichkintoylarga har bir narsaning nimasi 
yaxshi-yu nimasi yomonligini misollar orqali tushuntirish lozim. 
Aniq vazifalar davlat va huquq masalalari bo‘yicha bilimlar 
tizimini, tushunarli ko‘rinishda shakllantirish, davlat organlari va 
tashkilotlarga, huquqqa qonunchilik prinsiplariga, huquqiy majbu-
riy va umumiy ko‘rinishdagi xulq-atvor shakllarini shaklantirish; 
fuqarolarga har qanday qonunbuzarlikka murosasizlik ruhini 
singdirish; nafaqat o‘zi, balki davlat, jamiyat, boshqa shaxslar 
huquqi va manfaatini himoya qila olish kayfiyatini shakllantirish. 
O‘quv jarayonida o‘quvchilarni huquqiy tarbiyalash uslubiyati 
xususiyatlari quyidagilardan kelib chiqadi. Birinchidan, o‘quvchi-
larning axloqiy tasavvurlarini to‘g‘ri shakllantirish, o‘qituvchining 
nafaqat umum tarbiya faoliyati davomida, balki darsda, o‘qitish 
jarayonida ham e’tiborda bo‘lish lozim. Ikkinchidan, maktabda 
huquqiy tarbiya jarayonida har bir holatning mohiyatini aniq
ravshan va tushunarli ravishda singdirish muhimligini ta’kidlab 
o‘tish lozim. O‘qituvchi o‘quvchilar ruhiyatida mavzuga katta 
qiziqish uyg‘ota olishi zarur. Uchinchidan, jamiyatda huquqiy 
talablarning mavjudligi va mazmun mohiyati to‘g‘risidagi umumiy 


286 
tasavvurdan kelib chiqqan holda yuqori sinflarda o‘quvchilar 
ongida bilimlar tizimini, hukumat va qonun chiqaruvchi organlar, 
huquq institutlari, huquqiy me’yorlarning rivojlanish asoslari, 
qonuniyatlari, shuningdek, huquq va majburiyatga oid qarorlar 
hamda ularning bajarilishi xususida ma’lumotlar berib borilishi 
maqsadida muvofiqdir. To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya jarayonida 
ba’zi bir qonunlar matnlarni o‘qib berish, o‘quvchilarga me’yoriy 
qonunlar muhim moddalarini yozib olishga imkoniyat va vaqt 
berish joiz. Beshinchidan, dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarga 
davlat va huquq to‘g‘risida umumiy tushuncha berish, shuningdek, 
huquqiy yo‘nalishlar (yo‘l-yo‘riqlar) ga alohida to‘xtalib o‘tish 
lozim. Oltinchidan, o‘qituvchining ish quroli sifatida unda davriy 
bosma materiallar, oliy majlis sessiyasi hujjatlari, farmon va 
qarorlari vazirlar mahkamasi qarorlari hamda Huquqiy me’yoriy 
hujjatlar bo‘lishi kerak. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling