Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


O‘qituvchi o‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalari va


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

O‘qituvchi o‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalari va 
uslublarni…
O‘qituvchi o‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalarini hal 
qilishda bolalarning yoshini e’tiborda tutmog‘i joiz, hamda tarbiya 
muammolarini “markaziy tarmog‘i” ni aniqlashga harakat qilish 
zarur. Xususan, u shu tarzda o‘quvchining yoshiga qarab, (maktab, 
litsey, kollej, oliygoh, va hokazo). Huquqiy tarbiyaning shakl va 
uslublarini chuqurlashtirib borgani durust. O‘qituvchining bor sa’y-
harakati, o‘quvchi qalbida o‘z xatti-harakatiga nisbatan chuqur 
mas’uliyat hissini uyg‘otishdan iboratdir. Inchunun, huquqiy 
fanlarni o‘rganish jarayoni uchta asosiy elementlarning uzviy 
bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, bu o‘qituvichi faoliyati, 
o‘quvchilar sa’y-harakati va ta’lim mazmun-mohiyatidan iboratdir.
Xususan, buni shunday izohlash mumkin. Ushbu faoliyat 
huquqiy tarbiyaning maqsadlarga yo‘naltirilishi (bo‘ysundirilishi) 
va ularning bilim olish jarayonida o‘quvchilar yutuqlari natijalarida 
namoyon bo‘lishidir. Shu tarzda huquqiy bilimlar (sistemasi) 
tizimlar qay tarzda singdirilganligi aniqlanadi hamda tinglovchi-
larda huquqiy qarashlar va axloqiy e’tiqod mavzusini shakl-
lantiradi.
 


287 
7. Mehnat tarbiyasi 
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat 
tarbiyasining o‘rni beqiyosdir. Insonning kundalik turmush tarzi 
mehnat va faoliyati bilan bog‘liqdir. Shu sababli mehnat butun 
moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyotining 
negizidir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlan-
tirishning ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama 
shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatda ulg‘ayish omili hamdir. 
Muntazam qilingan mehnat jarayonidagi bola o‘z aqlini, irodasini, 
hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin.
Mehnat – farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy 
sharti bo‘lganligi sababli hamma insonlar uchun majburiydir. 
Bolalarni mehnatni sevish ruhida tarbiyalash-butun insoniyatni 
tarbiyalash demakdir. Shu boisdan yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri 
munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash barcha ta’lim-tarbiya 
muassasalari faoliyatining asosiy negizi bo‘lib qolmoqda.
Pedagogikada yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi 
juda katta ro‘l o‘ynashini ta’kidlab o‘tgan rus pedagogi K.D. 
Ushinskiy bunday deb yozgan edi: “Tarbiyaning o‘zi, agar u 
kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalash 
kerak emas, balki turmush mehnatiga tayorlashi lozim”.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak-atrofidagi muhitini, real 
buyumlarni anglab, bilib olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unga 
nazariy bilimlarni qo‘llanish imkoniyatini yaratib beradi, uning 
ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitish. Jumladan, mehnatning 
ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga e’tibor berish, mehnat o‘quvchining 
yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi, mehnat 
faoliyatlari ijodiy harakatda bo‘lishi, o‘z vaqtida turli kasblar 
haqida ma’lumotlar berib borilishi, mehnat ahllari bilan doimo 
suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Umuman olganda, 
mehnat tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat 
tarbiyasining bosh g‘oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, 
ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, 
mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. Insoniyat tomonidan 
yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, ijtimoiy 


288 
taraqqiyot asosida, mehnat faoliyati natijasidir. Jamiyatda tashkil 
etiladigan mehnat tarbiyasi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida 
tarbiyalash, ularning vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo‘lida 
mehnat qilish, rivojlangan demokratik va huquqiy davlatni barpo 
etish jarayonida faol ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, 
yagona maqsad yo‘lida harakat qilishga tayyorlashdan iborat 
jarayonni o‘z ichiga oladi. Sharqning yetuk mutafakkirlari 
mehnatning shaxs kamoloti, shuningdek, jamiyat rivojidagi ro‘liga 
yuksak baho berishgan. Zero, mehnat insonning ham ruhan 
kamolotga yetishini ta’minlaydi. Inson o‘z mehnati bilan moddiy 
va ma’naviy boyliklarni yaratib berar ekan, ayni vaqtda uning o‘zi 
ham shaxs sifatida shakllanib boradi, chunki inson aksariyat 
hollarda o‘z mehnat faoliyati bilan ijtimoiy munosabatlar subyekti 
( ishtirokchisi )ga aylanadi. Shu bois insonni yoshligidanoq mehnat 
faoliyatiga jalb etish maqsadga muvofiqdir. Mustaqil har 
tomonlama kamolga yetgan barkamol shaxs uchun zarur bo‘lgan 
ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga 
cheksiz muhabbat, do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy 
g‘urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur. 
Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. Mehnat 
tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, 
ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-
foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllan-
tirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy 
tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat 
tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va 
uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. 
Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy 
xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir. 
O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda mehnat 
tarbiyasi muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga 
oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy 
siyosat mazmuni bilan belgilanadi. 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllan-
tirishning asosiy tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi. 


289 
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak 
bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda 
kompyuterlashtirish, iste’mol mahsulotlarini jahon standartlari 
darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. 
Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga 
ega bo‘lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va 
iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, 
ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo 
etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat ta’limi 
va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi. 
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli 
munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida 
quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: 

 
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni 
zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga 
tayyorlash; 


Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling