Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat 
uyg‘otish; 

 
o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakl-
lantirish va hokazolar. 
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka 
egalik, xususiy mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib 
borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha yondashuvni talab 
etmoqda. 
Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv 
dasturlari, ta’lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi. 
Dasturlar kasb-hunar kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha 
yaratiladi. Ularda kasbiy ta’limni o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan 
davlat talablari o‘z ifodasini topadi. 
Ta’lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar 
mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, 
balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya’ni, mehnatga bo‘lgan 
layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Bu esa mehnat 
tarbiyasida an’anaviy metodlarni emas, balki bilim olishning faol 
metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotchilik hamda 
ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo‘llashni 
nazarda tutadi. Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot 
metodlari, konstruktorlash, loyihalash, texnik modellashtirish
mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi variantlarini 
izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olish, shuningdek, 
tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng 
samarali metodlardan sanaladi. 


295 
Mehnat ta’limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari 
o‘qituvchi tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar 
bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga mehnati muvaffaqiyatidan quvonch 
baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin. 
Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy 
bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu 
esa, o‘z navbatida, mehnat ta’limi mazmunini ham takomillash-
tiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika 
va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni 
hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta’minlashi 
lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, 
ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini 
yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling