Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
8. Iqtisodiy tarbiya 
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayot-
gan sharoitda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda 
iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko‘nikma, malakalarni shakllan-
tirish o‘ziga hos ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, 
ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, oila xo’ja-
ligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, 
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni 
tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat 
bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi. 
Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan 
iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy 
tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik 
o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni 
kafolatlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar 
amalga oshiriladi: 

 
o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jali-
gini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, 
ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik 


296 
faoliyati, kichik va o‘rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, 
banklar, bank operatsiyalari, bujdetni shakllantirish, daromad, 
bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish 
va ularni takomillashtirish; 

 
o‘quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud 
moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash

 
ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirish; 

 
ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;

 
o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga 
nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish; 

 
ular tomonidan tor doirada bo‘lsada tadbirkorlik faoliya-
tining yo‘lga qo‘yilishiga erishish. 
Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda trening-
lar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish 
korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki 
muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini 
shakllantiruvchi ishchanlik o‘yinlari, o‘quvchilarning ishlab 
chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon 
beruvchi ko‘rik-tanlovlar, ularning iqtisodiy tafakkurini o‘stiruvchi 
iqtisodiy yo‘nalishdagi konferensiya, seminar va munozaralarni 
tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
“Xalqimizning yo‘li – mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo‘li-
dir” nomli asarida quyidagilarni bayon etadi: “Bozor munosa-
batlariga o‘tish davrida o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni, marke-
ting, menejment, biznes sohasida bizning iqtisodiy rivojlanishi-
mizda bu tushunchalarnig mohiyati va roli borasida ko‘proq bilim 
berishimiz maqsadga muvofiqdir”, - deya ta’kidlagan edi. O‘zbe-
kiston rahbariyatining mustaqillikni e’lon qilgandan keyingi dast-
labki qadamlaridan biri iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan 
iborat bo‘ldi. Bunga quyidagi tamoyillar asos qilib olindi: 


297 
1. 
Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ta’siri ostida 
bo‘lmasligi kerak. Bu iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak-
ligini bildiradi. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarning 
mafkuradan holi bo‘lishini ta’minlash kerak. 
2. 
Davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘lishi darkor. U 
ustunlikni belgilashi, o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va 
izchillik bilan amalga oshirishi, jaholatparast va mutaasiblar 
qarshiligini bartaraf etishi lozim. 
3. 
Qonunning ustuvorligi, qonunga rioya qilish. Bu demokratik 
yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiyani va qonunlarni 
istisnosiz hamma kishi hurmat qilishi hamda ularga so‘zsiz rioya 
qilishi kerakligini bildiradi. 
4. 
Aholining demografik tuzilishini hisobga olgan holda kuchli 
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarining joriy 
etilishi aholini ijtimoiy himoya qilishga doir amaliy tadbirlarning 
o‘tkazilishi bilan birga olib borilishi kerak. Bu bozor iqtisodiyoti 
yo‘lidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan edi va shunday 
bo‘lib qoladi. 
5. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish puxta o‘ylangan holda, 
bosqichma-bosqich, obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar talablarini 
hisobga olish tamoyillarini o‘z ichiga oladi. 
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim 
muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, shuningdek, 
oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. 
Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, 
to‘garaklar ko‘rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu 
hunar yo‘nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o‘quvchilarda 
iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi. Demak, 
iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo‘lib, jamiyatning eng 
muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, 
insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, 
uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi. 
Bulardan ma’lumki, inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan 
doimiy munosabatda bo‘ladi. Iqtisodiy tarbiya, avvalo, oiladan 
boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatse-
varlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini 


298 
ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini 
anglab yetadi, mustaqil faoliyat yuritishni o‘rganadi, ularda 
tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi. 
Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalarni 
tartibli saqlash, kiyim-kechaklarni asrab-avaylash, uy jihozlarini 
ta’mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. 
Ota-onalar bolalarni mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga 
zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarda 
oilada ham, ta’lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga 
o‘rgatish katta ahamiyatga ega. 
Iqtisodiy tarbiya o‘z ichiga o‘quvchilar tomonidan iqtisodiyot 
asoslarini o‘rganish, ularning unumli va ijtimoiy mehnatning turli 
ko‘rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va 
malakalarga ega bo‘lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga 
olish va nazorat qilish kabilarni oladi. 
Iqtisodiy tarbiyaning inson va jamiyat, iqtisodiy geografiya, 
tarix, matematika, kimyo, biologiya, mehnat ta’limi darslarida 
amalga oshirilishi yanada ijobiy samaralarni beradi. Eng muhimi 
«Iqtisodiyot asoslari» o‘quv fani asosida o‘quvchilar iqtisodiy 
tushunchalar, kategoriyalar hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish 
qonuniyatlarini o‘rganadilar. 
Jamiyatda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga 
oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish, 
xo‘jalikni oqilona tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi 
tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operatsiyalarni to‘g‘ri tashkil 
etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish 
samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o‘rta biznes, ijara, 
bozor infrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo‘shimcha 
daromad, budjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti, 
shartnoma, birja, raqobat, menejment, marketing, pul, bank, banknot 
va boshqalar haqida to‘la ma’lumotlarning berilishi o‘quvchilarning 
iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi. Maktabda olib 
boriladigan iqtisodiy ta’lim va tarbiya ishlari aynan shu maqsadga 
xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – 
o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat iqtisodiy 


299 
barqarorligini ta'minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal 
qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish 
borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarini 
hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni 
asrash, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror 
toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish yotadi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling