Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
Iqtisodiy tarbiya vazifalari:
− o‘quvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib borish; − oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish; − bolalarda o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan izlanishlarda mehnatga yo‘nalganlikni tarbiyalash; − kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lish, tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xo‘jalikni tejab-tergab olib borish kabi sifatlarni tarbiyalash; − o‘quvchilarni iqtisodiy tahlil qilish malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish, tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini shakllantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini egallab olish; − mas’uliyatsizlikka, mehnatdagi tartibsizlikka, bekorchilikka, boqimandalik kayfiyatlariga, xo‘jasizlikka, isrofgarchilikka, bepar- volikka murosasiz munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash va hokazo. Iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati xususida Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlar o‘z qarashlarini bayon etganlar. Ibn Muso al- Xorazmiy kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerakligi, shundagina u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkinligini ta'kidlasa, Abu Nasr al-Forobiy insonga yashash uchun juda ko‘p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e’tirof etadi. Al-Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. 300 Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o‘rgatish lozim deb ko‘rsatadi. Inson hunarni puxta o‘rganishi shart. Chunki hunar unga kelajakda ro‘zg‘or tebratish uchun kerak. Bu shunday olib borilishi kerakki, u o‘z mehnatining natijalarini ko‘ra bilsin. Shundagina bola o‘z imkoniyatidan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri foydalanayotganini anglashi lozim. Hunar egallash yosh- larni mustaqillikka o‘rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilish- ni ham o‘rganadi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik hususiyatlariga ega bo‘ladi. Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o‘quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq olayotganliklarini ko‘rsatuvchi muhim belgilardir. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling