Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
9. Ekologik tarbiya 
“Ekologiya” tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel 
tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha 
“oikos” -turar joy, makon, “logos” - fan) o‘quvchilarga dastlabki 
ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, 
ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. 
O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini 
tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga 
oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni “O‘zbekiston 
Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat 
rejasi”da o‘z ifodasini topgan.
Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, ekologik 
muammolarning ijtimoiy xavfi xususida to‘xtalib, O‘zbekiston 
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrni qayd 
etadi: “Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va 
mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy 
muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng 
miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish 
barcha halqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning 


301 
hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal 
qilinishiga bog‘liqdir”. 
O‘quvlarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror 
toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga 
erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich 
sanaladi.
Ekologik ta’lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, 
tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga 
yo‘naltirilgan ta’limiy jarayonidir.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va 
tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik 
madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va 
atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi 
tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-
psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik faoliyat esa 
ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit 
muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-
harakatlar majmui demakdir.
Ekologik madaniyat o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq 
tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy 
qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal 
etilishi zarur:
1. 
O‘quvchilarning ta’lim jarayonida o‘zlashtirgan ekologik 
bilimlarini yanada oshirish. 
2. 
Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to‘g‘risidagi 
tasavvurini boyitish. 
3. 
O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash 
ijtimoiy zaruriyat ekanligi to‘g‘risidagi e’tiqodni shakllantirish.
4. 
O‘quvchilarda ekologik faoliyat ko‘nikma va malakalarni 
tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini 
ta’minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish. 
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiya-
ning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy 
tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, xashar, 
ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy 


302 
faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish va jazolash kabi metodlar 
yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror 
topishini ta’minlaydi.
O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan subyektlarning shaxsiy 
namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot 
vositalari (shu jumladan, internet) materiallari va ularning g‘oyalari 
o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim 
vositalari sanaladi.
“Ekologiya” tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel 
tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha 
“oikos” -turar joy, makon, “logos” -fan) o‘quvchilarga dastlabki 
ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, 
ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. 
Ekologik ta'lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan 
tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar 
tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga 
nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. 
Ekologik ta'lim-tarbiya umumiy ta'lim-tarbiyaning yangi 
shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda 
amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh 
maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga 
ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash 
jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-
tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi. 
Atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido” 
asarida “Men bolalar “Alifbe”ni ochib, birinchi so‘zini g‘ijjalab 
o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob-tabiat kitobini 
mutolaa etishlarini istardim” deb ta'kidlaganidek, bu boradagi 
barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga 
muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan 
muhiti-shahar va qishloq ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish, 
mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, hiyobonlarni, suv 
havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda 


303 
kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. 
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. 
Ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi 
tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta'lim bosqichlarida 
hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. 
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor bilan 
qaraganlar va bu borada ibratli an'analarni vujudga keltirganlar. 
Bolalar go‘daklik chog‘laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini 
oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga 
hurmat, obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish hissi sabot bilan 
singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni 
alohida chuqurchalarga tashlash; xojatxonalarni ariq, soy, buloq 
suvlaridan uzoqroq joyda kovlash; yong‘in chiqmasligi chorasini 
ko‘rish; turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki 
qurib qolganlaridan foydalanish; nihollarni sindirib, payhon 
qilmaslik; qushlarning uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar 
shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga “Suvga tuflama, uni 
iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi”, “Gullab 
turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni 
o‘zing iste'mol qilasan”, “Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar 
uzsang katta gunoh ish bo‘ladi. Chunki unda ahli mo‘minning 
nasibasi bor” ‒ deb pandu-nasihatlar qilganlar. Islomdan avval 
zardushtiylik dinida tabiatni, xususan, suvni iflos yoki isrof qilgan 
kishi 400 darra kaltaklangan. Suvga hurmat islom dinimizda ham 
saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta'sirida xalqda ko‘plab 
maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyalar, ertaklar vujudga kelgan. 
Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog‘chalarida, 
umumiy ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda 
mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Ekologiya fani hozirgi bozor 
munosabatlari davrida ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar 
ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi 
va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha 
obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va 
yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu 
yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu 


304 
bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana 
boshqa yo‘nalishda ham ish olib borishni talab etmoqda. U ham 
bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. 
Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, 
lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya 
insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni 
shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga 
talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni 
qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, 
ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan 
munosabatlar) kiradi. Shunday qilib, ekologik tarbiya inson 
hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi. 
Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni 
egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni ham 
shakllantirib borish zarur bo‘ladi. Ekologik munosabatlarga: 
1. 
Hayotga munosabat. 
2. 
Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
3. 
Javobgarlik hissini tarbiyalash.
4. 
Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish 
mumkin. 
Inson umrining asosiy qismi oila davrasida kechganligi uchun 
uning kamoloti tarbiya, iqtidor, salomatlik kabi tushunchalar bilan 
uyg‘undir. Chunki bularning asoslari aynan oilaviy muhitda 
shakllanadi.
Oila shunday maskanki unda hayotning davomiyligini ta’min-
lovchi shaxs shakllanadi. 
Oila, jamiyat va tabiatda bugungi kunda shunday muammolar 
paydo bo‘lmoqdaki, bularni osonlikcha hal etib bo‘lmaydi. Bu 
muammolar eng avvalo, ekologiya, salomatlikni saqlashga tegishli. 
Aholi istiqomat qilayotgan joylarni, ularni o‘rab turgan atrof-
muhitni tezroq sog‘lomlashtirish, go‘zal tabiatimizga rahna 
solmaslik, odamlarni turli kasalliklardan asrash, avaylash va 
kasalliklarning oldini olish eng muhim masalalardan hisoblanadi. 
Shuning uchun oilada ekologik tarbiyani shakllantirish juda katta 
ahamiyatga ega. 


305 
Ekologik xavf mavjud bo‘lib turgan holatda, bu bilan faqat 
mutaxassislar shug‘ullanishi lozim yoki ekologik tarbiyani faqat 
tarbiyachilar yoki o‘qituvchilar beradi deb hisoblab, qo‘l 
qovushtirib o‘tirish noto‘g‘ri. Ekologik tarbiyani avvalo, eng 
mustahkam va xotirada umrning oxirigacha saqlanib qoladigan 
qismini ona va ota – ya’ni oila beradi. Oilada bolani kichik yoshdan 
ekologik tarbiyaga o‘rgatishda quyidagi omillar mavjud: 
- milliy qadriyatlar, diniy, qadimiy urf-odatlarni tushuntirib 
borish; 
- shaxsiy ibrat, ya’ni, ota-onaning amalda tabiatni asrashga 
harakat qilishi, bevosita o‘z faoliyatlari orqali buni isbotlab berishi. 
Ota-ona, bobo-momolarni e’zozlash, kattalarga hurmat
kichiklarga izzat, oilani muqaddas bilish, er-xotin o‘rtasidagi 
muomalada teng huquqlilik farzandlar tarbiyasiga mas’ullik, 
qarindoshlik urug‘chilik munosabatini me’yorida olib borish, 
yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish – bular umumin-
soniy qadriyatlarning eng oddiy ko‘rinishlaridir. Chunki oila 
vakillari tor darajadagi qiziqishlaridan umuminsoniy qadriyatlarga 
ko‘proq yaqin bo‘lishi, odamlar o‘rtasidagi milliy, irqiy, ijtimoiy 
farq¬larga falsafiy qaray bilishlari kerakligini hayot ko‘rsatmoqda. 
Ilmiy tarbiya esa bolaga dastlabki ekologik ko‘nikmalar paydo 
bo‘lgandan so‘ng, mustahkamlovchi omillar sifatida singdiriladi. 
Masalan, ekologiyaga oid maqolalarni sodda bir tarzda sharhlab 
tushuntirishni, oilaviy dasturxon ustida suhbat chog‘ida ekologik 
fojialar har bir insonning aybi bilan yuzaga kelishini isbotlab berish 
orqali amalga oshiriladi. Ko‘rgazmali tarbiya esa bevosita onaning 
xatti-harakati orqali bola mustaqil ish bajara oladigan yoki ona 
bilan birga ish qila boshlagan bir paytda olib boriladi. Masalan, 
uydagi gullarni ehtiyotkorlik bilan, hayvonlar, qushlarni mehr bilan 
parvarishlashi, suv, gazning tejab ishlatilishi va boshqa ishlarni olib 
borishi, shuningdek, ko‘chalarning go‘zal joylarini alohida 
ko‘rsatish, yoki chiqindi uyumlarini, sindirilgan daraxt, toptalgan 
o‘t-o‘lanlarni bolaga ko‘rsatib, unday ishni qilgan bolalarni yaxshi 
inson bo‘lib yetisha olmasligini misollar bilan aytish orqali amalga 
oshiriladi. 


306 
Aslida, bu tarbiya uzluksiz, mantiqiy izchillik bilan har doim 
davom etishi lozim. Bunday tarbiya uchun avvalo, ota-onaning 
o‘zlari ekologik ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. Hech bir oila yo‘qki 
o‘z farzandlarining barkamol bo‘lishini xohlamasa, hech bir zot 
yo‘qki, go‘zal, xushhavo, serobgarchilik yurtni istamasa. Zero, 
ekologik tarbiya barkamol insonning o‘zagidir. Oilada bola 
o‘simlik va hayvonlarni e’zozlash, avaylash mohiyatini 
tushunmasa va bilmasa, kundalik turmushda unga o‘rgatilmasa, 
bolaning umumiy tarbiyasida tabiatni qadrlash, e’zozlash fazilatlari 
va u bilan bog‘liq axloqiy va insoniy ko‘nikmalari yetishmaydi. 
Hozirgi sharoitda ekologiya muammosi axloqiy ongning bu 
masalaga oid tomonlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish ilmiy 
uslubiy asoslangan amaliy tavsiyalar berish kerakligini taqozo 
etmoqda. Umuman olganda, inson umrini qamrab oladigan 
ekologik ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish payti keldi. 
Bugungi kunda tabiat va uning boyliklariga nisbatan bo‘layotgan 
ehtiyotkorlik ko‘pgina obyektiv ehtiyojlar tufayli emas, balki 
ekologik madaniyatsizlik, tabiatdagi o‘zaro aloqadorlikni 
tushunmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Tabiatga yetkaziladigan 
salbiy ta’sir asta-sekin kishilar hayoti uchun xavf tug‘dirishini 
aholi, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish darkor. Yoshlarni ekologik 
ruhda tarbiyalash dastavval oilada boshlanadi. Xalqimizda bola 
boshdan degan naql bor. Yoshlikdagi to‘g‘ri tarbiya kamolotni 
ta’minlaydi. Ekologik tarbiyaning o‘ziga xos va juda murakkab 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, uni ekologik ma’naviyat va 
ommaviy tarbiya ishlarining muhim tarmoqlaridan biri sifatida 
yuqori darajaga ko‘tarmoq kerak. Bizning farzandlarimiz 
kamolotga yetishlari uchun oilada sog‘lom muhit barqaror bo‘lishi 
lozim. Oila asosi er-xotin orasidagi munosabatlar samimiy, bir-
biriga mehribon bo‘lib, yolg‘on gaplarsiz, gumonsiz ochiq chehra, 
shirin so‘z orqali kechishi oiladagi ruhiy va ma’naviy muhitning 
sozligini ta’minlaydi. Shu o‘rinda birinchi navbatda oilada ota-
onaning ekologik ma’lumotlar bo‘yicha pedagogika madaniyatini 
hamda uni amalda qo‘llashga o‘rgatish bilan ta’lim berish 
muammolarini ham hal etish darkor. Shuningdek, oilada bolalarga 
ekologik tarbiya haqida ma’lumot berish hamda hayotda qo‘llashga 


307 
o‘rgatuvchi ko‘nikma va milliy urf-odatlarni shakllantirish lozim. 
Bu muhim muammoni hal qilmay oilada bolalarni ekologik 
tarbiyalash mushkuldir. Inson hayoti bilan tashqi muhit o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni hech kim inkor etmaydi. Lekin uni ko‘pincha yuzaki 
tushunamiz. Aslida, mana shu nuqtayi nazar, tasavvur insonni 
tashqi olamdan ajratib qo‘yishi mumkin. Ekologik madaniyat, eng 
avvalo, insonning o‘z-o‘zini bilishidan boshlanadi. Ekologik 
madaniyat sohibi bo‘lish, tabiatga zarar keltirish emas, balki uning 
gullab yashnashi, yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shish, unga 
yomon munosabatda bo‘lganlarga qarshi mardonavor kurashmoq 
ham demakdir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling