Nafosat tarbiyasini berish yo‘llari: Maktabda nafosat
tarbiyasini berish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Nafosat
tarbiyasi o‘qish jarayonida, o‘quvchilarga badiiy jihatdan tarbi-
yalaydigan “Matematika”, “O‘qish”, “Jismoniy tarbiya” “Mehnat
darsi” fanlarni o‘qitish jarayonida, ijtimoiy foydali mehnat
jarayonida, turmushni chiroyli qilib tashkil etish va o‘quvchilarning
bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlarida beriladi.
Ta’lim jarayonidagi nafosat tarbiyasi. Maktabning
boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan har bir fan hamda maktabdan
va sinfdan tashqari jarayonda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar,
tarbiyaviy soatlar bolalarga nafosat jihatdan ta’sir etish imkonini
beradi. O‘quvchilar she’rlar, hikoyalar, xalq og‘zaki ijodi
namunalari – maqol, matal, ertak, doston, qo‘shiq, rivoyat va
hikoyatlarni o‘qish orqali ularda go‘zallikka intilish kuchayadi.
Shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlari bilan
tanishish tahlil qilish orqali o‘quvchilarning bilim doirasi
kengayadi, his-tuyg‘ulari va til boyligi takomillashadi. O‘qish
darslari o‘quvchilarda go‘zallikni idrok etishni ta’minlaydi.
Boshlang‘ich sinflardagi mehnat darsi ham bolalarda nafosat
tuyg‘usining o‘sishiga yordam beradi. O‘quvchilar arralash va
kesish, kashta tikish, loydan turli buyumlar yasash malakalarini
orttirish paytida chiroyli bezak va shakllarni tanlashga, rangiga
qarab ip tanlashga, ishda saranjom-sarishtalikka, sabr-toqatli
bo‘lishga, eng asosiysi, o‘zlarining chiroyli qilib yasalgan
buyumlaridan zavqlanishga o‘rganadilar. Mehnat jarayonida
tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funktsiyasi,
zaruriligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina
emas, balki uning qanchalik go‘zalligi bilan ham baholanadi.
Go‘zallik bu hayotning o‘zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari,
insoniy munosabatlarning mukammalligidir.
Jismoniy tarbiya fani bolalarni aniq va chiroyli harakat qilish,
ularda musiqaga jo‘r bo‘lib ommaviy ravishda jismoniy mashqlarni
bajarish vaqtida muvofiqlashtirilgan jamoa harakatlarining chiroyli
chiqishini ko‘rish va undan quvonish imkonini beradi.
I-IV sinflarning jismoniy tarbiya rejasiga harakatli o‘yinlar,
musiqa va sanoqqa qarab harakat qilish kiritilgan. Bu o‘yin va
310
mashg‘ulotlar bolalarda nafosat tuyg‘usi va kechinmalarini hosil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |