Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Musiqa vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Musiqa vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish. Musiqa 
kishining fikr va tuyg‘ularini musiqiy obrazlar yordamida 
ifodalaydi. Ashula darsi va xor yoki musiqa to‘garaklariga ishtirok 
etish o‘quvchilarni kuy, ohanglar dunyosiga olib kiradi, ularning 
tuyg‘u va kayfiyatiga ta’sir etadi. 
Bolalar ashula darsida va xor to‘garagi mashg‘ulotlarida nota 
savodini o‘rganadilar, musiqa terminlari bilan, musiqa janrlari va 
cholg‘u asboblarining turlari bilan tanishadilar hamda vokal 
ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar. 
Musiqa ta’sirining kuchayib borishi, musiqa eshitish uquvining 
o‘sishi, bolalarning musiqa va ashula sohasidagi bilim doirasining 
kengayishi 
o‘quvchilarning 
musiqani 
o‘zlashtirib 
olish 
qobiliyatining o‘sishiga yordam beradi, ularda durustgina nafosat 
musiqa didini hosil qiladi. 
Raqs san’ati vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish. Raqs 
san’ati san’atning boshqa turlari kabi bola fikri va tuyg‘usini 
boyitadi, ijrochilarga ham, tomoshabinlarga ham nafosat zavq 
bag‘ishlaydi. Raqsni yaxshi ijro etish uchun chaqqonlik, noziklik, 
maqomni bilish, kuzatuvchanlik, hayol va xotira kerakdir. O‘quv-
chi raqsga tushayotgan paytida raqsning g‘oyasi va kayfiyatini 
tushunishi, o‘zining his-tuyg‘ularini raqsda ifodalay bilishi kerak. 
Raqs texnikasini egallash uchun ko‘pgina kuch va mehnat 
sarflash, jismoniy jihatdan chiniqqan, chaqqon, epchil bo‘lishi, o‘z 
harakatini ongli ravishda kuzata bilish lozim. Raqs san’ati jismoniy 
tarbiya bilan mustahkam bog‘langandir. 


312 
Raqs mashg‘ulotlari jarayonida ko‘pchilik ma’naviy hislar: 
iroda, qat’iylik, intizom, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik tuyg‘usi va shu 
kabilar tarbiyalanadi.
Har qanday raqs his-tuyg‘u ko‘tarinkiligi bilan bog‘langan 
bo‘lib, ijrochiga quvonch baxsh etadi, uning butun borlig‘ini 
egallab oladi va unga nafosat jihatdan ta’sir ko‘rsatadi. 
Boshlang‘ich maktab bolalarini raqs vositasi bilan tarbiyalash juda 
muhimdir, chunki raqs nafosat kechinmalarini vujudga keltirish 
bilan bir vaqtda shu yoshdagi bolalarning harakatlanishga bo‘lgan 
ehtiyojini qondiradi, ularni maqomga o‘rgatadi, bir-biriga moslab 
qilinadigan jamoa harakatidan quvonish hissini uyg‘otadi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling