Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Tabiatni hissiy idrok etishni tarbiyalash


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Tabiatni hissiy idrok etishni tarbiyalash. Qurshab olgan tabiat 
go‘zallikning tuganmas manbaidir. Gullar, bepoyon dalalar, qor 
bilan qoplangan tog‘larning go‘zal ko‘rinishlari ko‘zni quvontiradi, 
kishida nafosat kechinmalarini tug‘diradi. Kishiga, ayniqsa, o‘zi 
o‘sib-ungan joyning tabiati kuchli ta’sir etadi.Biroq o‘quvchi-
larning tabiatni estetik idrok etishlari uchun ularni o‘z tevarak-
atroflaridagi go‘zalliklarni payqashga, qurshab olgan olamning 
jozibadorligini ko‘ra bilishga, yilning har faslidagi go‘zalliklarga 
e’tibor berishga o‘rgatish kerak.
O‘qituvchi shu maqsadda tabiatga ekskursiya uyushtirishi 
mumkin. Maktab bolalarda tabiatdan shunchaki zavqlanish hissi-
gina emas, balki dunyoni yanada go‘zalroq qilishga, tabiatdan 
insonga foyda beradigan narsalarni olishga intilish hislarini ham 
tarbiyalaydi.
Nafosat tarbiyasiga qo‘yiladigan talablar
− 
nafosat tarbiyasini berishning xilma-xil usullarda amalga 
oshirish, badiiy materiallarni tushuntirishda o‘quvchilarni zeriktirib 
qo‘ymaslik va ularga ortiqcha nasihatgo‘ylik qilmaslik
− 
nafosat tarbiyasini berishda san’at asarlaridan, radio va 
televideniyadan foydalanish hamda bolalarni didini buzadigan 
narsalardan ehtiyot qilish; 
− 
nafosat tarbiyasiga doir suhbatlar va boshqa tadbirlarni ol-
dindan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq tizimli va rejali o‘tkazish 


313 
hamda bu jarayonda o‘quvchilarning yosh va individual xususi-
yatlarini hisobga olish; 
− 
tabiiyki, o‘qituvchi o‘quvchilarning nafosat tarbiyasini 
olishlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilishi uchun o‘zi barcha go‘-
zalliklarni sezishi va sevishi, san’atning turli sohada yaratilayotgan 
barcha yaxshi narsalardan xabardor bo‘lishi, bu sohada o‘z bilimini 
kengaytirib borishi, bitta-ikkita badiiy to‘garakka rahbarlik qila 
olish qo‘lidan kelishi lozim. 
Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan nafosat tarbiyasi yosh avlodni 
barkamol shaxs qilib tarbiyalashda yanada katta muvaffaqiyatlarni 
qo‘lga kiritishga yordam beradi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling