Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Davolash gimnastikasi – maxsus davolash muassasalarida 
mutaxassis shifokorlar va jismoniy tarbiya sohasida ish olib 
boruvchi xodimlar rahbarligida o‘tkaziladi. Ayrim hollarda, agar 
maktab shifokori yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ma’lum 
tayyorgarligi bo‘lsa, davolash gimnastikasini maktabda o‘tkazsa 
ham bo‘ladi. Agar maktab shifokori yoki jismoniy tarbiya 
o‘qituvchisi bu maxsus sohani, ya’ni davolash gimnastikasini 
bilmasalar, uni o‘tkazishga urinmasliklari kerak. 


318 
Jismoniy daqiqalar Gimnastikaning yuqorida ko‘rsatib o‘til-
gan turlaridan tashqari quyi sinf o‘quvchilari bilan o‘quv 
mashg‘ulotlari davomida jismoniy daqiqalar o‘tkaziladi. 
Odatda, jismoniy daqiqalar o‘quv kunining ikkinchi yarmidagi 
darslarda, ya’ni o‘quvchilarning charchaganligi o‘quv materiali-
ning idrok qilinishi va o‘zlashtirilishiga ta’sir eta boshlagani 
sezilganda o‘tkaziladi. Charchashlikning oldini olish, markaziy 
nerv tizimiga qisqa dam berish va bolaning harakat qilishga bo‘lgan 
tabiiy istagini qanoatlantirish uchun 2-3 daqiqa davomida bir necha 
mashq (2-3 mashqni partalar yoniga chiqib turib bajarish) 
qildiriladi. 
Jismoniy daqiqalarni sinf o‘qituvchisi bolalar diqqatining 
susayganini, o‘quv materialining o‘zlashtirilishi pasayganini yoki 
o‘quvchilarning charchaganligini payqagandan keyin o‘tkazadi. 
Sinfdan tashqari ishlar O‘quvchilarni jismoniy jihatdan 
tarbiyalash ishlari darslardagina emas, balki sinfdan tashqari 
vaqtlarda ham olib boriladi. Boshlang‘ich maktabda jismoniy 
tarbiyada sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy shakllari: 
fizkultura to‘garaklari, fizkultura bayramlari, fizkultura chiqishlari, 
musobaqalar, maktabda va maktabdan tashqarida dam olishni 
uyushtirish (tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlar, ekskursiyalar, sayrlar) 
dan iboratdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan turli 
shakldagi ishlar jismoniy tarbiya darslarini mazmunan to‘ldirib 
boradi. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida bolalar va o‘smirlar 
sportiga alohida e’tibor qaratilib, mazkur yo‘nalish davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi. 
Respublikada yoshlarni jismoniy tarbiyalashga qaratilgan 
“Sog‘lom avlod dasturi” ishlab chiqildi. Mazkur dastur talablariga 
muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport 
musobaqalarining o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi: 
1. Umumiy O‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi 
“Umid nihollari” bellashuvi. 
2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining 
o‘quvchilari o‘rtasidagi “Barkamol avlod” bellashuvi. 


319 
3. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi 
“Universiada” bellashuviShuningdek, sportning turli yo‘nalishlari 
bo‘yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning 
tashkil etilishi ommaviy tus oldi. Jismoniy tarbiya maktabgacha 
tarbiya muassasalaridan boshlab tizimli ravishda amalga oshiriladi 
hamda maktabda jismoniy tarbiya asosiy fan sifatida o‘tiladi.  
 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling